Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


-AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: Turbo Paskal algoritmik tilida sodda takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlash



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə125/180
tarix29.07.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#137838
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180
jcv v j

16-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: Turbo Paskal algoritmik tilida sodda takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlash




Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Sikl operatorlari haqida qisqacha nazariy ko`nikmalar hosil qilish. Sikl operatori, uning turlari, yozilishi va ishlashini o`rganish, tsikl operatorlarini qo`llab takrotlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlashni o`rganishPaskal dasturlash tilida arifmetik va mantiqiy ifodalar, ularning yozilishi, amallarning bajarilish tartibi va qiymatlarini tahlil qilishni o`rganish.
Amaliy mashg’ulot natijasi : Sikl operatori, uning turlari, yozilishi va ishlashini o`rganish, tsikl operatorlarini qo`llab takrotlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash va ulardan amaliy masalalarga dastur tuzishda foydalanish malakasiga ega bo’lish.


Amaliy ish rejasi rejasi:

  1. Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish

  2. Mos variantidagi topshiriqni bajarish

Nazariy ma’lumotlar.Paskal algoritmik tilida uch xil ko`rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar belgilangan:
  • sharti avval tekshiriladigan (sharti oldin kelgan «toki») takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi;

  • sharti keyin tekshiriladigan («…gacha») takrorlanish jarayoni, bu jarayonni maxsus REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi;


  • parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida amalga oshiriladi.

  • Yuqorida keltirilgan jarayonlarga alohida- alohida to`xtalib o`tamiz.



Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. Takrorlauvchi jarayonning bu ko`rinishi takrorlanish soni oldindan noma’lum bo`lgan hollarda, ya’ni takrorlanishdan chiqish ma’lum shartga bog`liq hollarda ishlatiladi. Takrorlanishning bu jarayonida takrorlanishdan chiqish sharti takrorlanish tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi. Ushbu operatorning ko`rinishi quyidagichadir: WHILE <mantiqiy ifoda > DO < operatorlar > ; bu yerda, while – toki, do – bajarish ma’nosini anglatuvchi xizmatchi so`zlar, operatorlar takrorlanish tanasini belgilaydi. Takrorlanish tanasida bitta yoki bir necha opeatorlar guruhi bo`lishi mumkin. Bunda operatorlar guruhi, begin va end ga olib yoziladi.
1-misol. a haqiqiy son berilgan bo`lsin. Shunday eng kichik butun musbat k sonini topish talab qilinsinki, bu son 3 k > a shartni qanoatlantirsin.
Yechish. Masalaning dasturini tuzish uchun 3k ifodaning qiymatini saqlaydigan qo`shimcha o`zgaruvchi kattalik kiritishimiz lozim. Agar uni S bilan belgilasak, u holda k=0 da S=1 dan boshlab, bitta qadam bilan o`zgarishda yuqoridagi formulani S=S*3 rekkurent formula bilan almashtiramiz. U holda takrorlanishdagi hisobdan chiqish sharti S > a bo`ladi. Dasturni tuzamiz.
Program wel;
Var k: integer; S, a: real;
Begin S:= 1; k:= 0; a:= 30; While S<= a do
Begin S:= S*3; k:= k+1;
Writeln(‘k=‘, k, ‘S=’, S); end; End.
Natijada a = 30 son uchun eng kichik k son 4 ekan.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin