Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Texnologik taraqqiyotning istiqbollari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə166/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Texnologik taraqqiyotning istiqbollari. Fan va texnologik taraqqiyot hozirda insoniyat oldiga juda muhim muammolarni maydonga tashladi. Bular jumlasiga atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayib ketishi, yadro urushlarining xavfi, geosiyosiy manfaatlarni to‘qnashuvi, gegemonlik siyosati va boshqa shu kabi masalalarni keltirishimiz mumkin. Aynan shunday muammolarni bartaraf qilish yoki oldini olishda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida shakllanib, takomillashib kelgan gumanizm g‘oyalaridan samarali foydalanish, yani ularni amaliy hayotga tez va aniq suratda tadbiq etish hozirda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Professor Nik Bostrom takidlaganidek “Texnologik progressning tezlashuvi tufayli insoniyat hozir o‘z rivojida keskin burilish nuqtasiga katta tezlik bilan yaqinlashib qolgani ehtimoli katta. Insoniyatga ancha tanish bo‘lib qolgan yadroviy xavf-xatar yoniga endilikda kerak.”130 Texnikani o‘ylamasdan rivojlantirish jahon miqyosida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tug‘dirmoqda. Masalan, aslida inson og‘irini engil qilishga qaratilgan texnika ishsizlikni yuzaga keltirmoqda, ish bilan taminlash ham yanada murakkablashib bormoqda. Xususiy transportlarning ko‘payishi, bir tomondan insonlarga qulayliklarni tug‘dirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa asosan shaharlarni ekologik holatiga salbiy tasir ko‘rsatibgina qolmasdan insonlarni salomatligiga ham ayniqsa ularning asab faoliyatining buzilishiga tasir etmoqda. Shuning uchun ham bu sohada ilmiytadqiqotlar olib borayotgan olim va faylasuflarning fikricha “XXI asr bo‘sag‘asida insoniyat oldida texnikaga oid juda katta muammolarni hal qilish masalasi turib”di. Hozirda texnokratik sivilizatsiyani tanqid qiluvchilar falsafaning kuchiga katta umid bog‘lamoqdalar. Ularning fikricha falsafa o‘zining insoniyligi, o‘zining manaviy axloqiy qoidalari va dunyoga bo‘lgan ezgu munosabati bilan texnikaning Cheksiz ligi hamda hukmronligiga, uning kelajagiga to‘g‘ri qarash orqali insonlarni ishontirish mumkin, deb hisoblashmoqda. Texnokratik sivilizatsiyada inson nafaqat dunyoni, insoniyatni rejalashtiradi, balki insonning o‘zi rejalashtirish obektiga

aylanib qoladi. Agar insoniyat mavjud muammolarga befarq qaraydigan bo‘lsa dunyo sivilizatsiyasi halokatga uchrashi muqarrar shu manoda insonparvarlashuvning mohiyati, uning taraqqiyot tendensiyasi ilmiy-falsafiy jihatdan talqin qilinmasa yuqorida aytilgan fojialarning oldini olish juda qiyin bo‘ladi. Buning uchun fan, texnika va texnologik taraqqiyotni samarasiz jihatlarini falsafiy-tanqidiy talqin qilish, insonning keyingi amaliy faoliyatiga to‘g‘ri baho berish, uning kelajagi va istiqboldagi o‘zgarishlarga ehtiyotkorona maqsadli yondoshish talab qilinadi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin