Kasb etikasi har bir kasb-hunarga xos axloqiy (norma) meyor, (prinsip) tamoyillar va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq etishning vosita va usullarini o‘rganadi.
Etika fanining tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, doimo uzviylikni taqozo etadi va to‘ldirib turadi.
Arastu “Katta axloq kitobi”da shunday deydi: “Etika - axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga taalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. CHindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan, yani munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq - fazilatlar egasi - fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir. shuning uchun axloqni bemalol siyosat deb atash mumkin.”175
Dostları ilə paylaş: |