Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Ichki audit
- sub’ekt tarkibida uning xizmat bo’linmasi sifatida tashkil 
etilgan ishni baholash bo’yicha faoliyat. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, uning 
vazifasi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari mosligi va samaradorligini 
tekshirish, baholash va monitoringdan iborat. 
Tashqi auditor ichki audit xizmati faoliyatini va uning tashqi auditorlik 
muolajalarga ta’sirini, agar bunday holat bo’lsa, ko’rib chiqishi lozim. 
“Ichki audit” sub’ekt ichida uning bir xizmat bo’linmasi sifatida tashkil 
etilgan ishga baho berish faoliyatini ifodalaydi. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, 


293 
uning vazifasiga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini tekshirish, baho 
berish va uning mosligi va samaradorligi yuzasidan muntazam ravishda nazoratni 
amalga oshirish kiradi. 
Tashqi auditor bildirilgan auditorlik fikr va tashqi auditorlik muolajalarning 
tavsifi, muddati va hajmini aniqlash yuzasidan yakka tartibda mas’uliyatga ega 
bo’lganligi bilan, ichki auditorlik xizmatining muayyan elementlari tashqi auditor 
uchun foydali bo’lishi mumkin. 
Ichki audit xizmatining qo’lami va vazifalari o’zgaruvchan va sub’ektning 
kattaligi va tizimi hamda rahbariyatining talablariga qaram bo’ladi. Odatda ichki 
auditorlik faoliyati quyidagi masalalarning bir yoki bir nechasini qamrab oladi: 

buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini sharhlash. Buxgalteriya 
hisobi va ichki nazoratning tegishli tizimlarini tashkil etish sub’ekt rahbariyatining 
mas’uliyatida bo’ladi va har doim nazoratni talab qiladi. Odatda sub’ekt rahbariyati 
ichki auditga ushbu tizimlarni sharhlash, vazifasini bajarish yuzasidan muntazam 
nazoratni amalga oshirish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish 
yuzasidan muayyan mas’uliyat yuklaydi; 

moliyaviy va operatsion ma’lumotni tekshirish. Ushbu ish solishtirish, 
o’lchash, turkumlash va aks etish uchun foydalaniladigan vositalarni sharhlashdan 
hamda alohida moddalar bo’yicha aniq so’rovnomalarni o’tkazish, jumladan, 
operatsiyalar, hisobvaraqlar saldolari va muolajalarni mufassal test sinovidan 
o’tkazishdan iborat bo’lishi mumkin; 

faoliyat tejamkorligi, oqilonaligi va samaradorligini, jumladan, sub’ekt 
ishi yuzasidan moliyaviy bo’lmagan nazorat vositalarini sharhlash; 

qonunchilikka, me’yoriy hujjatlarga va boshqa tashqi talablarga hamda 
sub’ekt rahbariyatining siyosati, ko’rsatmalari va boshqa ichki talablarga 
muvofiqligini sharhlash. 
Ichki audit xizmatining o’rni sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilanadi va 
uning vazifalari moliyaviy hisobot bo’yicha mustqil auditorlik hisobotini taqdim 
etish uchun tayinlangan tashqi auditorning vazifalaridan farqlanadi. Ichki auditning 
vazifasiga oid masalalari sub’ekt rahbariyatining talablariga qarab o’zgaradi. 


294 
Tashqi auditor, avvalambor, moliyaviy hisobotda muhim noto’g’riliklar 
mavjudligini aniqlashga manfaatdor. 
Shunga qaramasdan, ichki va tashqi auditning maqsadlarigaerishishning 
ayrim vositalari ko’pchilik holatlarda bir-biriga o’xshash, shuning uchun ichki 
auditning muayyan jabhalari tashqi auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati va 
hajmini belgilashda foydali bo’lishi mumkin. 
Ichki audit xizmati sub’ektning bir qismi hisoblanadi. Ichki audit 
xizmatining muxtorlik va xolislik darajasidan qat’i nazar, u moliyaviy hisobot 
bo’yicha fikr bildirishda tashqi auditordan talab qilinadigan mustaqillik darajasiga 
erisha olmaydi. Tashqi auditor bildirilgan auditorlik fikr bo’yicha yakka tartibda 
mas’uliyatga ega va ushbu mas’uliyat ichki audit xizmatining qandaydir ishidan 
foydalanilganligi hisobiga pasaytirilishi mumkin emas. Moliyaviy hisobotining 
auditi doirasida barcha baho berish bo’yicha mulohazalar tashqi auditornig 
mas’uliyat doirasi hisoblanadi. 
Tashqi auditor auditni rejalashtirishda va samarali auditorlik yondoshishni 
ishlab chiqishda yordam beradigan ichki auditorlik faoliyat to’g’risida etarli 
tushunish olishi lozim. 
Samarali ichki audit ko’pchilik holatlarda tashqi auditor tomonidan 
bajarilayotgan muolajalarning tavsifi va muddatini modifikatsiya-lashtirish hamda 
hajmini kamaytirish imkonini beradi, lekin ularni batamom yo’q qila olmaydi. 
Shunga qaramasdan ayrim holatlarda, ichki audit faoliyatini ko’rib chiqish 
natijalariga ko’ra, tashqi auditor tashqi auditorlik muolajalarga ichki auditning 
qandaydir ta’siri mavjud emasligi to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. 
Auditni rejalashtirishda tashqi auditor, uning fikricha, ichki auditning ishi
auditning aniq belgilangan jabhalarda moliyaviy hisobotning tashqi auditi uchun 
ahamiyatli bo’lganda, ichki audit xizmatining vazifalariga dastlabki baho berishi 
lozim. 
Tashqi auditor tomonidan ichki auditning vazifalariga berilgan dastlabki 
baho 
tashqi 
auditorlik 
muolajalarning 
tavsifi, 
muddati 
va 
hajmini 


295 
modifikatsiyalashtirishda ichki audit xizmati ishidan foydalanish yuzasidan tashqi 
auditorning mulohazasiga ta’sir ko’rsatadi. 
Tushunish olishda va ichki audit xizmati vazifasiga dastlabki baho berishni 
bajarishda quyidagilar muhim omil hisoblanadi: 
(a) 
Tashkiliy maqom: sub’ektda ichki audit xizmatining aniq belgilangan 
maqomi va u xolis bo’lishlik qobiliyatiga ushbu maqomning ta’siri. Mukammal 
holatda ichki audit xizmati sub’ektning yuqori darajadagi rahbariyatiga hisobdor va 
boshqa qandaydir operatsion mas’uliyatdan ozod etilgan. Sub’ekt rahbariyati 
tomonidan ichki audit xizmatiga qo’yiladigan har qanday majburiyatlar yoki 
cheklovlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqish lozim. Xususan, ichki auditorlar 
tashqi auditor bilan erkin aloqada bo’lishi lozim. 
(b) 
Vazifalar doirasi: ichki auditor tomonidan bajarilgan topshiriqlarning 
tavsifi va hajmi. Tashqi auditordan, shuningdek, sub’ekt rahbariyati tomonidan 
ichki audit xizmatining tavsiyalari hisobga olinishi va bunga qandaydir dalillar 
mavjudligini ko’rib chiqish talab etiladi. 
(v) 
Texnikaviy kasbiy xabardorlik: ichki audit ichki auditor sifatida 
ishlash uchun tegishli texnikaviy tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lgan shaxslar 
tomonidan bajarilishi. Masalan, tashqi auditor ichki audit xizmati xodimlarining 
ishga qabul qilish va o’qitish bo’yicha siyosatni, ular tajribasi va malakasining 
sharhini bajarishi mumkin. 
(g) 
Tegishli kasbiy sinchkovlik: ichki audit xizmatining ishi tegishli 
ravishda rejalashtirilishi, unga rahbarlik qilish, sharhlanishi va hujjatlashtirilishi. 
Audit bo’yicha yo’riqnomalar ishchi dasturlar va ishchi hujjatlar etarli miqdorda 
mavjudligini ko’rib chiqish lozim. 
Ichki audit xizmatining ishidan foydalanishni rejalashtirishda tashqi auditor 
ushbu davr bo’yicha ichki audit xizmatining dastlabki ish rejasini ko’rib chiqishi 
va, imkoniyati boricha, uni eng oldingiroq bosqichda muhokama qilishi lozim. 
Ichki audit xizmatining ishi tashqi auditor muolajalarining tavsifi, muddati va 
hajmini belgilashda hisobga olingan taqdirda, ushbu ish muddati, audit bilan 
qamrab olish darajasi, test sinovlarining darajasi va tanlab olishning taklif 


296 
etilayotgan usullari, bajarilgan ishning hujjatli rasmiylashtirilishi hamda sharhlarni 
bajarish va hisobotni taqdim etish muolajalari yuzasidan oldindan kelishib olish 
maqsadga muvofiqdir. 
Davr mobaynida uchrashuvlar tegishli vaqt oralig’ida muntazam ravishda 
amalga oshirilgan taqdirda, ichki audit xizmati bilan o’zaro ta’sir ko’proq samara 
beradi. Tashqi auditor tegishli ichki auditorlik hisobotlardan hamda tashqi 
auditorning ishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ichki auditorning diqqatini 
jalb qilgan har qanday ahamiyatli masalalar to’g’risida xabardor bo’lishi va 
ulardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Shu tarzda, odatda, 
tashqi auditor ichki audit xizmatining ishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan 
qandaydir ahamiyatli masalalar bo’yicha ichki auditorga xabar beradi. 
Agar tashqi auditor ichki audit xizmatining aniq belgilangan ishidan 
foydalanishni ko’zlagan bo’lsa, u uning tashqi audit maqsadlariga mosligini 
tasdiqlash uchun, ushbu ishga baho berishi va test sinovidan o’tkazishi lozim. 
Ichki audit xizmati ishining aniq belgilangan natijalariga baho berish ishlar 
va kasbga doir dasturlar qo’lami mosligiga baho berishdan iborat hamda ichki 
audit xizmatining ishiga berilgan dastlabki baho tegishlicha qolganligiga bog’liq. 
Ushbu baho berish quyidagi jabhalarni ko’rib chiqishdan iborat bo’lishi mumkin: 
(a) 
ishlar ichki auditor sifatida ishlash uchun tegishli texnikaviy va 
kasbiy tayyorgarlikka ega shaxslar tomonidan bajarilayotganligi hamda auditor 
yordamchilari tomonidan bajarilayotgan ishlarga rahbarlik qilish, sharhlash va 
hujjatlashtirish to’g’ri amalga oshirilayotganligi; 
(b) 
xulosalarni shakllantirish uchun oqilona asos bo’lib xizmat qiladigan 
etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillari olinganligi; 
(v) 
mazkur vaziyatlarni hisobga olgan holda shakllantirilgan xulosalar 
muvofiqligi va har qanday hisobotlar bajarilgan ishlar natijalariga izchilligi; 
(g) 
ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan har qanday istisnolar yoki 
g’ayriodatiy masalalar bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi. 
Ichki audit xizmati aniq belgilangan ishi bo’yicha test sinovining tavsifi, 
muddati va hajmi, aniq ko’rilayotgan masalaga qo’llash uchun tashqi auditor 


297 
tomonidan tavakkalchilik va muhimlikka bergan bahosiga, ichki audit xizmatining 
ishiga berilgan dastlabki bahoga hamda ishining aniq belgilangan natijalariga 
berilgan bahoga bog’liq. Bunday test sinovlari ichki audit xizmati tomonidan 
tekshirib bo’lingan moddalarni qaytadan tekshirishdan, shunga o’xshash 
moddalarni tekshirishdan va ichki audit xizmati tomonidan muolajalarni bajarish
yuzasidan kuzatishni amalga oshirishdan iborat bo’lishi mumkin. 
Tashqi auditor o’zi tomonidan baho berilgan va test sinovidan o’tkazilgan 
ichki audit xizmati ishining aniq belgilangan natijalariga tegishli o’zining 
xulosalarini hujjatli ravishda qayd etadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin