Reja:
1. O‘quvchilar o‘quv faoliyatiga rahbarlik, boshqaruv o‘quv jarayonida nazorat ekanligi.
2. O‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarini tekshirishning maqsadi, mazmuni va turlari.
3. O‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarining sifat mezonlari.
Tayanch so’z va iboralar: Bilim, ko‘nikma, malaka, baholash tizimi, reyting, joriy,
oraliq, bosqichli, yakuniy nazorat, sifat mezonlari, davlat ta‘lim standartlari va h.k.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta‘lim to‘g‘risidagi Nizomning (1995 yil 5
yanvar) 4 o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni bo‘limi 4,4 bandida
o‘quvchilar bilimi sifatini va o‘qitish natijalarining davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini
nazorat qilishni ta‘minlash uchun shu quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – so‘rovlar, kollekviumlar, seminarlar, nazorat ishlar, testlar tarzida
o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam nazorat qilinadi;
Oraliq nazorat – chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturlarining tegishli bo‘limlari,
malaka va ko‘nikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va
malakaga doir ishlar shaklida o‘tkaziladi;
Bosqichli nazorat – o‘quv yili tamom bo‘lganidan keyin imtihonlari, test sinovlari
shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
Yakuniy nazorat – o‘qish tugatilganidan keiyn davlat attestasiyasi shaklida o‘tkaziladi.
4,5 umumiy ta‘lim dasturlarini davlat ta‘lim standartlarini doirasidan mustaqil
o‘zlashtirgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan Eksternat to‘g‘risidagi Nizom asosida, eksternat tartibida attestasiyadan o‘tish
huquqi beriladi.
Imtiyozli attestasiya 5-9 sinflarda o‘qish davrida o‘zlashtirish (reyting) bo‘yicha faqat
a‘lo ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bosqichli nazorat o‘tkazilmaydi. Oraliq baholashda
kurs ishi va bosqichli nazoratda u imtihonlar, testlar, malaka ishlar va diplom himoyalarini
himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Maktabda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hisobga olish, tekshirish va ularga
baho qo‘yish ta‘lim tarbiyaning zarur va muhim qismidir. Bu ishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi
davlat uchun, maktab, o‘quvchilar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta‘lim-tarbiya
sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o‘z vaqtida barham berish, maktab, o‘qituvchi va
o‘quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli tadbirlar belgilaydi. O‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalarini hisobga olish, o‘quv metodlarining va zaif tomonlarini
o‘quvchilarning dars materiallarini qanday o‘zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi.
Har bir o‘quvchini har tomonlama yaxshi bilishga yordam qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish asosida o‘quvchilarning o‘quv dasturi hajmida bilim,
ko‘nikma, malakalarini puxta o‘rganib olishlarini ta‘min etish uchun dars materiali ustida yana
qanday ishlash kerakligini ko‘rsatadi, darsdan ulgurmayotgan o‘quvchilarni o‘z vaqtida tezda
tegishli choralar ko‘radi. Shu bilan birga tekshirish o‘qituvchining ham o‘quchining ham o‘ziga
talabchanligini kuchaytiradi. Har bir o‘quvchining o‘qishda o‘zining yutuq va kamchiliklarini,
o‘quv materialining qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo‘sh o‘zlashtirganligini aniqlashga yordam
beradi. O‘z-o‘zini tekshirib borishga o‘zi o‘zini tanqid qilishga odatlantiradi, intizomlikka va
qunt bilan o‘qishga o‘qishga o‘rgatadi, ularda kuchli iroda hamda ijobiy xarakter vujudga
keltiradi va tarbiyalaydi. Maktab, ota-onalarni esa davlat oldida o‘z mas‘uliyati va vijdon
burchini tushuntirishga o‘rgatadi.
O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ota-onalarning
o‘z bolalari qanday o‘qiyotganliklarini, darsdan ulgurish ulgurmasliklaridan xabardor bo‘lib
turishlariga yordam beradi. Ularning o‘z bolalarining o‘qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini
oshiradi. Masalan, ayrim ota-onalar bolalarining o‘qishlaridan xabardor bo‘ladilar.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ishi avvalo
o‘quvchilarni kunsayin o‘rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o‘z ichiga
oladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchini diqqat bilan o‘rganib borishi lozim.
O‘qituvchi ana shu o‘rganish asosida har chorak oxirida, har bir o‘quvchining ma‘lum bir fanni
qanchalik o‘zlashtirganligi haqida xarakteristka berishga majbur.
1.
O‘qituvchi o‘quvchilarni rejali va tizimli suratda kuzatish yo‘li bilan o‘rganadi,
o‘qituvchi o‘quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda kuzatib boradi. Kuzatish unga
o‘quvchining ishiga, o‘qishga munosabatini, o‘quvchining qiziqishlari va nimalarga moyil
bo‘lganligini uning individual xususiyatlarini va qobiliyatini bilib olishga yordam beradi.
2.
O‘quvchilar suhbat yo‘li bilan ham o‘rganiladi. Suhbat sinf jamoasi yoki ayrim
o‘quvchilar guruhi bilan, shuningdek yakka-yakka ham o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilar haqida
to‘laroq ma‘lumotga ega bo‘lish uchun o‘qituvchilar, maktab vrachi, ayniqsa, ota-onalar bilan
fikr almashishi katta ahamiyatga ega.
3.
Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish orqali ham o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini qancha aniq va har tomonlama yaxshi bilsa, ta‘lim-tarbiya ishlari
shuncha muvaffaqiyatli bo‘ladi. O‘quvchilarni bilish o‘qituvchining butun sinfga, har bir
o‘quvchiga ta‘lim va tarbiya berishning eng yaxshi usul va vositalarini tanlab olib, ulardan
samarali foydalanishga imkon beradi. O‘quvchilarning zaif tomonlari va nuqsonlarini
yo‘qotishga ijobiy tomonlarini o‘stirish va mustahkamlashga yordam beradi. O‘quvchilar
bilimlari, ko‘nikmalarini hisobga olishning eng muhim qismi ularning bilimni o‘zlashtirishlarini
tekshirishdir. Maktabda o‘quvchilarning bilimni tekshirishning quyidagi turlari – dastlabki
taxminiy tekshirish, kundalik tekshirish, mavzular bo‘yicha tekshirish va yakuniy tekshirishdan
iborat.
I.
Dastlabki taxminiy tekshirishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning yangi o‘quv materialini
ongli idrok qilishi va muvaffaqiyatli egallash uchun kerak bo‘lgan tayyorgarlik darajasini
aniqlashdan iborat. Odatda tekshirishning bu xili o‘quv yilining boshida yoki o‘quv dasturining
navbatdagi bobini o‘tishiga kirishish oldidan o‘tkaziladi.
II.
Kundalik tekshirish – har kuni, har dasrda muntazam ravishda, rejali tarzda o‘tkaziladigan
tekshirishdir. Bu tekshirishning asosiy vazifasi o‘tilgan materialni qaytarish bilan birga, yangi
o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasini aniqlashdir. Kundalik tekshirish katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Darsda har kuni o‘tkaziladigan bu tekshirish, o‘quvchilarni tizimli puxta
ishlashga o‘rgatadi. Shuningdek, bu tekshirish o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni
singdirib borishga va irodasini o‘stirishga yordam beradi.
III. Yakuniy tekshirish – o‘quv choragi va o‘quv yilining lxirida o‘tkaziladi. Uning asosiy
vazifasi o‘quvchilarning o‘quv choragida yoki o‘quv yilidagi materialning egallash darajasini
aniqlashdan iborat. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda maktabda
qo‘llaniladaigan asosiy usullar – o‘quvchilarning ishlarini kuzatish, darsda va darsdan so‘ng
kuzatish, og‘zaki so‘rash, nazorat ishlar o‘tkazishdir.
Og‘zaki so‘rash tekshirishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usullaridan biridir, uning
quyidagi turlari bor:
a) O‘quvchini sinf doskasi yoki o‘qituvchi stoli yoniga chaqirib so‘rash.
b) Sinfdagi o‘quvchilarning ko‘pchilikdan sidirgasiga so‘rash.
c) Ayrim o‘quvchilardan doskaga yoki stol yoniga chaqirmasdan so‘rash.
Ayrim o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishda mavzular yuzasidan
tekshirish usulini qo‘llaydi. Bu usulning yaxshi tomoni bunda har bir o‘tilgan mavzudan shu
mavzuni o‘zlashtirish darajasi sinfdagi o‘quvchilarning har biriga nisbatan tekshiriladi. Mavzu
materialini o‘zlashtirmagan o‘quvchilar aniqlanadi va ulardan shu materialni o‘zlashtirish talab
qilinadi.
Nazorat ishlar – yozma ishlar (diktant, insho, masalalar yechish, grafik ishlar,
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tadbiq qilishni talab etadigan am aliy
vazifalarni (laboratoriyada analiz qilish, ustaxonada tegishli buyumlar yasash) bajarish kabilar
kiradi. Nazorat ish bir vaqt ichida sinfdagi hamma o‘quvchilarni tekshirishga imkon beradi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish ishlari quyidagi talablarga javob
berishi lozim. Sinfdagi hamma o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish kerak. Tekshirishda
o‘qituvchida reja bo‘lishi kerak. Reja asosida o‘rta, kuchli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar
bilimlari tekshirilishi kerak. Tekshirishni shunday olib borish kerakki, sinfdagi hamma
o‘quvchilar o‘qituvchi savoliga javob bera olsin.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga baho qo‘yish baho o‘quvchilarning o‘quv
dasturlarida ko‘zda tutgan bilim, ko‘nikma va malakalarniqanday egallaganligini ko‘rsatadi.
Baho qo‘yish katta ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki o‘quvchilarni u qunt bilan o‘qishga
majbur etadi. Maktab o‘quvchilarga baho qo‘yishda quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi.
1. Bilimlarga obyektiv va haqqoniy baho qo‘yilishi lozim.
2. Baholashda ko‘zbo‘yamachilikka mutloqa yo‘l qo‘ymaslik kerak.
3. O‘quvchining bilimiga o‘quv dasturining talablari asosida baho qo‘yilishi lozim.
Bu talablarni ta‘min etish uchun bilimga baho berishning umumiy mezoni bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunining 7-moddasida ―Davlat ta‘lim
standartlari umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim mazmuniga hamda sifatiga
qo‘yiladigan talablarni belgilaydi‖, - deb ta‘kidlangan. Bu talablar jamiyatning obyektiv
rivojlanishini taminlaydigan ehtiyojlar va bozor munosabatlari umumiy raqobatidan kelib
chiqadi. Mazkur talablar umumiy o‘rta ta‘lim o‘quv dasturlari, darsliklarida o‘z ifodasini
topmog‘i darkor. Bular har bir fanning o‘ziga xos ta‘lim mazmuni, xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Maktablarda o‘quvchilar bilimi, ko‘nikmalariga baho berishning quyidagi umumiy
mezonlari qo‘llaniladi:
1. Bilimning ilmiy bo‘lishi.
2. Bilimning ongli o‘zlashtirilishi.
3. Bilimning hajmi.
4. Bilimning mustahkam o‘zlashtirilishi.
O‘quvchi nutqining mazmuni va bajargan ishining sifati va h.k.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda va baholashda o‘quvchi o‘quv
dasturi materialini to‘la biladimi, ularni tushunadimi yoki uni quruq yodlab olganmi, bilimlarni
amaliy masalalarni yechishga va ishlarni bajarishga tadbiq qila oladimi va boshqalar.
Hamma o‘quv fanlari va barcha sinflarda ana shu mezon qo‘llaniladi. Biroq ayrim o‘quv
fanlaridan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baho qo‘yishda shu
fanlarning xususiyatini hisobga olishi kerak. Masalan, mehnat darslarida o‘quvchilarning
bajargan buyumlarni tekshirish va baho qo‘yishda mustaqillik, buyumning texnik talablarga
muvofiqlik darajasi va sifati hisobga olinishi lozim. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalariga baho qo‘yish uchun umumiy ta‘lim maktablarida besh darajali raqamli baho tizimi
qo‘llaniladi.
O‘quvchi dastur materialini to‘la va mufassal bilgan, uni chuqur tushungan va puxta
egallagan, dasturga kiritilgan hamma masalalarni to‘g‘ri, ongli va dalillar bilan so‘zlab bergan,
amaliy ishlarni bajarishda va masalalar yechishda egallagan bilimlarni mustaqil tadbiq qilgan,
og‘zaki javoblarda va yozish ishlarida to‘g‘ri adabiy tildan foydalana bilgan va xatolarga yo‘l
qo‘ymagan holda ―5‖ baho qo‘yiladi.
O‘quvchi dastur materialining hammasini bilgan, uni yaxshi tushungan va puxta
egallagan, dastur hajmidagi savollarga qiynalmasdan javob bergan, bilimlarni amaliy ishda
tadbiq qila bilgan, og‘zaki javoblarda to‘g‘ri tildan foydalana olgan, yozma ishlarda esa
kichkina, ahamiyatsiz xatolargagina yo‘l qo‘ygan taqdirda ―4‖ baho qo‘yiladi.
O‘quv dasturiga kiritilgan asosiy o‘quv materialini bilgan, egallagan bilimlarni amaliy
ishlarda bir muncha qiynalib va o‘qituvchining bir oz yordamida bajara olgan, og‘zaki
javoblarida materialni bayon qilganda, yozma ishlarda bir muncha xatolarga yo‘l qo‘yilgan
taqdirda ―3‖ baho qo‘yiladi.
O‘quvchi o‘tilayotgan o‘quv materialining ko‘pchilik qismini bilmagan, o‘qituvchining
yordamchi savollari orqaligina javob bergan, yozma ishlarida ko‘p va qo‘pol xatolarga yo‘l
qo‘ygan taqdirda ―2‖ baho qo‘yiladi.
O‘quvchi o‘tilgan materialni butunlay bilmagan taqdirda ―1‖ baho qo‘yiladi.
O‘quvchilarga qo‘yilgan baholarni ularga izohlab tushuntirish kerak. Bu esa bilimga baho
qo‘yishning ahamiyatini oshirish hamda o‘quvchining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklarini bilib
olishga yordam beradi. Har bir chorakda o‘quvchiga bir nechta baho qo‘yilishi kerak. Aks holda
chorak oxirida o‘qituvchi qiynalib qoladi. Chorak va yillik bahoni qo‘yishda o‘rta arifmetik usul
bialn baho qo‘yish mutlaqo yaramaydi, chunki bunday yakuniy baho o‘quvchining bilim,
ko‘nikma va malakalarini to‘g‘ri aks ettirmaydi.
Ba‘zi bir o‘qituvchilar darsga tartib-intizom buzgan o‘quvchilarga o‘z fanlaridan yomon
baho qo‘yadilar. Bunday baholash butunlay yaramaydi, chunki baho o‘quvchining bilim,
ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladi, shuning uchun uni o‘quvchining xulqiga qo‘yiladigan
bahoga aralashtirish noto‘g‘ridir.
Mashhur rus pedagogi Ostrogorskiy shunday yozadi ―Javobga ball olgan inson avvalo
o‘zidan-o‘zi unga haqqoniy baho qo‘yishdimi deb so‘raydi, agar u bunga nohaqdek tuyulsa, u
ranjiydi, go‘yo unga tegishli narsa tortib olingandek yoki berilmagandek bo‘ladi.
Dangasa xafa bo‘lmaydi, u mehnat qilgani yo‘q, mehnat qilgan esa mehnatning qadrini
biladi va mehnatning natijalarini istaydi‖.
Shuning uchun barcha o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
baholashda, ularning reytingini aniqlashda obyektiv asoslarga tayanishi shart. Sir emas ba‘zi
o‘qituvchilar baholashning mohiyati, mazmunini o‘zlari yaxshi o‘zlashtirmaganlar.
O‘qituvchining bunday nuqsonlari maktab amaliyotida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun o‘qituvchilar reyting tizimini mukammal o‘zlashtirib, amaliyotda xatolarsiz
tadbiq etishlari barkamol o‘quvchilarni tayyorlashning zarur sharti ekanligini anglashlari juda
muhim.
Hozirgi davrda o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishda test usuli qo‘llanilmoqda.
―Test‖ inglizcha so‘z bo‘lib, ―topshiriq‖, ―tajriba‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Bilish
xususiyatini o‘lchash usuli sifatida unga ingliz psixologi D.Kattel asos solgan. Boshqacha
aytganda test qisqa muddat ichida bilimni sinashning eng maqbul usuli bo‘lib, bir qator
rivojlangan davlatlarda xalq ta‘limi bilan bir qatorda turli sohalarda ham test sinovidan
foydalangan.
Jumhuriyatimizda ilk bor 1992 yilda bir qator oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlari shu
asosda o‘tkazildi. Endilikda test sinovi ta‘lim-tarbiya tizimining barcha sohalariga kirib
bormoqda.
―Umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilarining bilim darajalarini nazorat qilishning
reyting usuli to‘g‘risidagi Nizom‖ loyihasida alohida o‘qtirganidek, bu usul davlat ta‘lim
standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, uni barcha ta‘lim muassasalarida (maktablarda) bajarishi
majburiydir.
Hozirda fanlar bo‘yicha reyting ballari quyidagi tartibda belgilanadi:
1. Kundalik nazorat (KN) – 50 ball. Jumladan, a) kundalik so‘rov (KS) – 40 ball, b)
erkin faoliyat (EF) – 10 ball.
2. Oraliq nazorat (ON) – 20 ball.
3. Yakuniy nazorat (YaN) – 30 ball.
Reyting natijasi besh balli bahoga ko‘chirilganda quyidagicha bo‘ladi:
100 – 86 ball - ―a‘lo‖;
85 – 71 ball
- ―yaxshi‖;
70 – 55 ball
- ―qoniqarli‖;
55 balldan past
- ―qoniqarsiz‖.
Dostları ilə paylaş: |