1.2. «Xalqaro audit» fanining metodi
Harqandayauditdashujumladanxalqaroauditdahamtadqiqotnin
gmetodlariya’nikuzatishvaeksperimentideallashtirish,analizvasintez
induktsiyavadeduktsiyagipotezavataqqoslasho’lchashvahisoblashso’
rovvaqiyoslashvahokazousullarqo’llaniladiUmumiydialektikmetodd
oirasidainduktivmetodhamqo’llaniladiInduktivmetodasosidaxususiy
likdanumumiylikkaqarabtadqiqotlarolibboriladiShubilanbirgabund
aumumiyholatlartalayfaktlargaasoslanadiDeduktivmetodqo’llanilga
njarayondatadqiqotumumiyholatlardanxususiyholatlargaqarabolib
boriladiMazkurmetodboshqaruvtiziminingyo’nalishivasamaradorli
ginibaholashuchunkorxonaningxo’jalikfaoliyatinio’rganishdaqo’lla
20
niladiAlohidaolinganxo’jalikoperatsiyalarinibaholashturlixillokalva
zifalarniechishuchunasosaninduktivmetodqo’llaniladi
Auditning
respublikamizda vujudga kelishi hamda keng tarqalishiga sabab, avvalo turli xil
mulkchillikka asoslangan hamda tashkiliy-huquqiy shakllari turlicha bo’lgan
korxonalarning paydo bo’lishidir. Ko’p ukladli iqtisodiyot sharoitida har bir
mulkdor, har bir investor o’z mablag’larining qay holatda ekanligini va ulardan
qanchalik daromad topayotganligini aniqlash maqsadida auditorning xizmatiga
ehtiyoj sezadi. Shu boisdan auditorlik faoliyati bozor iqtisodiyotining eng muhim
qismlaridan biridir.
1.3. Auditning vujudga kelishi
Auditorlik kasbining rivojlanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimgi
Misr
hamda
Qadimgi
Rim
davlatlarida
soliqlarning
qay
darajada
undirilayotganligini tekshiruvchi maxsus mutaxassislar bo’lgan. O’rta asrlarda,
feodalizm davrida Evropada feodallar fermerlarning qancha miqdorda daromad
olayotganligini tekshirish maqsadida mustaqil taftishchi (auditor)larni yollashgan.
Mustaqil auditorlik kasbi 19-asrda Evropaning aktsioner jamiyatlarida yuzaga
kelgan. Bu aktsiyadorlik jamiyatlarning hisobotlarini ob’ektiv baholash va
korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati haqida ishonchli ma’lumot olish
zaruriyatidan kelib chiqqan.
Buxgalter-auditor Buyuk Britaniyada 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan.
1862 yilda Angliyada majburiy audit to’g’risida qonun qabul qilingan, Frantsiyada
1867 yilda, AQShda 1937 yilda Buyuk depressiyadan so’ng ushbu turdagi
qonunlar qabul qilingan.
Rossiyada auditorlik kasbi Petr I davrida vujudga keldi. Bu davlatda
auditorlik kasbi, eng avval armiya sohasida paydo bo’lgan. Auditor armiyada
mulkiy masalalarni hal qilish uchun kerak bo’lgan. Ilk auditorlik firmalari
Rossiyada 1987 yilda tuzilgan.
Turli mamlakatlarda auditorlik kasbi turlicha nomlangan. Masalan: AQShda
audit bilan shug’ullanadigan professional-jamoatchi buxgalterlar (public
21
accountant), Frantsiyada buxgalter-ekspert (expert comptable) yoki schetlar
bo’yicha komissarlar (commissaire aux comptes), Germaniyada esa xo’jalik
nazoratchilari (Wirtschaftsprufer) deb nomlangan.
Auditorlik faoliyatining keyingi rivojiga 1929-1933 yillardagi iqtisodiy
inqiroz kuchli turtki berdi. Aktsiyadorlik jamiyatlarining bankrotga uchrashi ular
faoliyatini nazorat qilish, tuzgan hisobotlarining mustaqil professionallar
tomonidan tekshirilishi va tasdiqlash tartibini qat’iylashtirishni talab qildi.
Masalan, Germaniyada 1931 yilda aktsiyadorlik jamiyatlarining hisobot va
balanslarini majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul
qilindi. AQShda 1934 yilda qimmatli qog’ozlar va birja muomalalari bo’yicha
komissiya tuzildi va ushbu komissiya AQSh kompaniyalari buxgalteriya hisobi va
hisobotlarini muvofiqlashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu
vaqtdan boshlab birjada ro’yxatdan o’tgan barcha aktsiyadorlik jamiyatlari hisobot
yili tugagach, 3 oy mobaynida o’z hisobotlarini auditor tasdiqlaganidan keyin
nashr etishgan.
Auditorlik ishlarining rivojlanishi tufayli yirik transmilliy kompaniyalar va
firmalar vujudga keldi. Ularning bir qancha davlatlarda o’z filiallari mavjud.
O’zbekistonda auditorlik amali xonliklar davridayoq mavjud bo’lgan. U
paytda auditorlik vazifasi o’z ichiga maslahatchi, tanobchi va ish yurituvchi
kabilarni olgan. Shuni ta’kidlash lozimki, u vaqtdagi audit tushunchasi hozirgi
auditorlik faoliyati mohiyatidan tubdan farq qilgan.
O’zbekistonda zamonaviy auditorlik kasbi 1990 yildan keyin boshlandi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bozor infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida
auditning vujudga kelishiga olib keldi. Auditorlik faoliyatining O’zbekistondagi
hozirgi holati rivojlanish sari dadil odimlayotganidan dalolat bermoqda.
Germaniyada auditorlik faoliyati «Auditorlarning professional ustavi
to’g’risida»gi qonunga (24.07.1961 y) muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga
muvofiq, auditor deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan
va tegishli imtihonni topshirish orqali o’zining shaxsiy va professional layoqatini
tasdiqlagan shaxs tan olinadi.
22
Auditor professional faoliyatining mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik
tekshiruvlarini amalga oshirish; kafolat berish, soliq masalalari bo’yicha konsalting
xizmati ko’rsatish; ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashi
va vasiylik faoliyatidan iborat.
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olish bilan
bog’liq savollar majmui puxta ishlab chiqilgan. Malaka imtihonlarini o’tkazish
uchun Federal erlar oliy ma’muriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha
komissiya a’zolari e’tiroz bildirmasa, da’vogarlarni imtihonga qo’yish haqida rais
qaror qabul qiladi.
Auditorlik faoliyatini professional boshqarish uchun Auditorlar Palatasi
tashkil etilgan. Auditorlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Frantsiyada auditorlik faoliyati 12 avgust 1969 yilda qabul qilingan dekret va
24 yanvar 1994 yildagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu
yo’nalishdagi asosiy ishlar professional tashkilot – schetlar bo’yicha
komissarlarning milliy kompaniyasi tomonidan bajariladi.
Kompaniyaning asosiy maqsadi – auditorlarning o’z professional faoliyatini
amalga oshirishlari ustidan nazorat o’rnatish, a’zolarining obro’-e’tiborini va
mustaqilligini himoya qilishdan iborat. Kompaniya auditorlarni ikki darajada
birlashtiradi. Mintaqaviy darajada professionallik faoliyatini tashkil etish va
tartibga solish bilan mintaqaviy kompaniyalar shug’ullanadilar. Ular auditorlarni
ro’yxatga oladigan mintaqaviy komissiyalar va mintaqaviy sud-intizom Palatalari
bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Milliy darajada esa, Kompaniya ro’yxatga
olish bo’yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi.
Xorijda mustaqil auditorlar yakka holda faoliyat ko’rsatishlari mumkin.
Ammo ular ko’p hollarda firmalar va tashkilotlarga birlashib (bu samaraliroq
bo’lganligi uchun), ular har xil nomlanadi. Masalan, xalqaro amaliyotda va
zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda diplomli buxgalterlar firmalari (Angliyada CA
firms) yoki diplomli jamoatchi buxgalterlarning firmalari (AQShda CPA firms) va
boshqalar to’g’risida ma’lumotlar uchraydi.
23
G’arb mamlakatlarida o’n minglab auditorlik firmalari (faqat AQShning
o’zida qirq besh mingdan ko’p) faoliyat ko’rsatadilar. Bular xilma-xil bo’lib, bir
kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar
90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va
xalqaro audit amaliyotida hal qiluvchi rol o’ynaydigan, yirik auditorlik firmalari
ham mavjud. G’arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati
bozorida
hukmronlik
o’rnatilishi va o’tgan XX asrda kapitalning
baynalminallashishi ham auditorlik firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi
transmilliy auditorlik korporatsiyalari, monopolistlar vujudga keldi va kuchli
mavqega ega bo’ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin). Bunga misol
«katta sakkizlik» bo’lib, u keyinchalik tegishli o’zgarish (transformatsiya)lardan
so’ng, avval «oltilik»ka aylangan va 2000 yildan boshlab esa «katta to’rtlik» deb
atalmoqda. Ko’plab mamlakatlarning obro’li professional va ishchan nashrlari
vaqti-vaqti bilan etakchi auditorlik-konsultatsion firmalarning (milliy hamda
transmilliy) ro’yxatini e’lon qilib turadilar. Ushbu ro’yxatlarning ko’pchiligi
ularning faoliyati to’g’risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu
ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
Bunday nashrlar ko’p hollarda ularning mualliflariga auditorlik-konsultatsion
firmalarni ma’lum ko’rsatkichlar bo’yicha tabaqalashtirishga imkon beradi.
Ko’pincha auditorlik firmalarini bunday tabaqalashtirish yillik daromad hajmi yoki
auditorlar soni va h.k. bo’yicha amalga oshiriladi. Hozirda etakchi auditorlik-
konsultatsion firmalarga aylangan, transmilliy korporatsiyalar bo’yicha, bunday
ro’yxatlarda, odatda, ular faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlar soni ham
ko’rsatiladi. Albatta, ushbu ko’rsatkichlar ko’pincha na-faqat statikani, balki
shunga o’xshash reyting ko’rsatkichlarida kel-tiriladigan dinamikani ham
tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: |