Bitta masalani yechish uchun bir necha algoritm bo’lishi mumkin. Xar qaysi algoritmning effektivligi har xil faktorlarga bog‘liq.
Saralash masalasi
Elementlar soni
Elementlar chegarasi
Qurilma
Algoritmlar(5)
Algoritm to‘g'ri bo’lishi uchun:
Ma’lum har bir input misol uchun to‘g'ri output bilan o’z ishini tugatishi lozim.
Xato algoritm umuman tugamasligi yoki xato output bilan tugashi mumkin.
Qanday masalalar algoritm orqali yechiladi?
1. Inson Genomini aniqlash loyihasi inson DNK si tarkibiga kiruvchi uning barcha 100,000 ta genini aniqlash. Bu genlar 3 mlrd. ta bazaviy juftliklardan hosil bo’ladi. Bu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasida saqlash va analiz qilish uchun usullar. Bularning barchasi murakkab algoritmlar orqali amalga oshiriladi.
Qanday masalalar algoritm orqali yechiladi(2)?
2. Internet – insonlarga butun dunyo bo’ylab katta hajmdagi ma’lumotga ruxsat va uni olish imkoniyatini beradi. Ma’lumotning qanday marshrutlar bo’yicha olib borish algoritm orqali hal qilinadi.
3. Elektron tijorat – tovarlar elektron pul o’tkazmalari orqali sotib olinadi. Buning uchun karta nomeri, bank hisobi raqami va paroli haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kerak.
Kriptografik algoritmlardan foydalaniladi.
Qanday masalalar algoritm orqali yechiladi(3)?
Ishlab chiqarish va biznesda – chekli resurslar sharoitida optimal foyda olish.
Bularning barchasi chiziqli dasturlash orqali yechiladi.
Algoritm orqali yechilishi mumkin bo’lgan masalalarga misollar
1) Har bir qo’shni chorrahalarni tutashtiruvchi yo’llardan iborat xarita berilgan bo’lsin. Biror chorrahadan boshqa chorrahaga boradigan eng qisqa yo’lni topish kerak.
2) (A1, A2, A3, …, An) n ta matritsaning ko’paytmasini topish kerak.