n>m holati chuvash tilida so‘z oxirida kuzatiladi: tütün (tushun), chuv. tidim; uzun: chuv. vъrъm. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi n>t yoki d: -tïñ//-dïñ: olt. attïñ (otning)< at (ot); qoz. ottьñ (o‘tning)<ot (o‘t), qoldьñ<qol (qo‘l). Bu holat o‘zbek tili shevalarida ham uchraydi.
So‘z boshidagi n unlisi yoki sonor unosh bilan tugagan o‘zaklarda saqlanadi. Ushbu qoida, ko‘pchilik turkiy tillarga xos bo‘lsa-da, ba’zi istisnolar ham yo‘q emas. Xakas va tuva tillarida -nïn affiksi faqat jarangli undoshlardan keyin ishlatiladi. Oltoy, qozoq, qoraqalpoq va shor tillarida u burun undoshlarida, no‘g‘oy tilida esa faqat burun undoshlaridan so‘ng ishlatiladi.
No‘g‘oy tilida unlilardan keyin va so‘z boshida d variant qo‘llaniladi. Qirg‘iz tilida u burun undoshlaridan so‘ng ishlatiladi. Oltoy tilida dvarianti affikks r, l, y, g undoshlari bilan tugagan o‘zaklardan keyin qo‘llaniladi. Boshqird tilida ushbu variant l, y, z‘ va burun tovushlari bilan tugaydigan o‘zaklardan so‘ng ishlatiladi. Tuva tilida esa u faqat l bilan tugaydigan o‘zaklardan keyin qo‘llaniladi. Boshqird tilida -z‘ьñ varianti mavjudligini ta’kidlash kerak.
Tushum kelishigi -tï//-dï qo‘shimchasiga, boshqird tilida esa -z‘ ga ega. Ushbu qo‘shimchaning qo‘llanishi qaratqich kelishigi qo‘shimchasi -tïñ//-dïñ nikiga o‘xshaydi.
-n(-nï)li varianti unli bilan tugagan o‘zaklardan so‘ng qo‘llaniladi: balanï (bolani)<bala. -t(-tï)li varianti, odatda, jarangsiz undosh bilan tugagan o‘zaklardan keyin ishlatiladi: qirg‘. attï (otni)<at; -d(-da) varianti esa jarangli undoshlardan so‘ng keladi: qirg‘. sazdï (sozni-botqoqni)<saz (batqoq).
Qorachoy-balqar tilida affikslardagi oxirgi n tushib qoladi: yazama (yozaman); yazasa (yozasan) kabi.
So‘z boshida ñ(ng), umuman, ishlatilmagan. Intervokal holatda ñ saqlangan turkiy tillar bor: yañï (yangi): q.tur., turkm., qum. yañï. tat. yaoña, yoq. saña, qoz., q.qalp. jaña, q.balq. jañï, olt. dañï, uyg‘. yeñi; käñäsh (kengash): q.tur. keñäsh, no‘g‘., qoz., q.qalp. keñes, qar., qirg‘. keñesh, turkm. geñesh, tat. kiñash.