200
Xalqaro audit standartlari jahon
miqyosidagi barcha tashkilot, korxona,
kompaniya, firma va qo’shma korxonalarning moliyaviy hisobotini audit qilishda
qo’llaniladi.
Ma’lumki, buxgalteriya hisobi auditning ma’lumotlar bazasi bo’lib
hisoblanadi. Auditorlar tekshirish jarayonida tekshirishning maxsus uslublaridan
foydalanib, auditorlik dalillarini yig’adi, moliyaviy hisobotning haqqoniyligi va
to’g’riligini auditorlik xulosalari bilan tasdiqlaydi va hisob ma’lumotlarini
to’g’rilash uchun o’zlarining takliflarini beradi.
Xalqaro audit standartlari boshqa xizmatlar auditida ham qo’llaniladi. Xalqaro
audit standartlari asosiy va kerakli protseduralardan iborat.
Aldash oldindan bilib qilinadigan harakat hisoblanib, bir yoki bir necha kishi,
rahbariyat tomonidan, ishchilar yoki uchinchi shaxs
tomonidan amalga oshirilgan
bo’lishi mumkin. Aldash moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi.
Aldash va xatoning farqlariga yana to’xtaladigan bo’lsak: aldash xo’jalik
operatsiyalari jarayonida mahsulot va xizmatlar chiqimi operatsiyalari, kirimi
operatsiyalari amalga oshirilib, ularni hisobga olishda buxgalteriyada aks ettirishda
bilib turib o’zgartirish, noto’g’ri provodkalar berish, ko’paytirib yoki kamaytirib
ko’rsatish, asosiy vositalarni hisobga olishda:
ularni kirim qilishda, chiqim
qilishda, ularga amortizatsiya hisoblashlarda bila turib noto’g’ri rasmiylashtirish,
ular moliyaviy hisobotlarda noto’g’ri ko’rsatilib, oxirida moliyaviy hisobot
noto’g’ri tuzilishga olib keladi.
Xato esa xo’jalik operatsiyalari jarayonida hisob yozuvlarida arifmetik yoki
mantiqiy
xatoliklar, hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati
faktlarini, mulkning holati va mavjudligini, majburiyatlar va hisoblash ishlarini
noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining ko’zda
tutilmagan holatdagi buzilishi,
asosiy vositalarni olib kelish, kirim qilish, chiqim
qilish va provodkalar berishda bilmasdan noto’g’ri provodkalar berish, ularni
bilmasdan, hisobchining e’tiborsizligi tufayli noto’g’ri
rasmiylashtirish va
hujjatlarda aks ettirish oqibatida moliyaviy hisobotlarni noto’g’ri tuzilishiga olib
kelishdir.
201
Aldash va xatoga quyidagilar misol bo’ladi:
Buxgalteriya hisobini ish jarayonida uzluksiz olib borilishi aldash va xatoning
oldini olish sub’ektning rahbariyati javobgarligidadir. Bu narsalar xato va
aldashlarni yo’qotmaydi, faqat oldini oladi. 240-«Aldash va xato» xalqaro audit
standartidagi, audit qilishdagi auditorning javobgarligiga to’xtaladigan bo’lsak,
auditor aldash va xatolarni oldini olishi majburiyatini olmaydi.
Har bir korxona,
tashkilot, kompaniya, firmalar har yili auditor nazoratidan
o’tkazilishi ma’lum bir miqdorda aldash va xatolarni oldini olishi mumkin.
Auditor audit qilishdan oldin moliyaviy hisobotni o’zgartirishga olib
keladigan aldash va xatolarning tavakkalchilik darajasini baholab, xato va
aldashlar oldin bo’lgan yoki bo’lmaganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: