Algoritmning tasvirlash usullari
Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini
so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa
ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Quyida algoritmlarni tasvirlashning bir
necha usullarini ko’rib chiqamiz.
Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. (ogzaki nutqda
ishlatiladigan so’zlar) Algoritmning so’z orqali berilishi. Bunda ijrochi uchun
beriladigan xar bir ko’rsatma so’zlar orqali buyruq mazmunida beriladi;
Algoritmlarning formulalar yordamida berilishi. Algoritmning
formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, Kime va boshka anik
fanlarni urganishda kuprok foydalaniladi. Masalan, uchburchakning yuzini
uning asosi va balandligi bo’yicha hisoblash formulasi: S.(h*a)/2
Grafik usulda berilishi(grafik simvollar yordamida). Algoritmning
grafik (blok-sxema) shaklida tasvirlanishi. Algoritmning blok-sxema
ko’rinishdagi tasvirida geometrik figuralar shaklidagi oddiy elementlardan
foydalaniladi;
Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda
tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib
kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar
jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning
qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan
foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson.
Dastur ko’rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so’zlar,
operator va funksiyalar yordamida). Algoritmlarning dastur shaklida
ifodalanishi. Millionlab kompyuterlar- ning keng tarqalib ketishi
algoritmlarning dastur tarzida tasvirning keng ommalashib ketishiga katta
turtki berdi. Sababi shundaki, kompyuterlar doimo dastur orqali boshqariladi.
Algoritmlarni so’zlar yordamida tasvirlash. Algoritmlarni so’zlar
yordamida tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va ko’rsatmalar ketma-ket
ogzaki nutqda ishlatiladigan so’zlar orqali yoziladi. Masalan, ikki sonning
eng katta umumiy bo’luvchisini (EKUB) topish algoritmi quyidagicha
yozilishi mumkin:
Ikkita sonni kiriting;
Agarda bu sonlar teng bulsa, u xolda ulardan birini javob sifatida oling va
ishni to’xtating, aks xolda esa davom ettiring;
Ikkita so’ng ichida kattasini aniqlang;
Katta va kichik sonlarning ayirmasini katta son bilan almashtiring;
Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.
Keltirilgan algoritmni xar qanday natural sonlarning EKUBini topish
uchun ishlatish mumkin.
Algoritmlarni so’zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiligi
mavjud bo’lib, aksariyat xollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan
foydalanilmaydi.
Algoritmlarni grafik usulda tasvirlash. Algoritmlarni grafik usulda
tasvirlashda har bir amal bir yoki bir nechta harakatni ifodalovchi o’zaro
bogliq funksional bloklar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi. Algoritmning
bunday tasvirlash usuli algoritm sxemasi yoki blok-sxema deb ataladi.
Blok-sxemada har bir harakat to’rini (boshlangich qiymatlarni kiritish,
ifodalar qiymatlarini hisoblash, shartlarni tekshirish, amallarni takrorlashni
boshqarish, qayta ishlashni tugatish va x.k.) ma’lum bir geometrik figura
orqali ifodalanadi.
Blokli belgilar (geometrik figuralar) chiziqlar orqali bog’lanadi (bunda
qaysi amal oldin, qaysinisi keyin bajarilishi kursatiladi). Nisbatan murakkab
masalalarni yechishda algoritmdan muayan EXM tilidagi dasturga utish juda
kiyin. Bunday bevosita o’tishda algoritmning aloxida qismlari orasidagi
bog’lanish yo’qoladi, algoritm tarkibining asosiy va muxim bo’lmagan
qismlarini farklash qiyin bulib qoladi. Bunday sharoitda keyinchalik aniqlash
va to’g’rilash ancha vaqt talab qiladigan xatolarga osongina yo’l qo’yish
mumkin. Odatda, algoritm bir necha marta ishlab chiqiladi, ba’zan xatolarni
tug’rilash, algoritm tarkibini aniqlashtirish va tekshirish uchun bir necha
marta orqaga qaytishga tug’ri keladi. Algoritm ishlab chiqishning birinchi
bosqichida algoritmni yozishning eng qulay usuli algoritmni blok-sxema
ko’rinishda ifodalashdir.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik
figuralar quyidagilardan iborat:
Nоmi
Bеlgilаnishi
Bаjаrаdigаn vаzifаsi
Jаrаyon
Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni
bаjаrilishi
nаtijаsidа
mа’lumоtlаrning uzgаrishi
Kаrоr
Birоr shаrtgа bоglik rаvishdа
аlgоritmning bаjаrilish yunаlishini
tаnlаsh
SHаkl
uzgаrtirish
Dаsturni uzgаrtiruvchi buyruk
yoki
buyruklаr
turkumini
uzgаrtirish аmаlini bаjаrish
Аvvаl
Оldindаn ishlаb chikilgаn dаstur
аniklаngаn
Jаrаyon
yoki аlgоritmdаn fоydаlаnish
Kiritish
CHikаrish
Ахbоrоtlаrni
kаytа
ishlаsh
mumkin bulgаn shаklgа utkаzish
yoki оlingаn nаtijаni tаsvirlаsh
Displеy
EХMgа
ulаngаn
displеydаn
ахbоrоtlаrni kiritish yoki chikаrish
Хujjаt
Ахbоrоtlаrni kоgоzgа chikаrish
yoki kоgоzdаn kiritish
Ахbоrоtlаr
оkimi chizigi
Blоklаr оrаsidаgi bоglаnishlаrni
tаsvirlаsh
Bоglаgich
Uzilib kоlgаn ахbоrоt оkimlаrini
ulаsh bеlgisi
Bоshlаsh
Tugаtish
Ахbоrоtni
kаytа
ishlаshni
bоshlаsh, vаktinchа yoki butunlаy
tuхtаtish
Izох
Blоklаrgа tеgishli turli хildаgi
tushuntirishlаr
Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki
bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma
tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi.
Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus
operatorlar mos keladi.
Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan
katta farq qilmaydi.
Misol sifatida ax
2
+
bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish algoritmining
blok-sxemasi quyida keltirilgan.
11-rasm. Kvadrat tenglamani yechish algoritmi
Xulosa
Ushbu mustaqil ishini bajarish asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi
va natijaga erishildi:
- algoritm turlari o’rganib chiqildi;
- algoritim xossalari o’rganib chiqildi;
- algorotm turlariga ko’ra masalalarning blok sxema yordamida
tasvirlash o’rganib chiqildi;
- algoritmni tasvirlash usullari o’rganib chiqildi;
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Informatika va programmalsh. O’quv qo’llanma. Mualliflar:
A.A.Xaldjigitov, Sh.F.Madraximov, U.E.Adambayev, O’zMU, 2005
yil.
2. Algoritimlash va dasturlash asoslari. Kasb – hunar kollejlari uchun
o’quv qo’llanma. – A. R. Azamatov, Toshkent – 2013 y.
3. Dasturlash asoslari – M. M. Aripov, N. A. Otaxonov, Toshkent – 2015
y.
4. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. – Z. S.
Abdullayev, Toshkent – 2013 y.
Foydalanilgan web saytlar
1.
www.ziyouz.com
2.
www.fayllar.org
3.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |