Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodi



Yüklə 20,52 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#176309
Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodi


Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodi

Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.
Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.
Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan).
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi. Buyuk tatar shoiri Abdulla To`qay XX asrning boshida yozgan asarlaridan birida A.S.Pushkinni she`riyat osmoning yorqin yulduzi deb atagan edi. Bu ta`rif chiroyli shoirona tashbeh bo`lsa-da, unda rus shoiri ijodining mohiyati, ular yaratgan she`riyatning qimmati to`g`ri va haqqoniy aks etgan. Mana, bir yarim asrdirki, bu nom jahon she`riyatining eng yuksak, eng porloq yulduzi kabi she`rtalab qalblarga, go`zallik va ezgulik ishtiyoqida yongan yuraklarga saxiylik bilan nur taratib kelmoqda. Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o`tib, dunyoning hamma go`shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropa va Osiyoda ham, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit`alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchisi bo`lib qolgan. Bu buyuk so`z san`atkorining taqdiri yana bir haqiqatni tasdiqlaydi – daho shoirlar, ulug` adiblar hamisha bir xalqning farzandi, bir muhitning mevasi o`laroq maydonga keladiyu, keyinchalik hamma xalqlarning farzandiga aylanib ketadi. Bugun dunyodagi yuzlab xalqlar qatori o`zbek xalqi ham Pushkinni o`zlarining sevimli ijodkorlari sifatida sevadilar va asarlarini qayta-qayta o`qishdan charchamaydilar. Undan o`z milliy adiblari kabi faxrlanadilar, asarlaridan bahramand bo`ladilar. Nega shunday? Buning sababi shundaki, Pushkin o`z davrining eng ilg`or g`oyalarini yuksak mahorat bilan ifodalagan edi.
U rus milliy shoiri bo`lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o`ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan poetik olamni yaratgan.Ma`lumki, Rossiya ( Rossiya haqida referat ) 1812-yilda Ulug` Vatan urushini boshidan kechirdi – rus qo`shinlari buyuk sarkarda M.I.Kutuzov boshchiligida butun Yevropani titratgan Napoleon armiyasini tor-mor keltirdi va uni Rossiyadan quvib chiqardi. Darhaqiqat, bu buyuk g`alaba Rossiyadagi ilg`or kuchlarning vatanparvarlik tuyg`ularini oshirib-toshirdi, ularning qalbini o`z vatani, o`z xalqi uchun iftixor hislariga to`ldirdi. Ulug` Vatan urushi butun dunyo qarshisida Rossiyaning buyuk mamlakat ekanini, rus xalqining esa iste`dodi ham, qudrati ham bitmas-tuganmas buyuk xalq ekanini yana bir marta namoyish etdi. Ayni choqda, shu buyuk g`alabaning shu`lasi Rossiya hayotining ilgari ko`zdan nari, panada yotgan tomonlarini ham yoritib yubordi, jamiyatning juda keskin ijtimoiy ziddiyatlarini ochib tashladi. Ma`lum bo`ldiki, Napoleonni yenggan, tarixning ijodkori bo`lgan xalq benihoya qiyin sharoitda zulmat qo`ynida, zulm iskanjasida, erksizlik va jaholat to`rlariga chulg`angan holda yashar ekan. Butun mamlakatda krepostnoy huquq hokim: bu huquqqa binoan dehqon pomeshchikning mulki hisoblanadi. Pomeshchik o`z dehqonini ishlatishi, qonini zulukdek so`rishi, ko`ngliga kelsa buyumdek sotib yuborishi, istagancha tahqirlashi mumkin. U dehqonni o`ldirib yuborgan taqdirda ham, hech kim qotil pomeshchikning mushugini pisht deyolmaydi. Mamlakatning ilg`or fikrli, sof vijdonli odamlari bunday ahvolga chidab turolmadilar. Mavjud ijtimoiy tartiblarni, krepostnoy huquqni, unga panoh bo`lib turgan monarxizm sistemasini tanqid qilish boshlandi, Rossiyani Yevropa mamlakatlariga qiyos qilish kuchaydi, adolatli, erkin, ma`rifatli jamiyat barpo etish uchun kuchli harakat boshlandi. Bu harakat tarixda dekabristlar harakati degan nom bilan shuhrat qozondi: 1825-yilning 14 dekabr kuni bir qancha ofitserlar Sankt-Peterburgda Senat maydoniga chiqib, podshoga qarshi isyon ko`tardilar. Isyon shafqatsiz suratda bostirildi. Uning ishtiokchilaridan besh kishi dorga osildi, yuzlab odamlar Sibirga surgun qilindi, turmalarga tashlandi. Isyon bostirildiyu, lekin podsho hukumati uning ruhini bostira olmadi. Senat maydonida ro`y-rost namoyon bo`lgan isyonkorlik ruhi, erkinlik istagi, ma`rifatga, ziyoga tashnalik, zulmatga, jaholatga nafrat, rus xalqini uning bo`yi bastiga, qudratiga, buyukligiga munosib tarzda ozod va baxtiyor ko`rish ishtiyoqi yashashda davom etdi. Xuddi shu ruh, shu g`oyaviy tamoyillar XIX asrdagi rus adabiyoti, musiqasi, rassomchiligi uchun qudratli qanot bo`ldi va ularning yuksak parvozini ta`minladi. Pushkin birinchilardan bo`lib, shu isyonkorlik ruhidan bahramand bo`ldi va birinchilardan bo`lib, erksevarlik g`oyalarini, zulmga qarshi otashin nafratlarini o`z asarlariga singdirib yubordi. Uning she`riyati tom ma`nodagi kurashchan she`riyat edi. U o`z asarlarida rus kishisiga muhabbatni kuyladi, oddiy insonning buyukligini tarannum etdi. Bu buyuk insonning ijodi odamlar qalbida ezgulikka ishtiyoqni barq urdirib, zulmat ichidagi nurdek porladi.
Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin