Perspektiv istiqbolli sistemasini yaratish o‘quvchilar jamoaini shakllantirish yo‘llaridan
biridir. Jamoani an‘anadek mustahkamlaydigan hyech narsa yo‘q, degan A.S.Makarenko.
Jamoaning o‘quvchi shaxsiga ta‘siri avvalo, faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Jamoa
maktab o‘quvchisiga faoliyatning muayyan turida o‘z o‘rnini topib olishga ko‘maklashadi, har
bir o‘quvchiga o‘z kuchini sarflaydigan sohani topish imkonini beradi. Jamoani tarbiyalashning
ahamiyati shundan iborat bo‘ladiki, u jamoaning mazmunli hayotini tashkil etish yordamida har
bir o‘quvchi qobiliyati va iste‘dodini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratadi.
Kolllektivning shaxsga mnosabati jamoatchilik fikri yordamida ham amalga oshiriladi.
Jamoatchilik fikrining o‘zi asta-sekin shakllanadi. Maktabning boshlang‘ich sinflaridanoq
o‘qituvchilar o‘quvchilarni o‘z faoliyatlarini tahlil qilishga, jamoadagi o‘rtoqlari xulq-atvoriga
baho berishga jalb etadilar, bolalarni topshiriqlarni qanday bajarilganligini baholashga
o‘rgatadilar. Sinfda vujudga keltiriladigan sog‘lom jamoatchilik fikri o‘quvchilar jamoada ayrim
bolalarga yoki o‘quvchilarning butun-butun guruhlarda ta‘sir ko‘rsatishga yordam beradi.
Jamoatchilik fikri yordamida bolalar ijtimoiy munosabatlarning butun tizimini egallaydilar, o‘z
xulq-atvorini boshqarishga o‘rganadilar.
Jamoaning shaxsga ta‘sir ko‘rsatish shakllari xilma-xildir: o‘quvchilar yig‘ilishlari ham,
devoriy gazeta, o‘zaro munosabat va boshqalar ham shular jumlasiga kiradi. O‘quvchi shaxsi
doimo o‘zgarib va takomillashib boradi, shu sababli shaxsga ta‘sir usullari doimiy bo‘lishi
mumkin emas, ular o‘zgarib turadi.
Jamoani vujudga keltirish uzoq davom etadigan jarayonidir. "...Jamoa hamda shaxsning
ma‘naviy dunyosi o‘zaro ta‘sir tufayli shakllanadi. Inson qollektivdan juda ko‘p narsa oladi,
lekin uni tashkil etuvchi kishilarning ko‘p qirrali, manaviy boy dunyosi bo‘lmas
ekan, jamoa
ham yo‘qdir". Suxomlinskiy.
...O‘quv mehnati manfaatlari o‘quvchilarning yagona manfaatlari bo‘lib qolmasligi kerak.
Bolalarni qurshab olgan hamma narsa ularni jinslashtira olishi kerak. Faqat o‘qish faoliyati
asosida jamoaizmni tarbiyalamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar, shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka
uchraydilar, - degan Suxomlinskiy .
"Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi
yetukllikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga
kirita olmaydi. Ularga ega bo‘lish uchun
insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi", - deb ta‘kidlagan
A.N.Farobiy.
Dostları ilə paylaş: