Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə19/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi hayoti murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi. XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya tomonidan Turkistonning istilo qilinishi natijasida o‘lka hayotida ayanchli va keskin o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Chor Rossiyasining

Markaziy Osiyoni bosib olishga bo‘lgan ehtiyojiga, unga nisbatan jadal mustamlakachilik siyosatini yurgazishiga harbiy-siyosiy maqsadi va iqtisodiy ahvoli sabab bo‘ldi. Rossiyaning o‘sha davrdagi rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorako‘l va boshqa xom ashyolar zarur edi. Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo istilosiga g‘oyaviy tayyorgarlik XVIII asr boshlarida Pyotr I tomonidan boshlangan bo‘lsa, huddi shu davrdan boshlab Turkistonda ham istilo uchun tabiiy sharoit etila boshladi. XVIII-XIX asrlarda avj olgan mahalliy oqimlarning o‘zaro urush va janjallari, Turkistonning uchta mustaqil xonlikka bo‘linishi, ularning orasidagi o‘zaro ziddiyatlar, urushlarning avj olishi diniy mutaassiblikning rivojlanishiga olib keldi. Bu holat jamiyatda din peshvolarini muayyan mavqega ega bo‘lib, har qanday fan va madaniyat yangiliklariga musulmon axloqiy normalari, islom dini nomidan ko‘r-ko‘rona qarshilik ko‘rsatib, diniy aqidaparastlikni avj oldirishga sabab bo‘ldi. Natijada Turkiston xalqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti tanazzulga yuz tutdi.

Turkiston hududidagi Chor istilosiga qarshi harakatlar milliy istibdodga, chorizm istilosiga qarshi xalq qo‘zg‘alonlarining turli xildagi ko‘rinishi edi. Tarixiy ma’lumotlarda 1905 yilga qadar Turkistonda to‘rt mingga yaqin milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tgani qayd etilgan30. Ushbu harakatlar zamirida, aksariyat hollarda, mahalliy aholidan ko‘chirib kelinayotgan xalqlarga er-suvni olib berishga qarshi isyon yotar edi: «General Kuropatkin xokimiyat o‘z ehtiyojlari uchun qancha xohlasa, shuncha darajada Yer va suvni ishlatishi mumkinligiga ishonar edi. Shuning uchun ham mustamlakani mustahkamlash uchun etnik tozalashdan foydalanish va Rossiyadan yangi emmigratsiyani tashkil etish lozim bo‘ldi»2. To‘rt mingga yaqin ozodlik harakatlari mahalliy kayfiyatdagi istibdodga nisbatan isyon, ozodlikka intilish aynan ana shu davrlardanoq istilochilar tomonidan qatag‘on qilingan. Bir necha misollarni keltirish mumkin: 1) Dukchi Eshon qo‘zg‘olonida chor askarlaridan 22 nafari o‘ldirilgan, 16 nafari yarador bo‘lgan, buning evaziga Mingtepa, Tojik, Qashg‘ar qishloqlari uch kun to‘pga tutilgan, chor askarlari tomonidan O‘qchi qishlog‘idagi aksariyat erkaklar otib o‘ldirilgan. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni bo‘yicha ochilgan jinoiy ishda 400 dan ortiq odam jinoiy javobgarlikka tortilib, mol mulki musodara etilgan31; 2) 1881 yil 12 yanvarida Ko‘ktepada 22,5 mingdan ziyod begunoh turkman, qozoq, o‘zbek, qirg‘iz general Skobelev guruhi tomonidan vahshiyona chopib tashlanadilar32; 3) 1864 yil o‘ris zulmiga qarshi

Ettisuvdagi dunganlar qo‘zg‘olon ko‘tardilar, lekin ular qirib tashlandi, hammayoq qonga botirildi33. Ushbu qo‘zg‘olonlar haqida rus mualliflarining o‘zi shunday ta’kidlaydi: «Istilo davridagi xalq ozodlik harakatlari oldida turgan asosiy inqilobiy vazifa mustaqillikni boy bermaslik edi»34.

O‘zbek xalqining millat bo‘lib shakllanishi, mustaqil davlat g‘oyasi, milliy o‘zlikni anglash, xalq tafakkurini tubdan o‘zgartirish masalalarini birinchi bo‘lib jadidlar ko‘tardilar.

Ushbu harakatning aynan milliy kontekstda namoyon bo‘lishining o‘zi inqilobiy hodisa edi, chunki, jadidchilik vujudga kelgan davrga qadar Markaziy Osiyo hududida mahalliy xalqlar identifikatsiyasi milliy emas, hududiy nuqtai nazardan amalga oshirilgan. Jadidchilikning vujudga kelishi Turkistonning XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy vaziyatiga to‘g‘ri keladi.

Istilo siyosati oqibatida turkistonliklarni ezish va ijtimoiy hayotning oyoq osti qilinishi ularning milliy ongining kuchayishiga olib keldi. Istilo siyosatiga qaramaqarshi o‘laroq millatparvarlik siyosati maydonga chiqdi. Natijada chor Rossiyasi davrida turkiy, islomiy madaniyatni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan milliy harakat kun sayin kuchayib borayotgan rus madaniyati ta’siriga qarshilik ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan Turkiston jadidchilik harakatiga aylandi;

XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tabiiy ijtimoiy jarayon va hodisalar tufayli jadidchilik zaruriy oqim sifatida vujudga keldi. va bu yirik ijtimoiy siyosiy oqim o‘z navbatida milliy o‘zlikni anglashdek, tafakkur tarzini hosil qildi. Bu tafakkur tarzining ilmiy-nazariy, falsafiy ifodasi jadidchilik rahnamolari va vakillari ijodida aks etdi;

Turkistondagi jadidchilik harakati rus hukmdorligi yoki madaniyatini qabul qilish uchun emas, balki rus bosqinchilariga qarshi kurashda milliy ruhni yangilash, mamlakatni zamonaviylashtirish va G‘arb mamlakatlaridagi kabi mustaqil davlat barpo etish, millatni saqlab qolish uchun yuzaga kelgan milliy demokratik harakat edi.

Bu harakatning vujudga kelishida tashqi siyosiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatgan. To‘g‘rirog‘i, jadidchilikning o‘zi XIX asr oxiri, XX asr boshlarida butun Sharq dunyosida qo‘zg‘alayotgan demokratik oqimning bir qismi edi. Tarixdan ayonki, dunyo bu davrga kelib Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Portugaliya va Rossiya kabi davlatlar tomonidan bo‘lib olingach, kapitalistlarning jahon monopolistik ittifoqi vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikki tomonlama zulm natijasida g‘oyat og‘ir, nochor ahvolda qolgan edilar. Oqibatda mustamlakadagi xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin qaram xalqlarni qashshoqlikdan qutqarish uchun milliy ozodlik harakatlari uyg‘ona boshladi. Bir qancha Sharq mamlakatlarida Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897),

Muhammad Abdo ( 1848-1905) kabi jamoat arboblari rahbarligida G‘arb mustamlakachilariga qarshi harakat avj olib, asta-sekin jadidchilik-taraqqiyparvarlik g‘oyalarining tarqalishiga zamin yaratib berdi. «Jamoliddin al-Afg‘oniy ta’limoti o‘z mohiyatiga ko‘ra juda qarama-qarshi bo‘lsa-da, nafaqat Misrda, balki Sharq mamlakatlarining musulmonlari tomonidan ham qizg‘in qabul qilindi va XIX asr oxirlarida musulmon ziyolilari dunyoqarashining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatdi»35. Jamoliddin al-Afg‘oniy va Muhammad Abdo o‘zlarining diniy islohotchilik, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida musulmonlarni ilg‘or siyosiy hayotga, mustamlakachilarga qarshi birlashishga chaqirdilar.

Jahon tajribasidan xulosa chiqarib, Sharq xalqlarining istibdodga qarshi shakllangan turkparastlik va islomparastlik ko‘rinishidagi qarshilik oqimlaridan g‘oyaviy quvvat olib, milliy yo‘nalishda rivojlangan jadidchilikning kelib chiqishida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy omillar mavjud. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon kabi jadidlar ilmiy merosida ma’rifatparvarlik ta’limoti etakchi o‘rin tutadi. Turkistonda ma’rifatparvarlik g‘oyasini rivojlantirishning o‘ziga xos tomoni, u istilo siyosati oqibatida vujudga kelgan millatparvarlik harakati bilan chambatchas bog‘liq. Huddi shu xususiyat bilan jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan islomparastlik va turkparastlik harakatlaridan mohiyatan farq qiladi. Islomparastlik va turkparastlik harakatlari maqsad nuqtai nazaridan umumiy islom dunyosi yoki umumiy turk dunyosi birligi g‘oyasini ilgari surgan, o‘z tabiatida osiyosentrizm g‘oyasini ifodalar edi.

Jadidchilik mafkurasi taraqqiyot yo‘lini, ma’rifatparvarlik yo‘lini aynan milliy identifikatsiya orqali, umuminsoniy taraqqiyotga millat nuqtai-nazaridan rivojlanish orqali erishishni tashviqot qilgani uchun ham yuqorida nomi qayd etilgan ta’limotlarga nisbatan taraqqiyparvar edi. Har bir vujudga kelgan ta’limot o‘ziga o‘xshash, o‘zidan avvalgi kelgan ta’limotlarning eng yaxshi tomonlarini olib mukammallashishi nuqtai nazaridan ham jadidchilik taraqqiyparvarlikni namoyon etgan. Shuning uchun millatparvarlik va ma’rifatparvarlik ta’limotlari Turkiston ziyolilari ijodlari va faoliyatlarida bir-birining tarkibiy qismiga aylandi.

Jadidchilik ta’limotida ma’rifatparvarlik g‘oyasi o‘zbek xalqining XIX asr oxiri XX boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayoti murakkabliklari va muammolarini hal qilishga qaratilgan keng qamrovli ta’limot edi. Turkiston xalqlarini mustamlaka zulmidan xalos etish, milliy iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini doimiy ravishda saqlab tura oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv o‘zgarishlar tufayli vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan kelajak avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalash masalasiga bog‘liq edi.

Xulosa qilib aytganda millatni saqlab qolishda milliy intelligansiya sifatida shakllangan jadidchilik tarixni, ma’naviy ahvolni jiddiy mushohada etgan holda, tutqunlik va qaramlik sabablarini jamiyatning o‘zidan izlashga harakat qildi. Bu esa, jamiyatda haqiqiy immunitet sifatida shakllanuvchi milliy intelligensiya vujudga kelishidagi qonuniyat edi. Sababi, «siyosiy va ma’naviy inqiroz jamiyatning ruhiy dunyosini qaytadan jiddiy va bevosita mushohada etishni talab etadi»36;

Jadidlar jamiyatga qaytadan hayot baxsh etuvchi kuchni, uni zulm va istibdoddan ozod qiluvchi chorani ma’rifatda ko‘rdilar. CHunki istibdoddan xalos bo‘lish uchun eng avvalo tafakkurda o‘zgarish qilish, millatni qullik va murosasozlikka duchor etuvchi fikriy mutelikdan ozod bo‘lish lozim edi. Bu esa faqat ma’rifat orqali amalga oshishi mumkinligini jadidlar tushunar edilar. Lekin bu ma’rifat tashqaridan kelgan madaniyat va taraqqiyotga havas emas, milliy ildizlari va salohiyatidan quvvat olib o‘zligini anglash, milliy nafsoniyat, ozodligini himoya qilish xarakteridagi demokratik ma’rifatparvarlik edi;

Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma’rifatparvarlik milliy demokratik ta’limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti ijtimoiysiyosiy hayotning ilm–fan, madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks xarakterdagi chora tadbirlardan maqsad, milliy tafakkurdagi progressiv o‘zgarishlar dinamikasini tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi transformatsiyasini ro‘yobga chiqarish edi. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi. Akademik Ibrohim Mo‘minovning “Amir Temurning o‘rta Osiyoda tutgan o‘rni va roli” mavzuidagi ma’ruzasi va keyinchalik uning risola holidagi nashri mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining davlatchilik tarixidagi muhim bosqichlarni anglash va belgilashda hamda Amir Temur siymosini qayta tiklashda asosiy g‘oyaviy manba bo‘ldi. O‘z tarixini davrma-davr olib borilgan qatag‘onlar orqali amalga oshirgan totalitar tuzum sharoitida halq qiyofasini tanitishga u haqdagi haqiqatni ilmiy asoslarda isbotlay olishga urunish haqiqiy jasorat edi. Akademik Ibrohim Mo‘minov ziyolilik e’tiqodi, mas’uliyati har qanday ta’qib va nazoratlarga to‘la vaziyatda ham o‘z missiyasini bajarishga qaratilganini ko‘rish mumkin. O‘z faoliyatini o‘n yetti yoshidanoq o‘qituvchilikdan boshlagan olim hayotining so‘nggi yillariga qadar o‘zbek ijtimoiy fanlarining tamal toshini yaratib ketdi. Sovet davrining buyurtma asosida yaratilgan tarixiy ta’limotlari maktabi - rus etnologiyasi maktabi ta’limotlariga g‘oyaviy qarshi ta’limot - o‘zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi va uning nazariy asoslarini

Ibrohim Mo‘minovning ko‘p tomligidagi o‘zbek xalqi tarixi va falsafiy merosiga oid asarlar va barhayot g‘oyalarida ko‘rish mumkin.

Akademik Ibrohim Mo‘minov o‘zbek xalqiga Forobiy, Beruniy, Mirza Bedil kabi adiblarning ilmiy meroslarini ham etkazib berdi. Uning o‘zbek xalqi tarixi haqidagi to‘rt tomlik kitobi, “Samarqand tarixi”, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” ilmiy nashrlaridagi boshchilik ishlari, Italiya, Vengriya, CHexoslovakiya, Gretsiya,

Pokiston va Afg‘onistonda qilgan ilmiy ma’ruzalari O‘zbekiston tarixi, falsafasi to‘g‘risidagi munosib tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qildi.

Ustoz olimning ilmiy faoliyati bilan bir qatordagi jamoatchilik sohasidagi ishlari ham davr ziyolisining eng yorqin qirralarini o‘zida aks ettirgan. Akademik

Ibrohim Mo‘minov O‘zbekistonda sotsial institutlar tizimining shakllanishida ham o‘z an’analarini kashf etgan edi. Uning boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi

Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya institutlari shakllantirilgan bo‘lsa, 1958- 1974 yillar davomida o‘z tashabbusi bilan Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va huquq institutining tashkilotchisi bo‘ldi. Uning “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” va “Fan va turmush” jurnallariga asoschi va bosh redaktor bo‘lgani, O‘zbekistondagi ilmiy-ma’rifiy hayotda ham o‘z milliatparvarlik va ilmparvarlik g‘oyalari bilan etakchi ideolog bo‘lganing dalilidir.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin