Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#46421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
nafas olish fiziologiyasi

O’pka  ventilyatsiyasi. Odatiy holdagi  nafas chiqarishdan keyin o’pkada zahira 

va  qoldiq  havolar  qoladi  va  u  alveolyar  havoni  tashkil  etadi.  Alveolyar  havoning 

hajmi 2500-2800 ml.ga teng. Har bir odatiy nafas olishda 500 ml havo qabul qilinadi, 

undan zararli bo’shliqda qolgan havo ajratib tashlansa, o’pkaga 360 ml havo tushadi, 

bu  paytda  alveoalardagi  havoning  bor-yo’g’i  1/7  qismi  (360:2500)  ventilyasiya 

qilinadi.  Olingan    havoning  alveolyar  havoga  nisbati  o’pka  ventilyatsiyasining 



koeffisiyenti  deb  ataladi.  1  daqiqada  olingan  havoning  miqdori  yoki  nafasning 

daqiqalik  hajmi,  1  daqiqadagi    nafas  olish  soniga  ko’paytirilgan  nafas  hajmiga  teng 

bo’ladi.  Odatiy  nafas  olishda  erkaklarda  u  5-8  L.ga,  ayollarda  esa  3-5  L.ga  teng. 

O’pka ventilyasiyasining  hajmi  moddalar almashinuvining  jadalligi  bilan  aniqlanadi. 

Nafasning  daqiqalik  mutloq  hajmi  bolalarda  5  yoshdan  boshlab  kattalarga 

nisbatan  ancha  ko’p,  12  yoshda  voyaga  yetgan  odamlardan  2  barobar  ko’p.  Hattoki 

yangi  tug’ilgan  bolalarda  nafasning  daqiqalik  hajmi  1  kg  tirik  massasiga  hisoblab 

chiqilganida  voyaga yetgan odamlarnikidan  2 marta ortiq. 




Odamlarda  nafasning  daqiqalik  hajmini  eng  yuqori  bo’lishi  20-30  yoshda qayd 

qilinadi.  Qarilik  paytida o’pka ventilyasiyasining  hajmi  kamayadi. 

Sog’lom  odamlarda  odatiy  nafas  olishda  doimo  yurakdan  haydalayotgan 

qonning  daqiqalik  hajmiga  teng  bo’lgan  yoki  daqiqada  o’pka  kapillyarlaridan 

o’tadigan qon oqimi tezligiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi va bu nisbat 0,8-1,0 ga 

teng bo’ladi. 

O’z-o’zidan  bajarilayotgan  nafas  olishda  o’pka  ventilyasiyasi  kislorod  qabul 

qilinish  darajasiga  mos  bo’ladi.  O’pka  ventilyasiyasi  alveolalarga  kislorodni 

tushishini  va  karbonat  angidrid  gazining  chiqarilishini  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari 

bu gazlarning arterial qondagi ma’lum tarkibini saqlab turadi. O’pka ventilyasiyasini 

imkoniyat  darajasida  o’z-o’zidan  maksimal  tezlashtirishda,  nafas  chastotalari  1 

daqiqada 50-80 gacha, nafas hajmini 2-4  litrgacha, nafasning daqiqalik hajmini 100-

200 l.gacha oshiradi. O’pka ventilyasiyasi  gazli  soatlar yo’rdamida o’lchanadi. 

 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin