288
Bog’liq tomonlar o’rtasida solishtirilgan operatsiyalarni tekshirishda auditor
ushbu operatsiyalar tegishli ravishda hisobga olinganligi va yoritilganligi
yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini olishi lozim.
Bog’liq tomonlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tavsifini hisobga olgan holda
bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuzasidan
dalillarcheklovlarga ega
bo’lishi mumkin, masalan, bog’liq tomonda konsignatsiyada bo’lgan tovar-moddiy
zahiralarning mavjudligi, yoki bosh kompaniyaning sho’’ba
korxonasiga royalti
bo’yicha xarajatlarniaks etish yuzasidan bergan yo’riqnomasi. Bunday
operatsiyalar bo’yicha tegishli dalillarga erishish cheklovlarga ega bo’lganligi
sababli, auditor quyidagi muolajalar bajarilishini ko’zda tutishi lozim:
bog’liq tomon bilan amalga oshirilgan
operatsiyalar shartlari va
summasini tasdiqlash;
bog’liq tomonda mavjud bo’lgan dalillarni tekshirish;
ushbu operatsiyaga aloqador bo’lgan shaxslar, masalan, banklar,
huquqshunoslar, kafolatchilar va agentlar bilan ma’lumotni
tasdiqlash yoki
muhokama qilish.
Auditor quyidagilar yuzasidan sub’ekt rahbariyatining yozma taqdimotlarini
olishi lozim:
(a)
bog’liq tomonlar solishtirilishiga tegishli taqdim etilgan ma’lumotning
to’liqligi to’g’risida;
(b)
moliyaviy hisobotda bog’liq tomonlar mos yoritilganligi to’g’risida.
Agar auditor bog’liq tomonlar va bunday tomonlar o’rtasidagi amalga
oshirilgan operatsiyalar yuzasidan etarli bo’lgan tegishli
auditorlik dalillarini
ololmasa yoki moliyaviy hisobotda ular mos yoritilmagan degan xulosaga kelsa,
auditor auditorlik hisobotini tegishli ravishda modifikatsiyalashtirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: