z>z‘ hodisasi boshqird va turkman tillariga xosdir: qï:z (qiz): tur. kïz, qoz., tat., qьz, boshq. qьz‘; koz (ko‘z): tur. göz, qirg‘. köz~kuz; ï:z‘ (iz): tur., ozarb. iz ~ boshq. iz‘, turkm. ï:z‘.
z>s hodisasi oltoy, xakas, tuva, shor va tofalar, yoqut tilidagi so‘z oxiridagi z>s: az (oz)~olt., xak., tuv., shor. as; agïz (og‘iz)~xak., tuv., olt., qirg‘., tof. a:s, yoq. uos (lablar); ka:z (g‘oz)~xak. xas, tuv. kas, tof., olt. qas, yoq. xa:s: qï:z (qiz)~xak. xïs, tuv., shor., tof., olt., qïs, yoq. xï:s; söz (so‘z)~xak., tuv., shor. sös, yoq. ös.
So‘z oxirida z jaranglisining jarangsizlanishi turkman tilida, shuningdek, o‘zbek tilining qipchoq shevalarida ham uchraydi: turkm. baryarïs‘ (boramiz), gelyäris‘(kelamiz), o‘zb. (qipch.). kelämis (kelamiz).
z>r hodisasi chuvash tiliga xos: yaz (yoz–fasl); tur., ozarb., no‘g‘. yaz, tat. yaoz (bahor)~chuv. sur‘ (bahor); qa:z (g‘oz): tur. kaz, qoz., no‘g‘. qaz~chuv. xur; küz (kuz): tur., qum., güz, olt. küs, no‘g‘., kёz, qirg‘. küz~chuv. kir.
Ushbu holatda z rotatsizmi kamalik bulg‘orlarga ham taalluqlidir: xir (qiz), chuv. xir<qïz. Z>r hodisasi zning yopiq bo‘g‘in oxirida kuchsizlanishi bilan izohlanadi.
Turkiy bobotilda so‘z boshida sh uchramaydi. Hatto o‘rxun yodnomalarida ham sh bilan boshlanadigan so‘zlar barmoq bilan sanarli.
Ayrim misollar turkiy tillarda so‘z boshida shning ba’zi turkiy tillarda mavjud bo‘lganligidan darak beradi: shu (shu): uyg‘., tur., o‘zb., qar., turkm., qum. shu; shish: ozarb., tur., tat., o‘zb. shish.
No‘g‘oy, qozoq, qoraqalpoq va yoqut tillarida so‘z boshidagi sh>s: shol (shul, shu): tat. shul~no‘g‘., qoz., q.qalp., yoq. sol.
Dostları ilə paylaş: |