O‘n soni birinchi o‘nlikning oxirini bildiradi, shunigdek, qo‘l barmoqlarida sanashning oxirini ko‘rsatadi. Demak, o:n soni negizida o‘ng tomon, o‘ng qo‘l ma’nosi yotadi. Dastlab, o:n (10) “ko‘p” degan ma’noni, so‘ngra hisob (sanash) oxiri 10 sifatida qayta anglanib, xuddi enasoy yodnomalaridagidek, ä:n, on, o:n tarziga ega bo‘lgan.
3. Ikkinchi o‘nlik sonlari. Yegirma~yegirba so‘zi tarkibida xuddi sariq uyg‘ur, shor, tofalar tillaridagidek, eko:n~iko:n (ikki o‘n) yoki edi(ikki), r<-er (erkak): y-eki-er-tä~bä. Bu yerdagi tä~bä elementiga o‘n ma’nosini berish taxminiydir.
Sariq uyg‘ur, tuva, tofalar, shor va uyg‘ur-uryanxay tillari materiallari o‘ttiz soniniñ üch:on shaklida ekanligini ko‘rsatadi. A. N. Samoylovich o‘ttizning quyi-dagicha ekanligini ta’kidlaydi: otuzM. Ryasyanen otuzni oltur (o‘tirmoq) fe’li bilan yaqinlashtiradi. V. A. Gordlevskiy otuzni oxirgi son deb hi-soblaydi. Demak, o‘ttiz sonining muayyan etimologiyasi mavjud emas.
Turkiy bobotil davrida qirq soni qїrїq tarzida bo‘lgan. Bobotilning dastlabki davrida arxetip sifatida tö:rto:n shakliga ega edi. Keyinchalik, u dö:rto:n shaklini olgan. M.Ryasyanen fikricha, qїrїq siniq, buzuqni, boshqacha aytganda, hisob oxirini anglatgan.
Qїrq (40) soni: qum.,q.balq., boshq., qirg‘., q.qalp., no‘g‘. qїrq, tur., turkm. kїrk, qar. kїrk//kїrx, ozarb. kїrx, shor. qїrїx, xak. xїrїx, uyg‘. qiriq, chuv. xäräx, olt. törtön, tuv. dörton, tof. dörtön// dörtän tarzida.
Ellik sonining turkiy tillardagi ko‘rinishlari quyidagicha: urx. älig, q.uyg‘., shor. elig, xak. iled, qirg‘. elü:, qoz. yelu, q.qalp. yeliü, olt. iliñ, uyg‘. ellik//ällik, ozarb. älli, turkm., qum., q.balq., no‘g‘. elli, tat., boshq. ille, chuv. al/alä, tuv. bedon, tof. beszon//bechzon, yoq. biäsion. Ellikning arxetipi ällig‘//yelli, boshqacha arxetipi bobotilning oldingi davri uchun bä:shoin hisoblanadi. M. Ryasyanen ta’biricha, ällig‘dagi äl–qo‘l+-lig (sifat)dan iborat. Shunday qilib, ushbu sonning nomlanish formalari: pä:sh~bä:sh va ällig‘~illig kabi bo‘lib, qo‘l bilan bog‘liq.