Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə33/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida “haqiqiy borliq” – “Xudoning borlig‘i” va “haqiqiy bo‘lmagan”, yani Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Demak O‘rta asrlarda borliqning oliy asosi Xudodir, degan g‘oya ilgari surildi. Barcha barkamolliklar yig‘indisi sifatida Xudo mavjudlik xususiyatiga ham egadir, chunki mavjud bo‘lmagan mavjudot nomukammaldir. Binobarin, hamma narsaning mavjudligi Xudoda mujassamdir. Xudo borligi to‘g‘risidagi ontologik dalilning shiorlaridan biri ana shundan iboratdir. Unga ko‘ra, butun dunyoni bir joyga bo‘ysunish, quyi va oliyning subordinatsiyasiga asoslangan ierarxik tuzilmalar qamrab olgan. Bunda inson ruhi va ilohiy asosning o‘zaro tasiri masalasi bosh muammoga aylanadi.
Foma Akvinskiy ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, yani substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi talimotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof manaviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir.
Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, o‘rta asrlarning borliq muammosi teotsentrik xususiyatga ega.
Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil shahar odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi.
“vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi:

  1. Birinchi holatdagi sabab.

  2. Ikkinchi holatdagi sabab.

  3. Uchinchi holatdagi aqli faol.

  4. To‘rtinchi holatdagi instinkt.

  5. Beshinchi holatdagi shakl.

  6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga tarif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni tariflaydi. Unga ko‘ra, aynan “aqli faol”ga ko‘ra, insonning tabiiy, manaviy va ruhiy hayoti shakllanadi.

Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi talimotidan foydalangan. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli tasir ko‘rsatdi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin