Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə214/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

P

- S



Masalan:

A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.

E. Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlarning hech biri musulmon emas.

Juziy tasdiq mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki, juziy tasdiq mulohazani aylantirsak juziy inkor hukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi.



IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.

Bunda oddiy qatiy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) etiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning tahliliga ko‘ra xulosa chin bo‘lgan quyidagi holatlarni ko‘rsatish mumkin.

1.Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan : A→I, E→0.

2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan:A→O, E→I Masalan: A. Hamma daraxtlarning ildizi bor.



I. Bazi daraxtlarning ildizi bor.

E. Hech bir faylasuf matematik emas.

I. Bazi faylasuflar matematikdir.

Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud fikrni aniqlab olish, uning mohiyatini to‘g‘ri tushunish, shuningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilish, yangi bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Sillogizm.

Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. “Sillogizm” so‘zi qo‘shib hisoblash, degan manoni beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qatiy sillogizmni ifodalashda qo‘llaniladi.

Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qatiy mulohazadan uchinchi – yangi qatiy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqaruvchi xulosa chiqarish usulidir. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. SHunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin:

Hamma baliqlar suvda yashaydi.

Sazan – baliq.

Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – Sazanlar suvda yashaydi, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qatiy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qatiy sillogizm deyiladi.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin