I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – Algoritmlarni loyihalash fani talabalarda dasturlash bo`yicha ixtiyoriy masalani yechish uchun zarur bo`lgan algoritmik fikrlash, effektiv algoritmlarni loyihalash va taxlil qilish kabi ko`nikma va malakalarni shakillantirishga asos bo`ladi.
Fanning nazariy konsepsiyalari asosan o‘rganiladigan barcha konsepsiyalarga erishish uchun sekin – asta murakkablashib boradigan mashq va masalalarni bajarish orqali o‘rganiladi. Ushbu fan o‘quv rejasining 4 – semestri fanlari qatoridan joy olgan bo‘lib, 2 – kursda o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. Algoritmlarni loyihalash fani mazmuni 5 ta tematik bo‘limlardan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar bo‘lajak muhandis yaxshi bilishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalardan iborat.
Fanni o‘rganish uchun xisob, chiziqli algebra, differensial tenglamalar, ehtimollik statistika, diskret tuzilmalar, dasturlash kabi fanlardan boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lish va birorta dasturlash tilini bilishi talab etiladi. Olingan bilim, ko‘nikma va malakalar ixtisoslik fanlarining deyarli barchasini o‘rganish uchun zamin yaratadi.