Vorislik o’tmish bilan bugungi kun o’rtasidagi bog’liqlik, davomiylik, uzluksizlik.
Vrachlik odobi vrach manaviyati va xulq-atvor meyorlarining majmui. v.o. umumiy odobning tarkibiy qismi hisoblanadi, bunda vrachning faoliyati xususiyatlariga muvofiq holda xulqatvori va ijtimoiy o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. U vrachlikning manaviy-axloqiy masalalarini qamrab oladi, uning xulq-atvori, manaviyati, kasbiy burchini his etishi, nomusi, vijdoni va qadr-qimmati meyorlarini, bemorlar, ularning qarindosh-urug‘lari, o‘z hamkasblari, jamoasi va umu-man jamiyat bilan o‘zaro munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. V.o. tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, sog‘liqni saqlash va jamiyatning unga bo‘lgan munosabati holati, tibbiyot fanining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. X
Xalq avvalo kelib chiqishi, tili, madaniyati va yashash xududi umumiyatiga ega bo‘lgan kishilar birligining tarixiy shakli.
Xarakat borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyatidir. Harakat — narsa va hodisalarning har qanday o’zgarishlarini ifodalovchi tushunchadir. Chunki borliq harakatsiz o’zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Xavfsizlik biror davlatga yoki kimsaga xavf tug’dirmaslik, osoyishtalik