11.5. Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish
Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha kelishuvda auditor
quyidagilar yuzasidan etarli bo’lgan tegishli moliyaviy dalillarni olishi lozim:
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot tayyorlanishi uchun asos bo’lgan sub’ekt
rahbariyatining eng aniq taxminlari oqilona emasligi, faraziy taxminlar holatida esa
- bunday taxminlar ushbu ma’lumotga izchilligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot taxminlar asosida tegishli ravishda
tayyorlanganligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot tegishli ravishda taqdim etilganligi va
barcha muhim taxminlar, jumladan ular eng aniq va faraziy taxminlar deb
hisoblanganligi mos yoritilganligi;
- istiqbolli moliiyaviy ma’lumot, buxgalteriya hisobining tegishli
tamoyillarini qo’llagan holda, o’tgan yillarning moliyaviy hisoboti bilan ketma-
ketlik asosida tayyorlanganligi.
“Istiqbolli moliyaviy ma’lumot” deganda sub’ektning ehtimoliy harakatlari
natijasida kelajakda sodir etilishi mumkin bo’lgan hodisalar yuzasidan taxminga
asoslangan moliyaviy ma’lumot tushuniladi. Ushbu ma’lumot favqulotda noxolis
tavsifga ega va uni tayyorlashda mulohazalar chiqarish uchun ko’p ish talab
qilinadi. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot bashorat qilish, istiqbolga baho berish yoki
ularning birlik shaklida bo’lishi mumkin, masalan bir yilga bashorat qilish bilan
besh yillik istiqbolga baho berish.
“Bashorat” deganda sub’ekt rahbariyati kutishi bo’yicha sodir etilishi
mumkin bo’lgan hodisalar hamda ma’lumot tayyorlanishi sanasiga sub’ekt
320
rahbariyatining taxmin qilingan harakatlari yuzasidan taxminlar asosida
tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumot tushuniladi (eng aniq taxminlar).
“Istiqbolli baholash” istiqbolli moliyaviy ma’lumot quyidagilar asosida
tayyorlanganligini ifodalaydi:
(a) kelajakda albatta mavjud bo’lmasligi taxmin qilinayotgan kelgusi
hodisalar va sub’ekt rahbariyatining harakatlari yuzasidan faraziy taxminlar,
masalan, ayrim sub’ektlar tashkil etilish bosqichidaligida yoki faoliyat tavsifiga
muhim o’zgartirishlar kiritish ehtimolini ko’rib chiqayotganligida; yoki
eng aniq va faraziy taxminlarning birligi.
(b) Shunga o’xshash ma’lumot, agar hodisalar va harakatlar sodir etilishi
mumkin bo’lganda, ma’lumotni tayyorlash sanasiga ehtimoliy oqibatlarni
tasvirlaydi (agar...... nima bo’ladi degan stsenariy).
Istiqbolli moliyaviy ma’lumot moliyaviy hisobot yoki moliyaviy
hisobotning bir yoki undan ko’proq elementlaridan iborat bo’lishi va quyidagi
maqsadlar uchun tayyorlanishi mumkin:
(a) ichki boshqaruv quroli sifatida, masalan kapitalning taxmin qilinayotgan
investitsiyalariga baho berishda yordam berish; yoki
(b) uchinchi tomonlarga tarqatish, masalan quyidagi shaklda:
- bo’lg’usi ivestorlarga ma’lumot taqdim etish uchun bo’lg’usi kutishlar
to’g’risida prospekt;
- aktsiyadorlar, tartibga soluvchi idoralar va boshqa manfaatdor tomonlarga
taqdim etish uchun yillik hisobot;
- pul oqimlari siljishi to’g’risida bashoratlardan iborat kreditorlarga taqdim
etish uchun ma’lumotga ega hujjat.
Sub’ekt rahbariyati istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash va taqdim
etish, jumladan solishtirish va u asoslanadigan taxminlarni yoritish bo’yicha
mas’ulityaga ega. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot uchinchi tomonlar foydalanishi
yoki ichki maqsadlar uchun mo’ljallanganidan qat’i nazar, unga nisbatan ishonchni
oshirish uchun istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish va u bo’yicha auditorlik
hisobotini tayyorlash haqidagi iltimos bilan auditorga murojat qilishlari mumkin.
321
Istiqbolli moliyaviy ma’lumot hali sodir etilmagan va sodir etilmasligi
mumkin bo’lgan hodisalar va harakatlarga taalluqli. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot
asoslanadigan taxminlarni tasdiqlovchi dalillardan foydalanish imkoniyati bo’lgan
bir vaqtda, bunday dalillar, asosan, kelajakka yo’naltirilgan va, binobarin, o’tgan
davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumotni audit o’tkazish paytida odatda olinadigan
dalillardan farqli, taxminiy tavsifga ega. Shuning uchun, auditor istiqbolli
moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalarga erishish yuzasidan fikr bildira
olmaydi.
Keyinchalik, istiqbolli moliyaviy ma’lumot asoslanadigan taxminlarga baho
berishda foydalaniladigan dalillar turi mavjud bo’lgan taqdirda, auditor tomonidan
taxminlar muhim noto’g’riliklarga ega emasligi yuzasidan ijobiy fikr bildirish
uchun etarli bo’lgan ishonchlilik darajasiga erishish qiyin bo’lishi mumkin.
Binobarin, xalqaro standartga muvofiq, sub’ekt rahbariyatining taxminlari oqilona
ekanligi to’g’risida hisobot taqdim etishda, auditor faqat ishonchlilikning o’rtacha
darajasini taqdim etadi. Biroq, agar auditor o’z mulohazalarida ishonchlilikning
tegishli darajasini olgan taqdirda, taxminlar yuzasidan ijobiy ishonchlilik bildirish
uchun unga hech narsa halaqit bera olmaydi.
Istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tekshirish bo’yicha kelishuvni qabul
qilishdan oldin, auditor boshqalardan tashqari quyidagilarni ko’rib chiqadi:
- ma’lumotdan foydalanish taxmini;
- ma’lumot keng yoki chegaralangan tarqatish uchun mo’ljallanganligi;
- taxminlar tavsifi, ya’ni ular eng aniq yoki faraziy taxminlar ekanligi;
- ma’lumotga kiritilishi lozim bo’lgan elementlar;
- ma’lumot qamrab oladigan davr.
Taxminlar haqqoniy emasligi ayon bo’lganda yoki auditor istiqbolli
moliyaviy ma’lumot undan ehtimoliy foydalanish maqsadlarida o’rinli emas degan
xulosaga kelgan taqdirda, auditor kelishuvni qabul qilmasligi yoki kelishuv
bajarilishini to’xtatishi lozim.
Auditor va mijoz kelishuv shartlari bo’yicha kelishib olishlari lozim.
Sub’ektning manfaatlari bilan bir qatorda, o’zinining shaxsiy manfaatlarini ham
322
ko’zlab, kelishuv yuzasidan kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida, auditor
xat-kelishuv yo’llashi lozim.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash uchun kerakli bo’lgan
barcha ahamiyatli taxminlar solishtirilganligiga baho berishga imkoniyat
yaratuvchi etarli darajadagi biznesni bilishlikni olishi lozim. Shuningdek, auditor,
masalan quyidagilarni ko’rib chiqish yo’li bilan, sub’ektning istiqbolli moliyaviy
ma’lumotini tayyorlash jarayoni bilan tanishishi lozim:
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash tizimi bo’yicha ichki nazoratni
hamda istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlaydigan shaxslarning malakasi va
tajribasini;
- rahbariyat taxminlarini tasdiqlovchi sub’ekt tomonidan tayyorlangan
hujjatlar tavsifini;
- statistik, matematik va kompyuterlashtirilgan usullardan foydalanishning
darajasini;
- taxminlar shakllanishida va foydalanishida qo’llaniladigan usullarni;
- o’tgan davrlarda tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumotning aniqligi
hamda ahamiyatli farqlanishlar sabablarini.
Auditor sub’ektning o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumot
ishonchlilik darajasi qanchalik asoslanganligini ko’rib chiqishi lozim. Auditor
istiqbolli moliyaviy ma’lumot o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumot bilan
muvofiq tayyorlanganligiga baho berish uchun sub’ektning o’tgan davrlari
bo’yicha ma’lumotini bilishi hamda sub’ekt rahbariyatining taxminlarini ko’rib
chiqish uchun tarixiy mezon belgilashi lozim. Masalan, auditordan o’tgan yillar
bo’yicha relevant ma’lumotning auditi yoki sharhi o’tkazilganligini va uni
tayyorlashda buxgalteriya hisobining maqbul bo’lgan tamoyillari qo’llanilganligini
aniqlash talab qilinadi.
Agar o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumotning auditi yoki sharhi
modifikatsiyalashtirilmagandan farqli bo’lgan yoki sub’ekt tashkil etilish
bosqichida bo’lgan taqdirda, auditor doir holatlarga va ularning istiqbolli
moliyaviy ma’lumotni tekshirishga ta’sirini o’z e’tiboriga oladi.
323
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot bilan qamrab olinadigan vaqt davrini
o’z e’tiboriga olishi lozim. Masalan, qamrab olinadigan davr muddati uzayib
borishi bilan farazlar yanada ham taxminiy bo’laveradi, chunki ushbu davrning
muddati uzayib borishi bilan sub’ekt rahbariyatining aniq farazlar qilish qobiliyati
pasayib boradi. Davr sub’ekt rahbariyati tomonidan taxminlar uchun oqilona
asosga ega bo’lishga imkoniyat beradigan vaqt doirasidan chiqmasligi lozim.
Quyida auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot qamrab oladigan vaqt davrini ko’rib
chiqishda o’z e’tiboriga oladigan ayrim omillar namunalari keltirilgan:
- operatsion tsikl. Masalan, yirik qurilish loyihasi holatida loyihani
yakunlash uchun kerakli bo’lgan vaqt qamrab olinadigan vaqtni belgilashi
mumkin;
- taxminlar ishonchligining darajasi. Masalan, agar sub’ekt yangi mahsulot
ishlab chiqarilishini tadbiq qilsa, faraz qilinadigan qamrab olinadigan davrlarga,
haftalar yoki oylar kabi qisqa va kichik segmentlarga ajratilgan bo’lishi mumkin.
Boshqa holatda, uzoq muddatli ijara sharti bilan mulkka egalik qilish sub’ektning
yagona faoliyati hisoblangan taqdirda, faraz qilinadigan qamrab olinadigan davr
nisbatan uzoq bo’lishini taxmin qilish oqilona bo’ladi.
- foydalanuvchilar ehtiyoji. Masalan, istiqbolli moliyaviy ma’lumot olingan
qarzni qoplash uchun etarli bo’lgan mablag’larni topish uchun kerakli davrga qarz
olishga talabnoma berish munosabati bilan tayyorlanishi mumkin.
Boshqa holatda, ma’lumot kelgusi davrlarda pul mablag’laridan maqsadli
foydalanishni namoyon etish uchun qarz majburiyatlarini sotish munosabati bilan
investorlar uchun tayyorlanishi mumkin.
Tekshirishning tavsifi, muddati va hajmini belgilashda auditor quyidagilarni
o’z e’tiboriga oladi:
- muhim noto’g’rilik ehtimolini;
- har qanday oldingi kelishuvlar bajarilishida olingan bilimlarni;
-
istiqbolli
moliyaviy
ma’lumotni tayyorlash yuzasidan sub’ekt
rahbariyatining kasbiy xabardorligini;
324
- sub’ekt rahbariyati mulorhazasining istiqbolli moliyaviy ma’lumotga ta’sir
etish darajasini;
- eng muhim ko’rsatkichlarning etarliligi va ishonchliligini.
Auditor sub’ekt rahbariyatining eng aniqroq taxminlarini tasdiqlovchi
dalillarni manbai va ishonchligiga baho beradi. Bunday taxminlarni tasdiqlovchi
etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillar ichki va tashqi manbaalardan olinadi,
taxminlarni oldingi yillar bo’yicha ma’lumotlarga asolanib qarab chiqish hamda
ular sub’ektning imkoniyatlar doirasiga kiruvchi rejalarga asoslanganligiga baho
berish shular jumlasidan.
Auditor faraziy taxminlar qachon foydalanishi, bunday taxminlarning barcha
muhim oqibatlari e’tiborga olinganligini ko’rib chiqadi. Masalan, agar sotish hajmi
sub’ektning hozirgi paytdagi ishlab chiqarish quvvatlaridan ko’proq oshirish
taxmin qilingan taqdirda, istiqbolli moliyaviy ma’lumot qo’shimcha ishlab
chiqarish quvvatlariga sub’ektning kerakli investitsiyalarini yoki ishlab
chiqarish/ishlarni asosiy pudratchidan pudratga olish yo’li bilan ishlarni bajarish
kabi sotish hajmiga erishishga oid muqobil usullar bo’yicha xarajatlarni hisobga
olish lozim.
Faraziy taxminlarni tasdiqlash uchun dalillar talab qilinmagani bilan, auditor
ular istiqbolli moliyaviy ma’lumot maqsadlariga izchilligi va ular, so’zsiz
haqqoniy emas deb hisoblashga sabablar yo’ligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot sub’ekt rahbariyatining taxminlari
asosida tegishli ravishda tayyorlanganligiga, masalan, qaytadan hisoblash va ichki
izchillikni tekshirish tekshirish yo’li bilan, ya’ni, sub’ekt rahbariyati amalga
oshirishni mo’ljallagan harakatlari bir-biriga mosligiga, va umumiy o’zgaruvchan
ko’rsatkichlarga, masalan, foiz stavkalariga asoslangan summalarni aniqlashda
noizchillik mavjud emasligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor o’zgarishlarga eng sezgir bo’lgan bo’limlarning istiqbolli moliyaviy
ma’lumotda aks etilgan natijalarga muhim ta’sir ko’rsatayotgan darajasiga o’z
e’tiborini qaratadi. Bu auditor qanday darajada tegishli dalillarni izlashiga ta’sir
325
ko’rsatadi. Bundan tashqari, auditor tomonidan yoritishlarning muvofiqligi va
mosligiga baho berishiga ta’sir ko’rsatadi.
Isiqbolliy moliyaviy hisobotning bir yoki undan ko’proq, masalan alohida
moliyaviy hisobot kabi elementlarini tekshirish uchun kelishuv tuzilganda, auditor
moliyaviy hisobotdagi boshqa tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligini ko’rib
chiqishi muhimdir.
Agar istiqbolli moliyaviy hisobotga joriy davrning o’tgan vaqt mobaynida
qandaydir ko’rsatkichlar kiritilgan taqdirda, auditor ushbu vaqt mobayni bo’yicha
ma’lumot yuzasidan muolajalarni qo’llash darajasini ko’rib chiqadi. Muolajalar
vaziyatlarga, masalan istiqbolli davrning qanday vaqt mobayni tugaganiga qarab
o’zgarib boradi.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotdan foydalanish taxmini, sub’ekt
rahbariyatining muhim taxminlarining to’liqligi va istiqbolli moliyaviy ma’lumot
bo’yicha sub’ekt rahbariyati mas’ulityani o’z zimmasiga olganligi yuzasidan
sub’ekt rahbariyatining yozma taqdimotlarini olishi lozim.
Istiqbolli moliyaviy hisobotning taqdim etilishi va yoritilishiga baho
berishda, har qanday tegishli qonunchilikka oid hujjatlar, me’yoriy hujjatlar va
kasbiy standartlardan tashqari, auditor quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim:
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning taqdim etilishi axboriy tavsifga egaligi
va u chalg’itishga olib kelishligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning izohlarida hisob siyosati ravshan
yoritilganligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning izohlarida taxminlar mos yoritilganligi.
Sub’ekt rahbariyatining taxminlari eng aniq yoki faraziy ekanligi oydin aniqlanishi
lozim, agar ular noaniqlikning yuqori darajasiga moil bo’lgan taqdirda, ushbu
noaniqlik va buning natijasida vujudga kelgan natijalarga sezgirlikni mos ravishda
yoritish lozim.
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash sanasi yoritilganligi. Asos
bo’lgan ma’lumotning jamlanishi vaqtning qandaydir davri mobaynida amalga
326
oshirilganiga qaramasdan, ushbu sanaga taxminlar muvofiqligi sub’ekt rahbariyati
tomonidan tasdiqlanishi lozim;
- agar istiqbolli moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalar doira shartlarida
ifodalangan taqdirda, doirada quyi bandlarni aniqlash asosi aniq belgilanganligi va
doirani tanlab olish adolatsiz yoki chalg’itadigan emasligi;
- oldingi davr bo’yicha eng oxirgi moliyaviy hisobot tayyorlangan sanadan
keyin hisob siyosatida sodir etilgan har qanday o’zgarishlar ushbu o’zgarishlar
sababalari bilan yoritilganligi hamda ular istiqbolli moliyaviy ma’lumotga
ko’rsatgan ta’siri.
Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha auditorning hisoboti
quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) istiqbolli moliyaviy hisobotni solishtirish;
(g) istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirishga qo’llaniladigan Auditning
xalqaro standartlari yoki tegishli milliy standartlar yoki amaliyotga izohlanish;
(d) istiqbolli moliyaviy ma’lumot, ushbu ma’lumot asoslanadigan taxminlar
shuning jumlasidan, bo’yicha sub’ekt rahbariyati mas’ul ekanligi to’g’risida
ta’kidlanishi;
(e) istiqbolli moliyaviy hisobotdan foydalanish maqsadiga va/yoki uni
tarqatishni cheklashga, agar bu maqbul bo’lsa, izohlanish;
(j) taxminlar istiqbolli moliyaviy hisobot uchun oqilona asos ta’minlashi
yuzasidan salbiy ishonchning ta’kidlanishi;
(z) taxminlar asosida istiqbolli moliyaviy ma’lumot tegishli ravishda
tayyorlanganligi va u moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha relevant asosga
muvofiq taqdim etilganligi yuzasidan fikr;
(i) istiqbolli moliyaviy ma’lumotda qayd etilgan natijalarga erishish
yuzasidan tegishli ogohlantirishlar;
(k) muolajalarning yakunlash sanasi bo’ladigan hisobotning sanasi;
(l) auditorning manzili;
327
(m) imzo.
Auditor istiqbolli moliyaviy hisobotning taqdim etilishi va yoritilishi mos
emas deb hisoblagan taqdirda, auditor istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish
bo’yicha hisobotda sharhlar bilan fikr bildirish yoki salbiy fikr bildirishi yoki,
o’rinli bo’lsa, kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim. Bunga misol tariqasida
moliyaviy hisobot juda sezgir bo’lishi mumkin har qanday taxminlar oqibatlarini
mos ravishda yoritmaganligi keltirish mumkin.
Auditor bir yoki bir necha ahamiyatli taxminlar eng aniq taxminlar asosida
tayyorlangan istiqbolli moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun oqilona asos
bermaydi yoki bir yoki bir necha ahamiyatli taxminlar aynan ushbu faraziy
taxminlarning istiqbolli moliyaviy ma’lumoti uchun oqilona asos bermaydi deb
hisoblaganda, auditor istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha hisobotda
salbiy fikr bildirish yoki kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim.
Ushbu vaziyatlarda kerakli deb hisoblangan bir yoki undan ko’proq
muolajalarni qo’llashga to’sqinlik qiladigan vaziyatlar tekshirishga ta’sir
ko’rsatgan taqdirda, auditor kelishuv bajarilishi to’xtatishi yoki fikr bildirishni rad
etishi va istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha auditorlik hisobotida
audit ko’lami cheklanganligi bayon etishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |