Tabiat kitobi, muvozanat, atrof-muhit, ijtimoiy muammo, milliy va mintaqaviy,
umumbashariy, ekologiya, E.Gekkel, ehtiyotkorona munosabat, ekologik ong, madaniyat va
hokazo.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun
insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng
miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning
manfaatlariga mos bo‘lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu
muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir, - deb ta‘kidlagan I.A.Karimov (O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida. 115-bet).
Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar
«Alifbo»sini ochib, birinchi so‘zni hijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob –
tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta‘kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni
bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublika «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta‘limning barcha
darajalarida ta‘lim oluvchilarning ekologik va sanitariya-gigiyena ta‘limi hamda tarbiyasini
takomillashtirish zarur» - deb alohida ta‘kidlangan.
«Ekologiya» yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak
atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan
qonuniyatlarni o’rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi
Dostları ilə paylaş: