Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Kengayuvchi olam konsepsiyasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə64/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Kengayuvchi olam konsepsiyasi. Kosmologiya muammosining taklif qilingan echimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar Cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» konsepsiyasiga ko‘ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o‘ta zich singulyar holatda bo‘lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o‘zgargan, maydonning egriligi to‘g‘rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, kengayish o‘rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil bo‘lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yopiq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Hozirgi «ko‘p sonli dunyolar» konsepsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi Cheksiz ligini metrik Cheksiz lik manosida emas, balki materiyaning makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.

Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, yani galaktikalar taxminan o‘zigacha bo‘lgan masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy etirof etilgan fakt hisoblanadi. 1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. 1929 yilda Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha uzoqda bo‘lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi, degan qonunni va katta masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.

SHunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda Cheksiz olam navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat mavjud.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin