shakllari bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Tushuncha, hukm(mulohaza), xulosa chiqarish - tafakkur shakllaridir.
Takabbur(lik). o‘zini katta oladigan, kibr-havoli. Takabburlik 1.
Takabbur bo‘lish. 2. Takabbur odamlarga xos xatti-harakat. T.lik salbiy axloqiy sifat bo‘lib, boshqalarga kibr-havolik b-n munosabatda bo‘lish, ularning tajribasi va manaviy boyliklarni mensimaslik, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rnidan, millatidan mag‘rurlanishni anglatadi. T.lik manmanlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, kishining o‘zini yaxshi ko‘rish va imkoniyatlariga ortiqcha ishonishi asosida boshqalarga behurmatlikda bo‘lishini ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. T.lik illat. T.lik kamtarlik va odamlarga hurmat sifatlariga ziddir. T.lik kibr, manmanlik, mag‘rurlik, maqtanchoqlik, kekkayish, kaltabinlik, jamoadan o‘zini yuqori qo‘yish, boshqalardan ustunligini namoyon etish kabi illatlar yig‘indisidan iborat.