Vaqt tartibi va yo‘nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o‘tishining obektiv xususiyati to‘g‘risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg‘in bahsga sabab bo‘layotgan muammodir. Odatda, vaqt tartibi va yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, uning o‘tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o‘tishi nazarda tutiladi.
Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: «O‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi. Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo‘llaniladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: A majmui – «o‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» va V majmui – «oldin – ayni bir vaqtda – keyin». Vaqtning miqdor ko‘rsatkichlari qayd etilgan hollarda vaqt tushunchalarining ikkinchi majmuidan foydalanilgan. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: |