Ta'sirotni ikki tomonlama o’tkazish xususiyati. Agar biror nerv o’rta joyidan
ta'sirlansa, u vaqtda ta'sirot ham markazga, ham periferiyaga qarab tarqaladi. Nerv
tolasining bunday ikki tomonlama o’tkazish xususiyatini birinchi marta rus olimi
A.I.Babuxin (1877) aniqlagan. A.I.Babuxin Nil daryosida yashaydigan laqqa
baliqning elektr organiga keladigan nervi ustida tajriba o’tkazib, ta'sirot bu nervdan
har ikki tomonga o’tishini isbotladi. Nil laqqa balig’ida boshqa elektrli baliqlar
singari, dushmandan saqlanish va hujum qilish uchun elektr toki chiqaradigan maxsus
organ bo’ladi. Bu baliqning elektr organi mayda bo’laklarga bo’lingan ustunlardan
tashkil topgan. A.I.Babuxin bu nerv tolasini kesib va organning o’rta qismini olib
tashlab, pastki bo’lakka keladigan nerv tolasini ta'sirladi. Buning natijasida elektr
chiqaradigan organning shu pastki qismidagina emas, balki yuqori qismlarida ham
tok paydo bo’ldi.
Shundan ma'lumki, nerv ta'sirlanganda ta'sirot faqat periferiyaga bormay (ya'ni
organning pastki qismidagina elektr toki hosil qilib qolmay) balki, nervning ikkinchi
tomoniga, ya'ni markazga qarab ham o’tadi va shuning uchun organning ustki
qismida ham elektr toki hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |