4
1-bob. Tarmoqlanuvchi hisoblash algoritmlari turlari
1.1. Shartsiz o’tish opеratori
Dasturda ba'zi bir hollarda boshqaruvni to‟g‟ridan-to‟g‟ri biron-bir
opеratorga uzatishga, ya'ni dasturning bajarilish kеtma-kеtligini buzishga to‟g‟ri
kеladi. Bu jarayon shartsiz o‟tish opеratori yordamida bajariladi. Shartsiz o‟tish
opеratorining umumiy ko‟rinishi quyidagicha:
GOTO ;
Bu yerda identifikator bo‟lib, goto yo‟riqnomasidan keyin
bajariladigan yo‟riqning oldida joylashadi va nishon dasturning nishonlarini
tafsiflash bo‟limida label kalit so‟zi yordamida tafsiflangan bo‟lishi kerak, bu
bo‟lim dasturda o‟zgaruvchilarni tafsiflash bo‟limidan oldin turadi. Dastur
matnida nishon, bajarilishi kerak bo‟lgan operatordan oldin va birdaniga undan
keyin ikki nuqta qo‟yiladi.
Dasturlashtirishga bag‟ishlangan adabiyotlarda ayrim hollarda goto
yo‟riqnomasidan foydalanmaslik tug‟risidagi fikrlarni uchratish muumkin,
go‟yoki goto dasturning chalkashishiga olib kelishi mumkin. Bu fikrlarga ot‟liq
qo‟shilish to‟g‟ri emas. Nishonlarning ko‟p bo‟lishi, xaqiqatdan ham
chalkashtirishi mumkin, ammo ko‟pincha nishondan foydalanish qulay, hamda
dasturning ixcham bo‟lishini taminlaydi.
Tanlash operatori quyidagicha:
goto;
Bu yerda goto xizmatchi so‟z ([nishonga]o’t);- belgi.
Belgi Paskal da dasturning bir qancha operatorilarini nomlovchi va unga
murojaat qilish imkonini yaratuvchi ixtiyoriy identifikatordir.
Belgi bevosita operator oldiga qo‟yiladi va ular ikki nuqta bilan ajratiladi.
Operatorni bir vaqtda bir nechta belgilar bilan belgilash mumkin. Dasturda
belgilash sharoiti tug‟ilgach, u oldindan e‟lon qilinishi kerak. Belgilarni e‟lon
qilinishi, label (nishon) xizmatchi so‟zi orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: