Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy mulohaza turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik (ekzistensial) mulohazalari va munosabat (relyativ) mulohazalari. Atributiv (sifat va xususiyat) mulohazalarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qatiy ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv mulohazalarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi mulohaza deb tariflasa bo‘ladi. Masalan, “Hamma daraxtlar o‘simliklardir” va “Hech bir o‘simlik hayvon emas”.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan mulohazalarga munosabat (relyativ) mulohazalari deyiladi. Masalan: “Butun bo‘lakdan katta”. “Ikki - uchdan kichik son”. Birinchi mulohazada “kattalik” munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi mulohazada “uch” soni bilan “ikki” sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.
Atributiv va munosabat mulohazalari bilan bir qatorda yana mavjudlik (ekzistensial) mulohazalari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat mulohazalari (“Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarining muallifi” ko‘rinishda bo‘lgan) va modal mulohazalar (Ehtimol, yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |