Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Borliqning ezoterik talqini



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə45/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Borliqning ezoterik talqini. Ikki xil borliqning mavjudligi ezoterizmning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Ezoterik qarashlarga ko‘ra, bu borliqlarning biri mutlaqo ideal xususiyat kasb etadi (bu ezoterika atamalarida nozik darajalarda mavjudlikni anglatadi), ikkinchisi esa insonning kamolotga eltuvchi yo‘lni bosib o‘tish va o‘zini ham, kosmosni ham o‘zgartirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Bundan ezoterizmning ikki aniq yo‘nalishi kelib chiqadi. Ularning biri teran ong va ulkan istedodga ega bo‘lgan komil inson g‘oyasiga, ikkinchisi – «Xudoning Erdagi saltanati» xoliazmik formulasi bilan moddiylashtirilgan g‘oyaga o‘xshab ketadigan hayotni o‘zgartirish g‘oyasiga ishora qiladi.

Ezoterik mulohazaga misol: «Yangi davr» g‘oyasining targ‘ibotchisi Sherli Makleyn shunday deydi: «Men kosmik aqldan, manaviy ziyodan olgan fikrlarning eng muhimi bu Xudo – bizning o‘zimiz, degan fikrdir. Borliqning biz anglab etgandan muhimroq qandaydir darajasi bor»48. Bazan bu borliqdan uzoqlashishga, bazan – mantiqqa zid bo‘lgan noizchil xatti-harakatlarga, bazan – hamma narsani o‘zgartirish mo‘ljali bilan bog‘liq bo‘lgan haddan tashqari soxta faollikka olib keladi.

Oqilona ilmiy bilim, odatda, noemotsional va shaxssiz obektiv bo‘lsa, ezoterik ananada emotsional kechinmalarning mexanizmlaridan foydalanmasdan, xususan oq afsungarlik bilan bog‘liq holda fikrlar, so‘zlar va xatti-harakatlarda ezgulik va ziyoga qarab, qora afsungarlik bilan bog‘liq holda esa – yomonlik va riyoga qarab mo‘ljal olmasdan yashirish bilimni o‘zlashtirish mumkin emas.

Ezoterik fanlar ikki asosiy maqsadni: avvalambor, odatdagi tajriba chegarasidan tashqarida yotuvchi dalillarni bilishga qaratilgan marifiy maqsadni va tashqi dunyo jarayonlarini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruvga doir yoki kiber-maqsadni ko‘zlaydi. Nazariyalar, talimotlar va ilmiy konsepsiyalarning o‘zgarish intensivligiga teng bo‘lgan davriylikka ezoterizmda duch kelish mumkin emas. U ichdan harakatchan; uning faolligi nyuanslar va shaxsiy xususiyat kasb etuvchi yondashuvlarning rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Ammo u o‘z tabiatiga ko‘ra ancha turg‘un, chunki poydevor sifatida qo‘yilgan qadimgi germetik talimotga, qadimgi ajdodlarimizning xufyona donishmandligiga tayanadi.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin