Alifbe bayrami senariysi



Yüklə 35,65 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#109863
Alifbe bayrami senariysi


Aim.Uz

ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI

Zal bayramona bazatilgan


(kuy yangraydi)


1: So’zimiz boshi salom
Ish boshidir intizom
Mehmonlarga chin dildan Mohinur
Deymiz salom assalom.


2: Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi Behruz B.
Sizlarga bolajonlar.


3: Bugun bizning maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish Bibixonim
Qiladi har bir bola


4: Ustozlarning o’gitin
Dilimizga joylaylik Kamronbek
Dilda hayajon bilan
Bayramimiz boshladik

Bolalar: - Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz mehmonlar!


O’qituvchi:
Mustaqil yurtimizning
Kelajagi bolalar
Ona Vatan bag’rida
Baxtin topgan bolalar.
Ona yerda muhabbat
Yosh avlodning dilida
Madhiyamiz yangraydi
Bolalarning tilida
(Bolalar ho’r bo’lib madhiya aytadilar)
Bugungi tantanamizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Sayohat Omonovnaga beramiz.

5: Xadicha


6:

Harflarni tanidim,


Yetib oldim siriga
So’zlar tuzsa bo’larkan
Birin qo’shib-biriga.
7: Qancha unli, undosh bor,
Hammasini bilaman,
To’plab bilim, zehnimni,
Sizni xursand qilaman
8: A’lo o’qish vazifam
Tolmayman o’rganishdan.
Olimlar ham ilmni
Boshlagan “Alifbe”dan.
9: Rahmat aziz ustozim,
Mehringiz dilimizda
Yoshlikda olgan bilim
Nur sochar yo’limizda
Doniyor doira


10:
- O’stirdingiz onajon,
Oq yuvib, oppoq tarab,
Sho’x bulbulday sayrayman,
Zavq bilan yayrab, yayrab.


Ichga sig’mas quvonchim
Maktabim bag’rin ochdi
Alifbejon kitobim,
Oftob kabi nur sochdi.


11:
- Murg’ak qalbim angladi,
Bitmas ustoz she’rini.
Yuragimga joyladim,
Vatan. Ona mehrini.


ONA YURT


Anora
Shoxruza
Osiyo
Asalxon
Azizabonu
Farzona
Kamronbek

Vatan mening onamsan


O’zbekiston” qo’shig’i
:-
Ma’noli shirin so’zi
Oftobday nurli yuzi
Bilmaysizmi bolalar
Qani “Alifbe” o’zi?
-----------
13:
- Kitoblarning bobosi,
Yo’l boshlovchi donosi.
Har yurakka nur ziyo
Taratish muddaosi
Ilm ista” – xitobi
Bu – “Alifbe” kitobi.


14:
- U borki, yo’llar ravon,
Oshamiz bir-bir davon.
Borayapmiz mardona
Bilimlar yurti tomon
Ilm ista” xitobi.
Bu – “Alifbe” kitobi!
-o‘quvchi: Alifbeni chaqirsak
Baravar qarsak chalsak
Kelar bizga mehmonga
Shu ajoyib makonga
Hamma: Alifbejon kelaqol
Bizga mehmon bo‘laqol
(Alifbe kirib keladi)
Alifbe: Assalom bolajonlar
Aqli soz bilag‘onlar
Bugun shodlik muborak
Savodxonlik muborak


Bolajonlar: Raxmat senga Alifbe
O‘zing berding barini
Alifbo” qo’shig’i


Alifbe: Ayting nelar bildingiz
Ne sirlar o‘rgandingiz
Menga sovg‘a bo‘lsin deb
Nelar tayyorladingiz?
4-o‘quvchi: - Eng avvalo assalomni,
Tildan chiqqan kalomni
Joyni bilib so’zlashni
Yaxshilikni ko’zlashni


Chiziqchalar chizishni
O‘qishni va yozishni
Husnixat-u qiroat
Sendan o‘rgandik faqat
Alifbe: Qani ayting nechta harf
Nechta tovush bor menda
5-o‘quvchi: 29 harf bildik
30 tovush bor senda
Alifbe: Qani harflar so‘zlasin
Tartib bilan tizilib
Bolajonlar so‘zini
Eshitay maza qilib
(Harflar chiqadi)


A

A dan boshlab alifbo Bo’ling der doim a’lo Unlidirman unutmang Bo’lingiz doim dono.
B
Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand
D

Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.
E


Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir..


