2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning manaviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo‘ymoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘laqonli azosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak manaviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida etibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak manaviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Globallashuv bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu obektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.