Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə21/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. Qadimgi Yunon –Rim falsafiy maktabi falsafa tarixida antik falsafa nomi bilan ataladi.

Mil. av. VI va milodiy VI asrlar oralig‘idagi davrni o‘z ichiga qamrab oluvchi antik davr falsafasi qadimgi Yunon va Rim xalqlari donishmandligi mahsuli sanaladi. G‘arb falsafiy tafakkur taraqqiyotining keyingi bosqichlarida vujudga kelgan deyarli barcha maktablar, tasavvurlar kategoriya va muammolar uchun ilk g‘oyaviy ildiz vazifasini o‘tagan antik falsafa jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Qadim zamonlardan to bugungi kunga qadar G‘arb falsafasi, fani va madaniyati o‘z tamaddunining beshigi, tafakkur tarzining manbai sifatida qaytaqayta murojaat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa atamasining o‘zi ham ayni davr tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Faylasuf haqiqatni sevguvchi, hamisha uni izlaguvchi insondir. Shu ma’noda olamni yaxlitligicha anglash, borliqning bosh sababini aniqlash faylasufning asosiy vazifasi hisoblangan. San’at va dindan farqli ravishda falsafa olamning yaxlitligi va uning bosh ibtidosini fantaziya va afsonalardan xoli tarzda, ratsional dalillarga asoslangan holda tushuntirib berishi lozim bo‘lgan. Bu esa insonning ruhiy erkinlikka olib keladi deb hisoblangan. SHu ma’noda falsafaga nafaqat shunchaki haqiqatni izlash yo‘li, balki alohida hayot tarzi- inson ruhiy mavjudligining sharti deb ham qaralgan.

Antik falsafaning ibtidosi Miletlik Fales(Mil. av. 625-547 yillar) qarashlarining shakllanishi bilan bog‘lanadi. Uning xronologik yakuni esa, Rim imperatori Yustinian “Afinadagi falsafiy maktablarni yopish to‘g‘risida” kredet chiqargan Milodiy 529 yil sanasi bilan belgilanadi. G‘oyaviy mazmuni va xarakteri, ayniqsa falsafiy mushohada yuritish usuliga ko‘ra qadimgi Sharq falsafiy ta’limotlaridan farq qiluvchi antik falsafada insoniyat tarixidagi olamni ratsional tushunishga bo‘lgan ilk urinishlar kuzatildi. U yaratgan tafakkur uslubi keyinchalik vujudga kelgan ilg‘or sivilizatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Antik falsafa taraqqiyotini shartli to‘rt bosqichga ajratib o‘rganiladi: 1) Yunon falsafasi shakllana boshlagan ilk davrlardan Mil. Avv. IV asrgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga qamrab oluvchi “suqrotgacha bo‘lgan davr”; 2) Mil. Avv. V asrdan mil.Avv.IV asrning o‘rtalarigacha davom etgan “mumtoz davr” bu davrda Suqrot, Aflotun, Arastularning ijodi vujudga kelib, keng tarqaldi; 3) Mil. Avv. IV asr oxirlari va Mil. Avv. II asr oralig‘ida rivoj topgan ta’limotlarga nisbatan Ellin falsafasi atamasi qo‘llaniladi; 4) Mil. Avv. II asr oralig‘ida taraqqiy topgan antik donishmandlik Rim davri deb ataladi. Antik falsafa bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

1.Antik falsafa asosida ob’ektivizm tamoyili yotadi. Aniqrog‘i, sub’ekt ob’ektdan alohida ajratilib, undan yuqori qo‘yilmaydi. 2. Antik falsafani moddiyhissiy kosmologizm sifatida tavsiflash mumkin. Antik falsafaning ontologik g‘oyalari O‘rta asrlardagi singari mutloq shaxsga emas, hissiy kosmosga tayanadi. 3. Antik falsafa panteistik xususiyatga ega bo‘lib, unda xudo va tabiat

aynanlashtiriladi. Unga ko‘ra, kosmos mutloq ilohiylik hisoblanadi. Tabiat xudolar tomonidan yaratilmagan, aksincha, ularning o‘zi tabiatning bir qismi sanaladi. Odamlarga o‘xshagan Yunon xudolari tabiiy stixiyalarni aks ettiradi. 4. Kosmos zarurat bilan shartlangan. Insonga nisbatan qo‘llanilganda mazkur zarurat taqdir ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.ammo, Yunon falsafasiga ko‘ra insonlar birgina tabiat qonunlariga bo‘ysunib emas, balki aqliy mushohadaga asoslanib ham yashashlari lozim. Yunonlar xudolar o‘rnatgan qonunlarni ham tan olgan holda aqlga tayanib yashash g‘oyasini ilgari surganlar. 5. Inson kashfiyotlarining eng muhimlaridan biri qonun hisoblanadi. Yunon falsafasida ta’kidlanishicha, qonun ustuvorligi o‘rnatilgan shahar davlat-polis hisoblanadi. Yunon polislaridagi turli xalq yig‘inlari va sudlarda notiqlar tomonidan qo‘llanilgan dalillash hamda xulosa chiqarish usullari kishilarning aql kuchiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi. 6. Ijtimoiy hayotning fuqaroviy xarakteri va erkin, faol ideal fuqaro obrazi Yunon falsafasida axloqiy qarashlar - amaliy falsafaning shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Muayyan insoniy xulq-atvor tipiga qarab mo‘ljal olgan ushbu amaliy falsafada kishilarning turmush kechirish qoidalari, ezgu fazilatlari bilan bog‘liq g‘oyalar ilgari surildi. 7. Yunon falsafasida mantiqiy, axloqiy va estetik qarashlarning o‘zaro ajralishi ro‘y berdi. Ammo, shunga qaramay, Yunon mutafakkirlari o‘z ta’limotlarida ularni asoslanmagan tarzda aynanlashtirishga moyil edilar. 8. Abstrakt mushohada yuritish qadimgi Yunon falsafasining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, antik mutafakkirlar dunyoqarash masalalarini tabiat, inson va xudoni yaxlit tarzda idrok qilgan holda hal qilishga uringanlar.

Shu ma’noda ularning ta’limotlari Yunon falsafasiga dunyoqarash xarakterini baxsh etgan mifologiya bilan uzviy aloqadorlik kasb etgan. Mifologiya hamma narsa nimadan tug‘ilganligi bilan qiziqsa, Yunon faylasuflari dunyoda ro‘y berayotgan narsa-hodisalarning bosh sababi- ibtidosi nima ekanligini aniqlashga intilganlar. Suqrotgacha yashagan Yunon faylasuflarining deyarli barchasi barcha hodisa va jarayonlarning birinchi sababini topish, tabiatni tushuntirish hamda ayrimlari bilish muammolari bilan shug‘ullanganlar.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin