146
axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz
jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha
hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning
xalqaro standartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy
auditorlik standartlarini xalqaro standartlar bilan
muvofiqlashtirish imkonini
beradi.
Bu
tadbirlar
oxir-oqibatda
respublikamizning
jahon
iqtisodiy
integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS
«Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar» - 200-son XAS
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS
«Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS
«Aldash va xato» - 240-son XAS
«Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib
chiqish» - 250-son XAS
«Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS
«Biznesni bilish» - 310-son XAS
«Auditda muhimlik» - 320-son XAS
«Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS
«Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar
auditiga doir savollar» - 402-son XAS
«Auditorlik dalillar» - 500-son XAS
«Auditorlik dalillar – aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar» - 501-
son XAS