Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Nazariya bilimlarning mantiqiy tizimi sifatida



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə262/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Nazariya bilimlarning mantiqiy tizimi sifatida. Har bir fan sohasida turli nazariyalar mavjud bo‘ladi. “Nazariya” atamasi keng manoda amaliyotdan farq qiluvchi aqliy faoliyat turini ifodalaydi. Tor manoda esa, nazariya malum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, shu sohani yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir. Nazariya ilmiy bilishning shakli sifatida empirik va nazariy bosqichlarning birligini ifodalaydi.

Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi.

Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin o‘zaro aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.

Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalar o‘rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi.

YUqoridagi fikrlarga asoslanib, nazariyaga quyidagicha tarif berish mumkin: Nazariya malum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.

Har bir nazariya o‘z tushunchalari va tariflash qoidalariga ega. Bunga misol qilib ximiya fanidagi atom, molekula, ishqor kislota kabi tushunchalarni olishimiz mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin