Shu sababdan ham kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar jismoniy
tarbiya avlodlar kamolotini ta‘minlovchi vosita deb hisoblangan. Demak, o‘sib kelayotgan yosh
avlodning, katta yoshdagi kishilarning jismoniy barkamolligini ta‘minlash faqat ota-onaning,
maktabning ishigina bo‘lib qolmay, balki davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy ish hamdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ta‘lim muassasalari va sog‘liqni saqlash organlari bolalar
va o‘quvchi yoshlarning sog‘ligini saqlash va mustahkmlash uchun zarur choralarni ko‘radilar.
O‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtirilishiga qaratilgan yo‘nalishni ro‘yobga chiqarish,
sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta‘minlanadi», deb ta‘kidlangan.
Mehnat jamoalari, aholi zich yashaydigan joylarda fuqarolarning jismoniy rivojlanishlari uchun
sport komplektlari, inshoatlari, tarmoqlari barpo etish ommaviy tus oldi. Bu sohaga e‘tibor
O‘zbekiston mustaqilligidan keyin hukumatimizning diqqat e‘tiborida bo‘lmoqda. Masalan,
stadionlar, basseynlar, tenns kordlari, kurash maydonlari, xokkey, futbol, shaxmat va shashka
klublari va boshqalar.
A.Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ma‘rifatga ega bo‘lmoq uchun
badanni tarbiya qilmoq zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli
narsadir. Chunki o‘qitmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz vujud lozimdir. Sog‘
badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘yurlar. Badan
tarbiyasining fikr tarbiyaschiga ham yordami bordir...».
Jismoniy tarbiyaga bo‘lgan e‘tibor, g‘amxo‘rlikning kun sayin oshib borishi fikrimizning
yorqin dalilidir. 2000 yilni Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan «Sog‘lom avlod» yili deb
e‘lon qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya mazmuni jismoni kamolot, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy
tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma‘lumot tushunchalarida o‘z ifodasini topadi.
Jismoniy kamolot yosh avlod ichki a‘zolarining o‘zgarishi, o‘sishidir.
Birinchi navbatda yurak va
o‘pka, shuningdek asab va harakat tizimi, tana shaklining o‘zgarishi, teri-muskul tizimi og‘irligi,
tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolot deganda,
insondagi jismoniy ma‘lumotning o‘sishi borasidagi o‘zgarishlar, ya‘ni oddiydan murakkabga,
pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomn o‘zgarishlar tushuniladi. Uch xil
tushuncha mavjud:
jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish va jismoniy madaniyat.
«Jismoniy tarbiya – kishi organizmining morfologik va funksional jihatdan
takomillashishiga uning asosiy, hayotiy muhim harakat ko‘nikmalari va ular bilan bog‘liq
bo‘lgan bilimlarni hosil qilish va mukammallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir».
Jismoniy rivojlanish – bu hayot va tarbiya sharoiti ta‘sirida takomillashib boruvchi inson
organizmining biologik shakli va funksiyalarining vujudga kelish hamda o‘zgarish
jarayonlaridir. Bu
rivojlanishning muhim, lekin yagona bo‘lmagan faktoridir.
Jismoniy madaniyat – ancha keng tushuncha. U jamoatchilik yutuqlari, vosita va
metodlarning barchasini qamrab oluvchi insonlarning jismoniy rivojlanishi va bilim olishiga
ta‘sir etuvchi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Jismoniy madaniyat jismoniy
tarbiyaning tarkibiy qismidir.
Shu bilan birgalikda, jismoniy madaniyat
inson va jamiyat umumiy
madaniyatining ham ajralmas qismi. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:
1. Inson a‘zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti. Ichki a‘zolar, asab va
harakat, suyak-muskul tizimi, badanning uyg‘unligi va ularning funksional faoliyatini
boshqaradi.
2. O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash.
3. Gigiyena qoidalariga ko‘niktirish.
4. O‘quvchilarning har tomonlama mohirligini o‘stirish.
5. Bo‘lajak ishchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish, ish qobiliyatini
oshirish.
6. O‘quvchilarning jinsiy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.
7. O‘quvchilarning iroda, chidamlilik, qat‘iyan intizom, do‘stlik hissini kamol toptirish.
8. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.
Mashhur rus adibi L.N.Tolstoy «Agar mushuklarimni ishsiz qoldirganimda ahvolim
allaqachon yomonlashgan bo‘lardi. Ana shu ishgina menga shirin uyg‘u, tetik kayfiyat baxsh
etadi», - deb ta‘kidlagan edi.
O‘quvchilarni ijtimoiy foydali, unumli, jismoniy mehnatga tarbiyalashda jismoniy tarbiya
katta rol o‘ynaydi. Jismoniy mehnat sog‘lom bo‘lishni talab qiladi. To‘g‘ri uyushtirilgan, yaxshi
sanitariya-gigiyena sharoitlarida qilinadigan jismoniy mehnat sihat-salomatlikni yaxshilash va
jismoniy o‘sish uchun imkon beradi.
Maktabda jismoniy tarbiya o‘quvchilarda asosiy harakat ko‘nikmalarini (kuchlilik,
epchillik, tezkorlik, sabr-matonat) paydo qilgan va rivojlangan holda, ishlab chiqarish ta‘limi
uchun ham mustahkam zamin yaratadi. Jismoniy tarbiyaning tarixiy tajribasi baquvvat, chidamli,
epchil kishi o‘ziga notanish ishni, mehnat operasiyalarini harakat qilishda ozroq ko‘nikma hosil
qilgan nimjon, sust, beso‘naqay kishilarga qaraganda tezroq o‘zlashtira olishini ko‘rsatadi.
O‘qimishli, har tomonlama o‘sgan yangi kishini, a‘lo sportchini tarbiyalab yetishtirish
uchun maktablar keng imkoniyatlarga ega.
Maktabda kuchli aqliy mehnat bilan faol jismoniy harakatni bir-biri bilan oqilona bog‘lab
olib borish o‘qish jarayonini yanada samaraliroq qiladi jismoniy tarbiya darslari bu sohada
yetakchi o‘rin egallaydi. Darsning mazmuni maktab rejasi bilan belgilanadi. Bu darslarda har bir
sinf uchun o‘quv materiali tegishli pedagogik vazifalar bilan belgilanadi.
O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash va organizmini chiniqtirish – maktabda
jismoniy tarbiya sohasidagi asosiy vazifalardan biridir. Jismoniy tarbiya mashqlari bilan
shug‘ullangandagina sog‘liqni mustahkamlash va organizmning chiniqishiga erishish mumkin.
Nafas olish, yurak tomir hamda organizm boshqa sistemalari va funksiyalarining faoliyatiga
kuchli ta‘sir qiladigan muskullarning ko‘p qismini ishga soladigan mashqlardan foydalanish bu
ishda alohida ahamiyatga ega. Shunday jismoniy mashqlarga: yugurish, sakrash, irg‘itish,
chang‘ida yurish, suzish, harakatli va sport yo‘inlari kiradi.
O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamalashda maktabning mashg‘ulot rejimida ko‘zda
tutilgan ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari, chunonchi har kuni dars boshlanishidan oldin
gimnasitika bilan shug‘ullanish, darslarda jismoniy tarbiya minuti o‘tkazish, katta tanaffus
paytida ochiq havoda o‘yinlar va jismoniy tarbiya mashqlari o‘tkazish, o‘quv yilida ommaviy
jismoniy madaniyat-sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun 6-7 kun vaqt ajratish, barcha
o‘quvchilarni jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishga jalb qilish tadbirlari katta rol
o‘ynamog‘i kerak.
Dostları ilə paylaş: