Algoritmik tillar va dasturlash


Dasturda foydalanilgan SQL standart so‘rovlar



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə4/7
tarix27.07.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#137677
1   2   3   4   5   6   7
boldidaaaaa

1.2Dasturda foydalanilgan SQL standart so‘rovlar
Mа’lumоtlаr bаzаsi dunyosi tоbоrа yagоnа bo‘lib bоrmоqdа. Bu jаrаyon har хil kоmpyuter muхitlаridа fаоliyat ko‘rsаtuvchi ахbоrоt tizimlаrini yarаtishdа qo‘llаnuvchi yagоnа stаndаrt til yarаtishni tаlаb qildi. Stаndаrt til bir kоmаndаlаr to‘plаmini bilgаn fоydаlаnuvchilаrgа ulаrni shахsiy kompyuter tаrmоq ishchi stаntsiyasi yoki katta EHM dа ishlаshlаridаn qаt’iy nаzаr mа’lumоtni yarаtish,izlаsh vа uzаtishgа imkоn berаdi.
SQL (Structured Query Language) – Bu so‘rov tili ko‘p operatorlardan tashkil topgan bo‘lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle (MBBT) dagi ma’lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so‘rovlarni amalga oshirishda bu so‘rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo‘q.
SQL tili so‘rov-natija ko‘rinishida ishlaydi. So‘rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo‘q, foydalanuvchilar ham bu ma’lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to‘g‘ri yozish orqali istalgan ma’lumotlarni chiqarish mumkin bo‘ladi.Quyida ma’lumotlar bazsiga ma’lumot qo’shish tugmasi uchun dasturda yozilgan kod.
try
{
Con.Open();
SqlCommand cmd = new SqlCommand("insert into [FanDb] values(@Fcodi,@Fnom,@Kurs,@Maruza,@Amaliy,@M_talim,@Lab,@Guruh_raqami) ", Con);
cmd.Parameters.AddWithValue("@Fcodi", Convert.ToInt32(textBox_Fcod.Text));
cmd.Parameters.AddWithValue("@Fnom", textBox1_Fnom.Text);
cmd.Parameters.AddWithValue("@Kurs", Convert.ToInt32(textBox_Fkurs.Text));
cmd.Parameters.AddWithValue("@Maruza", Convert.ToInt32(textBox_fMaruza.Text));
cmd.Parameters.AddWithValue("@Amaliy", Convert.ToInt32(textBox_Famaliy.Text));
cmd.Parameters.AddWithValue("@M_talim", Convert.ToInt32(textBox_FMt.Text));
cmd.Parameters.AddWithValue("@Lab", Convert.ToInt32(textBox_FLab.Text));
cmd.Parameters.AddWithValue("@Guruh_raqami",Convert.ToInt32(comboBox_gr.SelectedValue.ToString()));
cmd.ExecuteNonQuery();
MessageBox.Show("Ma'lumotlar saqlandi");
Con.Close();
yuklash();
tozalash();
}
catch (Exception ex)
{
MessageBox.Show(ex.Message);
Con.Close();
}
SQL tili barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o‘rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig‘indisi (kichik so‘rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko‘chirish mumkin bo‘ladi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
1. Ma’lumotlarni so‘rov orqali olish.
2. Jadvalning qatorlariga ma’lumot qo‘shish, qatorlarini o‘chirish va yangilash.
3. Ob’ektlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.
4. Ma’lumotlar bazasi va ob’ektlarga ruxsatlarni o‘rnatish.
5. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta’minlash.
2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o‘rnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma’lumotlar bazasiga so‘rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya’ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo‘ladi. So‘rov-natija rejimda ishlaydi.
O‘rnatilgan SQL deganda – so‘rovlar yig‘indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o‘zgaruvchiga yuklab qo‘yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya’ni bunda so‘rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo‘lingan. Bu bo‘linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo‘lingan. Ular quyidagilar:
DDL (Data Definition Language), ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma’lumotlar bazasida ob’ektlar (jadvallar, indekslar) ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
DML (Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig‘indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma’lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
DCL (Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.
Ma’lumotlar bazasi serverlari kompyuter tarmog‘ida ishlashga mo‘ljallan-gan murakkab dasturiy mahsulotlar qatoriga kiradi. Foydalanuvchining ish stansiyasi mijozni (xizmat ko‘rsatuvchi tomonni) ifodalaydi va ma’lumotlar bazasi serverda (xizmat ko‘rsatuvchi tomonda) ishlaydi. Bunday tizimda ma’lumotlarni qayta ishlash ikkita hisoblash tizimi o‘rtasida taqsimlanadi.Ma’lumotlar bazasi server dasturi ma’lumotlarga kirish uchun markaziy hisoblanadi. Shuning uchun ma’lumotlar bazasi dasturlarida bajarilishi kerak bo‘lgan funksiyalarning aksariyati ma’lumotlar bazasi serveriga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlar bazasi server dasturi bajarishi kerak bo‘lgan asosiy funksiyalar:
- ma’lumotlarni yig‘ish va o‘zgartirish bo‘yicha mijozlarning so‘rovlarini bajarish;
- bir nechta foydalanuvchi ma’lumotlariga bir vaqtning o‘zida kirishni ta’minlash;
- foydalanuvchilarni identifikatsiyalashni va turli xil foydalanuvchilarning turli xil ma’lumotlarga kirish huquqlarini farqlanishini ta’minlash;
- apparat va dasturiy ta’minot ishlamay qolganda ma’lumotlar yaxlitligi va izchilligini ta’minlash;
- ma’lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
- qo‘shimcha tizim ma’muriyati vositalarini taqdim etish.
Bugunga kelib kafedradagi o‘qituvchilarining yillik yuklamasini taqsimlash tizimiga ehtiyoj ancha kuchayib bormoqda. Shu sababdan ushbu dasturni kafedra tizimida tadbiq etishga zarurat tugʻiladi.

1-rasm
Bu yer dasturimizga kirish qismi hisoblanadi.Har bir hodim tizimga kirishda oʻz login va parollarini kiritib kirishi kerak boʻladi. Login tizimga kiritlgan oʻqituvchilarning Ism va Familiyasi, parol esa shu oʻqituvchining Id si boʻladi. Bundan tashqari Dasturchi tomonidan kiritilgn zaxira paroli bor va u loinsiz parolni o’zini kiritish orqali Bosh Menyuga o’tish imkoniga ega boʻladi. Bundan tashqari o’qituvchi amalda kafedra mudiri sifatida tizimning bosh menyusiga kirish imkoniyatiga ega boʻladi. Boshqa oʻqituvchilar O’qituvchilar uchun yaratilgan oynadan foydalanishi mumki. (1-rasm)

2-rasm
Yuqorida Bosh menyu boʻlib. Dastur asosiy toʻrtta oynadan iborat boʻlib kafedra oʻqituvchilari haqida ma’lumot kiritish,oʻchirish va taxrirlash oynasi, guruhlar haqida ma’lumot kiritish,oʻchirish va taxrirlash oynasi, fanlar haqida ma’lumot kiritish,oʻchirish va taxrirlash oynasi va kafedrada o’qituvchilarga fan va guruhlar boʻyicha yuklamalarni belgilash oynalardan iborat..(2-rasm)

3-rasm
Foydalanuvchi ushbu oyna orqali guruhlar haqidagi ma’lumotlarni kiritsa boʻladi. Ushbu jarayonda ma’lumotlarni saqlash, taxrirlash va notoʻgʻri kiritilgan ma’lumotlarni oʻchirsa boladi.(4-rasm)

4-rasm
Foydalanuvchi ushbu oyna orqali fanlar haqidagi ma’lumotlarni kiritsa boʻladi. Ushbu jarayonda ma’lumotlarni saqlash, taxrirlash va notoʻgʻri kiritilgan ma’lumotlarni oʻchirsa boladi.
Ushbu oyna orqali foydalanuvchi oʻqituvchichiga fan va guruhni biriktirib oʻqituvchi umumiy yuklamalarini hisoblashi mumkin. Bunda oʻqituvchi fishi, guruh nomeri va fan nomi 3-4-rasmlarda tafsiflangan oynalar orqali malumotlar bazasida bor ma’lumotlardan foydalanib tegishli combobox larga chiqariladi va bu orqali ma’lumotlar bazasida yoʻq ma’lumotlar kiritilishining oldi olinadi. Tanlangan fan boʻyicha oʻtilishi kerak boʻlgan Maruza, Labaratoʻriya,Amali,Mustaqil ta’lim kurs ishlari tegishli textboxlarga oʻzlashtiriladi va qoʻshish tugmasi bosilganda ma’lumotlar qoʻshiladi.
Dasturda bitta fanning ikkita oʻqituvchiga biriktirilishining oldini olish uchun tegishli fan va guruh nomerlariga oid malumotlar jadvli taxrirlanadi. Bunda qoʻshilgan ma’lumotlar jadvaldagi malumotlardan ayriladi va jadvalga oʻzlashtiriladi. Agar jadvaldan biror ma’lumot oʻchirib tashlansa unga biriktirilgan ma’lumotar kerakli jadvalga qoʻshiladi.
Agar jadval ma’lumotlari “0” ga teng boʻlsa yani barcha ma’lumotlar oʻqituvchilarga biriktirilgan boʻlsa qaytib bu fanni boshqa o’qituvchiga biriktirib bo’lmaydi. Bundan tashqari jadvaldagi ma’lumotlarni Excelga chiqarish tugmasi ham oʻrnatilgan. Bu tugma datagridview
d agi barcha yozilgan ma’lumotlarni excelga chiqarib beradi. (5-rasm)
5-rasm
Ushbu rasmda bosh oynaga kirish huquqi berilmagan oʻqituvchilar uchun moʻljallangan oyna boʻlib. Bu oyna orqali oʻqituvchilar oʻzlariga biriktirilgan yuklamalrni koʻrishlari mumkin. Bundan tashqari fish boʻyicha ma’lumotlarni qidirishlari mumkin.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin