sh>s‘: Ushbu hodisa faqat chuvash tiliga xosdir: s‘agъ (ushbu). Bu yerdagi s‘a–turk tilidagi shu bilan yaqindir.
Ko‘pchilik turkiy tillarda intervokal holatda sh saqlangan: kishi: q.tur., tur., turkm., ozarb., qirg‘., tat. kishi, qum. gishi, uyg‘. kishe;
sh>s hodisasi qozoq, no‘g‘oy va qoraqalpoq tillaridagi ikki unli o‘rtasida kelgan sh>s: kishi~qoz., no‘g‘., q.qalp. kisi: te:shik (teshik)~qoz., no‘g‘., q.qalp. tesik; yasha (yasha)~qoz. jasa, no‘g‘. yasa.
sh>z. Xakas tilida ikki unli o‘rtasidagi sh oraliq bosqichida s>z sodir bo‘lgan: kishi~xak. kizi<kisi<kishi; te:shik (teshik)~xak. tizik<tisik<tishik; yasha (yasha)~xak. chaza<chasa<chasha.
sh>j. Tuva tilida intervokal holatdagi sh>j sodir bo‘lgan: kishi: qirg‘. kishi ~ kiji; tat.. aosha (emoq): qum. asha~tuv. aja: (boqmoq).
Bunday o‘zgarish shor va oltoy tillarida ham sodir bo‘lgan: kiji (kishi): olt. kiji<kishi, shor. ejik (eshik): olt. ejik<eshik; shor. ijen (umid qilmoq), olt. ijen.
sh>h. Yoqut tilida intervokal pozitsiyada sh>h: kihi (kishi)ihit (eshit)<ishit. Bu yerda s>s‘>h hodisasi ro‘y bergan: yoq qïhïl<qïzïl.
Ko‘pchilik turkiy tillarda sh so‘z oxirida saqlangan: qush: qirg‘., qar., olt., qum., tuv. qush, tur. kush, turkm., ozarb. gush, tat., boshq. qьsh; bosh (bo‘sh): olt., tuv., turkm., tur., gag., qum., ozarb., qirg‘., uyg‘. bosh.
sh>s‘. Ushbu holat faqat chuvash tilida uchraydi: bash (bosh): chuv. pus‘; ï:sh (ish), chuv. is‘.
sh>s‘. Qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy, yoqut, xakas tillarida so‘z oxirida sh>s kuzatiladi: bash (bosh): qoz., q.qalp., no‘g‘., gal.qar., yoq. bas, xak. pas; qa:sh (qosh): qoz., q.qalp., no‘g‘. qas, yoq. xa:s.
Turkiy bobotildagi affikslarda sh kam ishlatilgan.
Turkiy tillarda sh ikkilamchi bo‘lishi ham mumkin: qïsh (qish), altmïsh (60), besh (5) kabi so‘zlardagi sh jarangsiz ldan vujudga kelgan. Ayrim tillarda sh chning jarangsizlanishi natijasida hosil bo‘lgan: qoz. shьq (chiq), no‘g‘. shьq< chïq; qoz. shak (vaqt), tuv. sha, tof. sha<cha, chuv. shïv (suv)<su va hokazo.
Tish oralig‘i jarangli spirant z‘ turkiy tillarda so‘z boshida qo‘llanilmagan.
Intervokal pozitsiyada u qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda uchraydi: az‘aq (oyoq), az‘ïg‘ (ayiq), qaz‘ïn (qayin), az‘ïr (ayir), quz‘uq (quduq), kez‘im (kiyim) va hokozo.
Intervokal pozitsiyada jarangli spirant z‘ ko‘pchilik turkiy tillarda turg‘un bo‘lmasdan, turli fonetik o‘zgarishlarga uchragan.
Dostları ilə paylaş: |