F
Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.


G


Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilaman bahorda,
Yurtim quyoshli,oyli,
Yaproqlarim chiroyli.































Raqs “Xorazmcha”

H

Hozirjavob bolaman,
Misoli gul, lolaman,
Hazilkashman do‘stlarim,
Buyukdir orzularim.



I

I harfini bilingiz
Ishda ilg’or bo’lingiz
Iroda, Izzat, Ikrom
Istagi o’qish tamom.



J

Jajjigina qo‘limga,


Qalam tutgan mehribon,
Sizga rahmat ustozim,
Doim bo‘ling sog‘,omon.

K

Kitob menga do‘st,o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.

L

Lola,lola,lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.

M

Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.



Kalinka

N

N harfini bilamiz
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi
Ochil dasturxon bo’ldi.



O

Onajonim olamga,
Oftob sochgan quyoshsiz,
Mehringiz daryo misol,
Tog‘larga yelkadoshsiz.



P

P harfiman bilingiz
Kuzda paxta teringiz
Po’lat, Parfi, Pokiza
Paxta teringiz toza.

Q

Q dan qayiq yozamiz
Qayerlarga suzamiz
Qishda qarg’a uchadi
Qarang, qorni quchadi.

R

Rost so‘zlamoq odatim,
Rostgoylik saodatim.
Nur ziyoga to‘laman,
Rostgo‘y inson bo‘laman.

S

S man soatga boqing
So’zining mag’zin chaqing
Sobir, Said, Surayyo
So’zdan adashmang aslo.

Sirg’ali qiz” raqs



T

T man tanib olursiz
To’maris deb yozursiz
Toshkent ona shahrimdir
T harfidan yozgumdir.



U Ustoz ulug‘,mo‘tabar,
O’‘gitlari tillo,zar,
O‘qitgan chekib zahmat,
Ustoz sizga ming rahmat.



V

Men V durman bilursiz
Varrak so’zin yozursiz
Vasila, Vohid, Vail
Yozing kelganda gali.



X

Qattiq X derlar meni
Yozgum taxta, paxtani
Xo’roz, xona, xola ham
Men bilan bo’ladi jam.

Y

Y man balki bilursiz
Yo tanimay qolursiz
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb
Mendan boshlab yozursiz.



Z

Zo‘r olim bo‘lay desang,


Ziyoga to‘lay desang,
Kitobga bo‘lgin o‘rtoq,
Kitob o‘qigin har choq.

Mard yigitlar” raqsi





O’

O’ deydilar har zamon
O’tir, o’rtoq bo’laman
O’zbekiston so’zini
Faxr bilan yozaman.

G’

G’ harfini tanirsiz
G’ayrat bilan o’qirsiz
G’ani, G’ulom, G’afurning
G’amini yo’qotursiz.



Sh

Sh harfiman bilasiz


Shoshib – shoshib kelasiz
Shokir, Shahzod, Shodmonni
Shogirdlikka olasiz.



Ch

Ch man tanib olingiz
Charchoq bilmay qolingiz
Cho’llarni chaman qilib
Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.



Ng

Ng bordir singilda


Yoki biror ko’ngilda
Tongda dengizda suzdim
Daladan bordring uzdim.





Tutuq qo’yib yozaman
Unlini sal cho’zaman
Ra’no, ma’no, a’lodir
Yaxshi bola donodir.



Alifbe kitobi:
- Balli ey dili oqlar,
Fan bilimga chanqoqlar
Minnatdorman sizlardan
Baxtli o’g’il-qizlardan.




Bolajonlar, men sizga
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Go’yoki oftobdurman.

Ko’rdim,bugun donosiz


Hammadan ham a’losiz
O’qish – yozishni bilgan
Aqlingiz ham rasosiz.

Endi boray dam olay


Sizga baxt – omad tilay
Ongingiz charxlash uchun
“O’qish” kitobin chorlay.
“O’qishni seving mendek
Chin yurakdan o’qingiz
Hikoya, ertaklarni
Mag’zin chaqib uqingiz
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G’ayrat bilan o’qingiz
Nasihatim unutmang.
O’quvchilar: Xayr Alifbejonim
Rahmat yo’llab qolamiz
Omon bo’lgin biz senga
Oq yo’l tilab qolamiz.

Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi.


O’qish” kitobi: Salom yangi do’stlarim
Erka, qora ko’zlarim
Bugun sizga yurakdan
Atalgandir so’zlarim.

Meni “O’qish” deydilar


O’qib – uqish deydilar
Mendagi har mavzuni
Mag’zin chaqish deydilar.

Meni asta varaqlab


Mazza qilib o’qursiz
Ibrat olib so’zimdan
Xalqimizga yoqursiz

O’qing meni ardoqlab


Men, do’stingiz bo’laman
Qo’lim berib sizlarga
Yoningizda bo’laman


Matematika kitobi: “Matematika” o’zim
Quyoshday issiq yuzim.
Raqamlardan boshlanar,
Tinglasangiz gar so’zim.

O’nta raqam jo menda


Kerakdirman har yerda.
Aqlingizni charxlayman,
Har misol, har amalda.

Men sizga do’st bo’laman,


Hamdam, ham do’st bo’laman.
Raqamlarni tanitib,
To’rt amalni bilaman.

0⃣ "0" raqami


”Diqqat mening nomim nol,


O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!

“1⃣ 1 raqami”


Bir degan sanoq sonman ,


Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
“2⃣ raqami”

Qomatimni ko’rganlar


Qiyos etar oqqushga
Mendan dir-dir titraydi
Ixlosi yo’q o’qishga
“3⃣ raqami”

Uchta birman nomim uch,


Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.

“4⃣ raqami”


Men to’rt degan raqamman,


Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !

“5⃣ raqami”


Besh degulik nomim bor,


Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.

“6⃣ raqami”


Beshdan keyin oltiman,


Raqamlarning oldiman
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Go'yoki oddiy ilmoq

“7⃣ raqami”


Mening nomimdir yetti,


Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.

8⃣ raqami”


Sanamay demang sakkiz,


Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.

9⃣ raqami”


Men to’qqizman to’qqizman,


Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.























Ustoz yaxshida


Hurmatli mehmonlar, bugungi bizning bayramimizga yana ko’plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu mehmonlar bizga Uzoq Shimoldan kelishibdi. Hozir shu mehmonlarni davramizga taklif etamiz. Marhamat aziz mehmonlar.
(Qorbobo, qorqiz va ertak qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan mehmmonlarni kutib olishadi.)


2 – boshlavchi: Salom, aziz mehmonlar!
Sizdan yurak shodonlar
Qoshiqlar yangrayversin
Kuylar jaranglayversin.
Davramizga marhabo
Kelaversin Qorbobo.
Davrani qorbobo olib boradi.
O’qituvchi: - Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.

Shirin - shakar bolajonlar,


Bog’imdagi gul rayxonlar,
Doim bo’ling siz shodonlar,
Savodxonlik muborak.

Ko’zingizda nur o’ynasin,


Sizni ko’rib dil yayrasin,
Tillar bulbuldek sayrasin,
Savodxonlik muborak!

Qo’lingizda bo’lsin kitob,


Chehrangiz go’yo oftob,
Qiling doim ezgu, savob
Savodxonlik muborak!

Bo’ling doim sog’ – salomat,


Dangasalik qilmang faqat,
Mashaqqatga qiling toqat,
Savodxonlik muborak!












(O’qituvchilarga gullar berishadi)

O’qituvchi: - Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.












Onajonim azizam qo’shig’i



















































































































Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin