Al-Asmo al-Husno arab goʻzal



Yüklə 119,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.04.2023
ölçüsü119,44 Kb.
#98081
Al-Asmo al-Husno - Vikipediya



Al-Asmo al-Husno
Al-asmo al-Husno (arab. — goʻzal
ismlar) — Allohning ismlari boʻlib,
mazmunan uning sifatlari, fazilatlarini
ifodalaydi. Qurʼonda Allohni shu ismlar
bilan yodga olish buyuriladi: „Allohning
goʻzal ismlari bordir. Bas, Uni oʻsha
ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar),
Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin
joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik)
kimsalarni tark qilinglar“ („Aʼrof“ surasi,
180-oyat); „Alloh, deb chorlangiz, yoki


Rahmon — Mehribon, deb chorlangiz.
Qanday chorlasangizlarda (joizdir). Zero,
U zotning goʻzal ismlari bordir“ („Al-isro“
surasi, 110-oyat). Bu ismlar — 99 ta. Ular
musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi.
Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib
aytiladi. Soʻfiylar oʻz zikrlarida ham bu
ismlarni kamolatga erishishning timsoli
sifatida ishlatadilar. Allohni va uning
ismlarini iloji boricha koʻproq eslab turish
taqvodorlik namunasi hisoblanadi.
Odatda tasbih donalari soni Alloh ismlari
soni bilan tengdir. Al-A. al-H.dan
duoxonlar tumorlar sifatida
foydalanishadi. Musulmon ilohiy
adabiyotida Alloh ismlarini talqin qiluvchi
risolalar koʻp, ismlar roʻyxati duo


toʻplamlaridan joy olgan. Nomlarning
aksariyati Abdurahmon, Abdusamad
(„Allohning quli“) kabi eng keng tarqalgan
ismlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Qurʼoni Karimning „Hashr“ surasida (22-
24-oyatlar) „Alloh goʻzal ismlari“ning
qisqa roʻyxati bor: arRahmon, ar-Rahim,
al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Muʼmin,
al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-
Mutakabbir, alXoliq, al-Boriʼ, al-Musavvir.
Boshqa hamma ismlar Qurʼonning turli
joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan
kelib chikadi va ular bilan bogʻlangan
feʼllaridan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati
Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan
hadisda bor, ana shu hadisga koʻra,


Muhammad (sav) 99 raqamini
keltirganlar va har kim Alloh taoloning
mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa,
albatta jannatdan joy ato qilinadi,
deganlar. Boshqa hadis toʻplamlarida
ham al-A. al-H. roʻyxati keltiriladi.
„GOʻZAL ISMLAR“1. Alloh — Tangri,
Maʼbudi bar haq.
2. ar-Rahmon — oʻta mehribon.
3. ar-Rahim — juda rahmli.
4. al-Malik — podshoh.
5. al-Quddus — nuqsonlardan xoli.


6. as-Salom — ofat va balolardan
salomat.
7. al-Muʼmin — amonli va omon beruvchi.
8. al-Muhaymin — egallab, qoplab
oluvchi.
9. al-Aziz — izzat va qudrat sohibi.
10. al-Jabbor — bandalari ishini isloh
etuvchi.
11. al-Mutakabbir — kattalik yarashuvchi
zot.
12. al-Xoliq — yaratuvchi, vujudga
keltiruvchi.


13. al-Boriʼ — yaratuvchi.
14. al-Musavvir — maxluqot va
mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
15. al-Gʻaffor — bandalarning aybu
nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh
qilmay yopib turuvchi, kechiruvchi.
16. al-Qahhor — barchani
boʻysundiruvchi, gʻolib.
17. al-Vahhob — oʻz neʼmatlarini tekin ato
etuvchi.
18. ar-Razzoq — barcha tirik mavjudot
rizqini yetkazib beruvchi.


19. al-Fattoh — hukm etuvchi, rahmat;
xazinalarini ochuvchi.
20. al-Aliym — biluvchi, dono, ilm sohibi.
21. al-Qobiz — kimlarningdir rizqini
qiyuvchi, ruxlarni qabz etuvchi (oluvchi).
22. al-Bosit — kimlargadir keng rizq
beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
23. al-Xofiz — kofirlar martabasini
tushiruvchi.
24. ar-Rofiʼ — moʻminlar martabasini
koʻtaruvchi.
25. al-Muizz — kimlarnidir aziz, qadrli
etuvchi.


26. al-Muzill — kimlarnidir xoru zalil
qiluvchi.
27. as-Samiʼ — maxfiy va oshkora ran va
sharpalarni, hatto dildan oʻtganini ham
eshituvchi.
28. al-Basir — hamma maxfiy va oshkora
narsalarni koʻruvchi.
29. al-Hakam — qatʼiy hukm etuvchi.
30. al-Adl — oʻta adolatli.
31. al-Latif — bandalariga sezdirmay oʻz
lutfu ehsonini yetkazib beruvchi.
32. al-Xabir — hamma maxfiy va oshkora
ishlardan xabardor.


33. al-Halim — jazolashga
shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib
turuvchi.
34. al-Azim — ulugʻ, buyuk, katta.
35. al-Gʻafur — gunohlarni yashirib, jazo
bermay turuvchi.
36. ash-Shakur — oz ishga koʻp mukofot
beruvchi.
37. al-Aliy — ulugʻ martabali, buyuk.
38. al-Kabir — katta, hamma sohada
yuqori.
39. al-Hafiz — saqlaguvchi (oʻz
panohida).


40. al-Muqit — moddiy va maʼnaviy oziq
beruvchi.
41. al-Hasib — har bir ishga oʻzi kifoya
qiluvchi.
42. al-Jalil — barcha sifatlari mukammal,
ulugʻ zot.
43. al-Karim — karamli, saxovatli,
kechirimli.
44. ar-Raqib — hamma narsani kuzatib,
nazorat ostiga olib turuvchi.
45. al-Mujib — duolarni qabul etuvchi.
46. al-Vosiʼ — mulki, rahmati va qudrati
keng zot.


47. al-Hakim — hikmat sohibi. Daqiq va
noziq ilmlarni biluvchi.
48. al-Vadud — doʻst, xayrixoh, mahbub.
49. al-Majid — neʼmati va ehsoni be-
poyon.
50. al-Bois — paygʻambarlar yuboruvchi,
oʻlgandan keyin qayta tiriltiruvchi51. ash-
Shahid — hamma narsani bilib, koʻrib
turuvchi, guvoh.
52. al-Haq — haqiqatan mavjud zot.
53. al-Vakil — hamma ishlarni oʻz
zimmasiga, kafolatiga oluvchi.


54. al-Qaviy — haqiqiy quvvat va qudrat
egasi.
55. al-Matin — quvvatli, matonatli.
56. al-Valiy — doʻstlariga doʻst, madadkor.
57. al-Hamid — hamdu sanoga,
maqtovga loyiq zot.
58. al-Muhsiy — barcha maxluqot va
mavjudotlarning hisob-kitobini yaxshi
biluvchi.
59. al-Mubdiʼ — yoʻqdan bor qiluvchi,
yaratuvchi.
60. al-Muid — hayotdan oʻlimga, oʻlimdan
yana hayotga qaytaruvchi.


61. al-Muhyiy — tiriltiruvchi.
62. al-Mumit — oʻldiruvchi.
63. al-Hay — tirik.
64. al-Qayyum — oʻz-oʻzidan turuvchi,
boshqalarni turgizuvchi.
65. al-Vojid — xohlagan narsasini
topuvchi.
66. al-Mojid — karamli va sharafli zot.
67. al-Vohid — yagona, bir (xudo — bir).
68. as-Samad — behojat, hojatbaror.
69. al- Qodir — qudratli.


70. al-Muktadir — qudratli, qodir.
71. al-Muqaddim — oʻziga yaqin qiluvchi.
72. al-Muaxxir — oʻzidan uzoq etuvchi.
73. al-Avval — hamma narsadan avval,
boshlanishi chegarasiz.
74. al-Oxir — hamma narsadan boqiy,
oxiri cheksiz.
75. az-3ohir — borligi hamma tomonlama
ayon boʻlmish zot.
76. al-Botin — oʻzi mavjud, lekin sezgi
vositalarimizdan maxfiy zot.


77. al-Voliy — barcha ishlarni tasarruf
etuvchi hokim.
78. al-Mutaoliy — ulugʻ, oliy martabali.
79. al-Barr — yaxshilik va ehson sohibi.
80. at-Tavvob — tavbalarni qabul etuvchi.
81. al-Muntaqim — gunohkor
bandalaridan oʻch oluvchi, jazolovchi.
82. al-Afuv — gunoxlarni afv etuvchi.
83. ar-Rauf — oʻta mehribon; rahmati
keng .
84. Molikul-mulk — mulk, saltanat, hukm
sohibi.


85. Zul-jaloli val-ikrom — sharafli va
karamli.
86. al-Muqsit — adolatli, odil.
87. al-Jomiʼ — toʻplovchi, qiyomat kuni
haloyiqni mahshargohga jam etuvchi.
88. al-Gʻaniy — boy, ehtiyojsiz.
89. al-Mugʻniy — boy etuvchi, kifoya
qiluvchi.
90. al-Moniʼ — doʻstlarini ximoya etuvchi,
noloyiqlarga oʻz neʼmatlarini man etuvchi.
91. az-Zorr — xohlagan bandalariga ofat,
zarar va musibat yetkazuvchi.


92. an-Nofiʼ — xohlagan bandalariga
manfaat va foyda yetkazuvchi.
93. an-Nur — oʻz-oʻzidan borligi ayon va
borliqni ham ayon etuvchi.
94. al-Hodiy — yoʻl koʻrsatuvchi.
95. al-Badiʼ — yaratuvchi (ixtiro ila).
96. al-Boqiy — doimiy, abadiy mavjud.
97. al-Voris — borliqni meros qilib
oluvchi.
98. ar-Rashid — barcha ish va tadbirlari
toʻgʻri chiquvchi.


99. as-Sabur — gunohkorisyonkorlarga
jazo berishga shoshilmaydigan zot.
(Mazkur ismlar bir muncha erkin tarjima
qilingan, ularning mazmunlarini ulamolar
bir oz boshqacha ham talqin etadilar).
Abdulaziz Mansur.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Al-Asmo_al-Husno&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Al-Asmo_al-


Bu sahifa oxirgi marta 5-Fevral 2023, 19:13 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Husno&oldid=3571191" dan olindi

Yüklə 119,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin