Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. barїwchuma barїwchubuz 2-shaxs. barїwchusa barїwchusuz 3-shaxs. barїwchudu barїwchudula Sariq uyg‘ur tilida -ag‘an ko‘rsatkichli hozirgi zamon sifatdoshidan hosil qilingan hozirgi zamon tipi mavjud: alog‘antїr (olaman).
Hozirgi zamon -turg‘an sifatdoshi yordamida ham hosil qilinadi. Ushbu sifatdosh tur (turmoq) fe’li va qadimgi sifatdosh shakli -g‘an dan tashkil topgan.
Hozirgi zamon ma’nosidagi turg‘an (turgan) sifatdoshi bir qancha turkiy tillarda doimiy yoki takroriy sodir bo‘ladigan harakatni ifodalaydigan hozirgi zamonni hosil qilish uchun foydalanilgan. Buni no‘g‘oy tilidagi bar-(bor) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. baratag‘anman baratag‘anmьz 2-shaxs. baratag‘ansañ baratag‘ansьz 3-shaxs. baratag‘an baratag‘anlar
Hozirgi uyg‘ur tilidagi al (ol) so‘zi ham shunday tuslanadi:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. alїdg‘ьanman alїdg‘ьanbїz 2-shaxs. alїdg‘ьansañ alїdg‘ьansїz 3-shaxs. alїdg‘ьan alїdg‘ьan Turk, ozarbayjon, o‘zbek tillarida fe’ldan yasalgan otlarda o‘rin kelishigi formasi hozirgi zamonni hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Bunga turk tilidagi yaz (yoz) fe’lining tuslanishi misol bo‘la oladi:
Birlikda Ko‘plikda 1-shaxs. yazmaktayїm (yozmoqdaman) yazmaktayїz 2-shaxs. yazmaktasїn yazmaktasїnїz 3-shaxs. yazmaktadїr yazmaktadїrlar Aslida, ushbu zamon infinitivga o‘rin kelishigi affiksini biriktirish yo‘li bilan hosil qilingan. Hozirgi zamonning bunday ifodalanishi qrimtatar, uyg‘ur tillarida hamda qoraqalpoq tilining dialektlarida, shuningdek, sporadik holatda turkman tilida, asosan, matbuot tilida uchraydi.
Qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va ba’zan boshqird tilida fe’ldan yasalgan otga o‘rin kelishigidagi -u://-ü: (qirg‘), -u//-ü (qoz.), -uw//-üw (q.qalp.), -ьw//-iw (boshq.) hozirgi zamon formalarini hosil qilish usullari uchraydi: qirg‘ jardam berilü:da (yordam berilayapti), qoz. mъnay jaratїluda (neft foydalanilmoqda), q.qalp. basuwda (u kelyapti) kabi.