Aktiv va reaktiv quvvat muvozanati



Yüklə 106,49 Kb.
səhifə4/4
tarix04.08.2023
ölçüsü106,49 Kb.
#138664
1   2   3   4
Aktiv va reaktiv quvvat muvozanati.

elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmog’idan bir oyda iste’mol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati;
elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmog’idan iste’mol qilinadigan 30 daqiqalik reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati;
reaktiv quvvat iste’molining elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida va (yoki) reaktiv energiyani shu soatlarda bir oy ichidagi iste’molining texnikaviy chegaralari. Bu chegaralardan oshib ketganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasining hisoblash nuqtasida kuchlanishni elektr tarmog’ining eng katta yuklamali soatlari uchun elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan darajasidan pasayib ketishi uchun javob bermaydi;
elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimining elektr tarmog’iga bir oyda hosil qilingan va (yoki) uning kichik yuklamali soatlarida majburiy iste’mol qilingan reaktiv quvvat va (yoki) energiyaning chegaraviy qiymatlari.
Elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv energiya iste’molining bir oydagi texnikaviy chegaralari, ular hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yuqorida ko’rsatib o’tilgan iste’molchilar tomonidan majburiy tartibda tuziladigan elektr tarmoqlarining ishlash rejimlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud bo’lmaganda to’lov faqat amalda iste’mol qilingan reaktiv energiya uchun aktiv energiya bo’yicha amaldagi tarifning 5 foiziga teng narx bo’yicha, qo’shilgan qiymat solig’isiz, undiriladi. 
139. Elektrlashtirilgan temir yo’l transportining harakatlantiruvchi podstansiyalari va metropoliten podstansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanilishi yuzasidan elektr ta’minoti shartnomasida bir oyda reaktiv energiya iste’mol qilishning iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi ko’rsatiladi.

Temir yo’l transportining o’zgarmas va o’zgaruvchan tokli harakatlantiruvchi podstansiyalari tomonidan reaktiv energiya iste’mol va hosil qilinishining iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi kontakt tarmog’i bilan ulangan harakatlantiruvchi podstansiyalar bo’yicha yig’indi tarzida ko’rsatiladi, ularning energiya iste’moli uchun hisob-kitoblari bitta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
140. Bir oydagi reaktiv energiya iste’mol va hosil qilishning hamda elektr tarmog’ining katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati va texnik chegaralari elektr ta’minoti shartnomasida qayd etiladi. 






Yüklə 106,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin