Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti akt sohasida iqtisodiyot kafedrasi


Infilyatsiya mohiyati va uning kelib chiqishi



Yüklə 133,56 Kb.
səhifə4/7
tarix04.11.2022
ölçüsü133,56 Kb.
#67319
1   2   3   4   5   6   7
1. Infilyatsiyaning mohiyati va uning kelib chiqishi 2

1.Infilyatsiya mohiyati va uning kelib chiqishi
Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish, ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.

  1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat 8 ko’rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;

  2. Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft’, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin.

Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o’rganishda iqtisodchi olimlar uning monetar sabablarini, ya’ni tovar masasiga nisbatan pul massasining xajmini o’zgarishini asosi qilib ko’rsatadilar. Inflyatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda 13 uning darajasini o’lash uchun dastak lozim bo’ladi. Ushbu dastak bo’lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy umumiy iste’mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o’sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste’mol savatiga kiritilgan mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi:


PKt
IPTs = ------------ x 100 %
PKb
Bu erda: IPTs – iste’mol narxlarining indeksi;
PKt - iste’mol savatining joriy narxi;
Pkb - iste’mol savatining bazis narxi.
Inflyatsiya darajasining o’sishini bir bahosini o’sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so’m bo’lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so’mga teng. Demak, biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan.
585 so’m
1 litr benzin = --------------- x 100 % = 117 %
500 so’m
Baholar indeksidan tashqari inflyatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko’rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma’lum bir davr mobaynida, odatda bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning umumiy miqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini umumiy darajasini o’lchash uchun deflyatordan foydalaniladi. Deflyator – bu pul ifodalangan iqtisodiy ko’rsatqiyalarni o’tgan davrdagi baholar darajasiga nisbatan taqqoslash maqsadida qo’llaniladigan koeffitsientdir. Deflyator yordamida aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash mumkin.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning mohiyatini o’rganish va uni oqilona boshqarish bo’yicha turli nazariyalar mavjud. ulardan biri bo’lib Angliyalik taniqli iqtisodchi olim Djon Meynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. Dj.M.Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. Ushbu dastak yordamida davlat tomonidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag’batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat:



  1. mamlakat aholisining ish bilan ta’minlanganligi darajasi ishlab chiqarish xajmi bilan aniqlanadi;




  1. umumiy talab taklifga to’g’ri kelmaydi, chunki ma’lum pul mablag’lari jamg’arishga sarflanadi




  1. ishlab chiqarishning xajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkorlikka asosan aniqlanadi;




  1. investitsiyalar va jamg’armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jamg’arma aktlari mustaqil faoliyat ko’rsatadi.

Dj. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: qo’shimcha pul emissiyasi aholining to’lovga qobiliyatlilik talabini oshiradi. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarni ko’payishi uchun asos yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlarning pullarini olish maqsadida ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradilar va muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasini mahsulotlar va xizmatlar bilan to’ldiradilar. Xalqaro amaliyotda Dj. Keyns tomonidan ilgari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflyatsiya» nomini olgan.
O’tgan asrning 60 yillarida inflyatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga AQShlik mashxur iqtisodchi, Nobel’ mukofatining laureati, «Chikago iqtisodiy maktabi»ning boshlig’i Milton Fridmen asos soldi. Xalqaro amaliyotda ushbu maktab «monetarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:



  1. «Pullar ahamiyatga egadir», ya’ni kredit – pul sohasidagi o’zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi;




  1. Mamlakat Markaziy banki iqtisodiyotdagi xo’jalik holatidan qat’iy nazar pul massasining barqaror o’sishini ta’minlab turishi lozim.

M. Fridmenning asosiy g’oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig’tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat byudjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa makroekonomik ko’rsatqichlardan qat’iy nazar davlatning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o’rtacha 3-5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g’oya Dj. Keyns g’oyasiga qarama-qarshidir. Dj. Keyns pul massasini o’sishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan bo’lsa, M. Fridmen esa taklif va pul massasining doimiy o’sishini oldinga surgan.
Monetarizm maktabi tarafdorlari inflyatsiyaga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo’llab-quvvatlaydilar:
- tadbirkorlikning to’g’ridan-to’g’ri rag’batlantirish (foydaga investitsiya qilingan qismidan soliqlarni pasaytirish);
- davlat xarajatlarini qisqartirish;
- investitsiyaga yo’naltirilgan jamg’armalarning o’sishini rag’batlantirish (mamlakat aholisining jamg’armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog’ozlarga joylashtirish).
O’z mohiyatiga asosan monetaristik siyosat qat’iy siyosat bo’lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarqlikni talab etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Dj. Keyns va M. Fridmen yaratgan nazariyalari inflyatsiya bilan oqilona kurash olib borishda mutloq to’liq javob bermaydi. Har ikkala nazariya o’zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlarga ham egadir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdagi inflyatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosi hal etishlikni, ularning o’zaro bog’liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflyatsiya va ishsizlik haqiqatda ular o’rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha aniq olingan mamlakatda aholi o’rtasida ishsizlik darajasi past darajada bo’ladi. O’z vaqtida uning aksi inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo’ladi. Biz buni quyidagi grafikda ko’rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflyatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-navo ko’tarilishi natijida yo’qotilgan haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur bo’ladi. Buning natijasida, mamlakat aholisi o’rtasida ishsizlak darajasining pasayishi kuzatiladi.

Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo’nalishda maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo’nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi..



Yüklə 133,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin