23
G’arb mamlakatlarida o’n minglab auditorlik firmalari (faqat AQShning
o’zida qirq besh mingdan ko’p) faoliyat ko’rsatadilar. Bular xilma-xil bo’lib, bir
kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar
90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va
xalqaro audit amaliyotida hal qiluvchi rol o’ynaydigan, yirik auditorlik firmalari
ham mavjud. G’arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati
bozorida
hukmronlik
o’rnatilishi va o’tgan XX asrda kapitalning
baynalminallashishi ham auditorlik firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi
transmilliy auditorlik korporatsiyalari, monopolistlar vujudga keldi va kuchli
mavqega ega bo’ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin). Bunga misol
«katta sakkizlik» bo’lib, u keyinchalik tegishli o’zgarish (transformatsiya)lardan
so’ng, avval «oltilik»ka aylangan va 2000 yildan boshlab esa «katta to’rtlik» deb
atalmoqda. Ko’plab mamlakatlarning obro’li professional va ishchan nashrlari
vaqti-vaqti bilan etakchi auditorlik-konsultatsion firmalarning (milliy hamda
transmilliy) ro’yxatini e’lon qilib turadilar. Ushbu ro’yxatlarning ko’pchiligi
ularning faoliyati to’g’risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu
ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
Bunday nashrlar ko’p hollarda ularning mualliflariga auditorlik-konsultatsion
firmalarni ma’lum ko’rsatkichlar bo’yicha tabaqalashtirishga imkon beradi.
Ko’pincha auditorlik firmalarini bunday tabaqalashtirish yillik daromad hajmi yoki
auditorlar soni va h.k. bo’yicha amalga oshiriladi. Hozirda etakchi auditorlik-
konsultatsion firmalarga aylangan, transmilliy korporatsiyalar bo’yicha, bunday
ro’yxatlarda, odatda, ular faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlar soni ham
ko’rsatiladi. Albatta, ushbu ko’rsatkichlar ko’pincha na-faqat statikani, balki
shunga o’xshash reyting ko’rsatkichlarida kel-tiriladigan dinamikani ham
tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: