Algoritm tushunchasi. Algoritm turlari, tuzilishlari va funksiyalari. Algoritmni tasvirlash usullari. Algoritmlarga misollar



Yüklə 26,82 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü26,82 Kb.
#185789
1   2   3   4   5
1 Algoritm tushunchasi

Algoritmning turlari
Algoritmlarni asosan 3 turga bo`lish mumkin:
1) Chiziqli algoritmlar;
2) Tarmoqlanuvchi algoritmlar;
3) Takrorlanuvchi algoritmlar.
1. Chiziqli algoritmlar
Chiziqli algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va jarayonlar
tartib bilan ketma-ket bajariladi. Demak, chiziqli algoritmlar sodda hisoblashlar yoki
amallar ketma-ketligidir. Chiziqli algoritmlarga misol qilib quyidagi formulalar
bo`yicha hisoblashlarni keltirish mumkin:
b=s·n
2. Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Biror shartning bajarilishi bilan bog`liq ravishda tuziladigan algoritmlarga
Tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar hisoblashlar
ketma-ketligini aniqlaydigan shartlarni o`z ichiga oladi. Blok-sxema ko`rinishida bu
shuni bildiradiki, blok-sxemada hech bo`lmaganda bitta romb ishtirok etadi. Masalan: ko`chaga qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan sharbatli yoki mineral suv ichishimiz esa unga qancha so`mlik “jeton” tashlashimizga bog`liqdir. Yuqorida keltirilgan “Svetofor” algoritmi ham Tarmoqlanuvchi algoritmga misoldir.
3. Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar.
Ma'lum bir shart asosida algoritmda bir necha marta takrorlanish yuz beradigan
jarayonlar ham ko`plab uchraydi. Masalan, yil fasllarining har yili bir xilda takrorlanib kelishi, har haftada bo`ladigan darslarning kunlar bo`yicha takrorlanishi va hokazo. Demak, takrorlanuvchi algoritmlar deb shunday algoritmlarga aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha marta takrorlanadi, bu ketma-ketlik
tarmog`lardan iborat bo`lishi ham mumkin. Bundan chiziqli va Tarmoqlanuvchi
algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlarning xususiy holi ekanligi kelib chiqadi. Yuqoridagilar bo’yicha batafsil kelgusi darslarda tanishtirib o’tamiz.
Algoritmning xossalari
Algoritmning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:
1. Diskretlilik. Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo’laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, uni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda yaqqol ko’rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib bo’laklay olmasak, u holda uni algoritm deb bo’lmaydi.

Yüklə 26,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin