isrof va hokazo.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash
ayniqsa juda muhim. Avvalo o‘quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to‘la tushunchaga
ega bo‘lmog‘i darkor. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik,
tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay
olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan
asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson
hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta‘kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va
o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay
olishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta‘limning barcha
darajalari ta‘lim oluvchilarning iqtisodiy ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish», zarurligi
(45-bet) a‘lohida ta‘kidlangan. Barkamol inson avvalo iqtisodiy tarbiya olmog‘i shart. Chunki
iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog‘liq ko‘nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo‘lishi
mumkin emas. U eng avvalo o‘z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda
tadbiq qilishning ta‘limiy asoslarini ilmiy bilmog‘i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta‘lim
negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo‘llash jarayonida o‘z
ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘ziga xos tarzda, ya‘ni sodda
shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o‘quvchilarda iqtisodiy ma‘lumotni, madaniyatni, ongni,
ko‘nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchuk kichik
o‘quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo‘llash bilan
bog‘liq ko‘nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi.
Kichik o‘quvchilarning barkamol insonga xos bo‘lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-
bosqich ular yoshining ortib borishi bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong,
madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O‘quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita
ta‘lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas‘uliyat boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi zimmasiga to‘g‘ri keladi. Bu ish boshlang‘ich ta‘limning to‘rt yilli davrida amalga
oshiriladi.
Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi:
«Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish,
xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Ko‘rinib
turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini
kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga
o‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e‘tiborni qaratganlar.
«Ey farzand, o‘zingni mol jam etmoqdan g‘ofil tutmag‘il va lekin har narsani etmak
tilasang jahd qilg‘il, toki halollik bila jam bo‘lsin va hamisha senga boqiy hamda yoqimli
bo‘lsun. Agar moling ko‘p bo‘lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg‘il. Nedinkim, taqdir va
tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko‘p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo‘lsa,
ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg‘ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko‘p narsani ham
saqlay olmag‘uvsidir. Har narsa qo‘lingga tushsa, bir tangadin ikki hissani qarilig‘ va ojizlig‘
vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo‘yg‘il, va undin ko‘z yumib aslo unga
qo‘l urmag‘il. Qolgan ikki hissani o‘zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70-
72 bet).
«...Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanur» - deb
Abdulla Avloniy o‘rinli ta‘kidlagan. (A.Avloniy. Toshkent tongi. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san‘at nashriyati. T., 1979 y, 267-bet).
Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo‘lmaslar» degan hadis
bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor
davlatini bitirib, oxiri xo‘rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy
bo‘lmasada, o‘zini faqirlikdan saqlay oladi». (Yuz bir hadis. T., «Mehnat», 1991 y, 38-bet).
Demak, iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Bas, shunday
ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta‘lim-tarbiya berish kerak.
Bu ishni o‘quvchi bevosita maktab ta‘limi davrida oladi. Shuning uchun o‘quvchida ilk
iqtisodiy tushuncha asoslari va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga alohida e‘tibor berilishi shu
kunning muhim muammolaridan biridir.
Mol jam etarda baxillik qilmag‘il, bu badbaxtlikning shogirdidir. O‘zingga ranj berg‘il,
ya‘ni o‘zing mashaqqat tortg‘il, nedinkim mol qiyinchilik bilan yig‘iladi va qohillik bila yo‘q
bo‘lur. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‘lg‘aysizlar va ozga qanoat qiling, toki
mollaringiz ko‘p bo‘lg‘ay, yumshoq tabiatli va shirin so‘zli bo‘ling, do‘stiniz ko‘p bo‘lg‘ay».
Demak, ko‘p ranj bila topilg‘on ganjni (boylik) g‘aflat va qohillik bila qo‘ldan bermoq aqlli
kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‘lg‘andin so‘ng har qancha pushaymon bo‘lsa, sud (foyda)
qilmaydur. Demak, moling barqaror bo‘lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg‘il, sen
bundan bahramand bo‘lg‘aysan.
Biroq mol har qancha aziz bo‘lsa ham, uni do‘stlardin darig‘ tutmag‘il. Har holda
molingni go‘ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog‘liq bo‘lsa, xarjing ham ul
miqdor bo‘lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag‘ay. Har kishiki xarjini
daxlidin oz qilsa, hyech vaq qashshoq bo‘lmag‘ay.
Donishmandlar debdurlarkim, hyech bir ishda isrof qilmag‘il, isrof qiluvchi barcha vaqt
ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag‘il. Ro‘zgoringning zaruriy
ishlarida tahsir nuqson ko‘rguzmag‘il. Joningga jabr qilmag‘il: mol har nechakim azizdur, ammo
jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig‘ilgan molingni bahllarning qo‘liga topshirmag‘il va
sharobxo‘r, qimorbozlarga e‘timod qilmag‘il. Mol jam etmakda xato qilmag‘il, har odam o‘z
ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo‘lg‘ay va muddaolarda bebahra qolg‘ay, nedinkim, roham
mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur.
Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) yedurg‘il. O‘zgalarning molidin ta‘ma
qilmag‘il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog‘i bo‘lg‘aysan. Molingni o‘zgalarning
moli deb bilg‘il, o‘zgalarning molin o‘z molingdin ziyodrog‘ bilg‘il, toki omonatga xiyonat
qilmaslik, to‘g‘rilik bila xalqqa mashhur bo‘lg‘aysan (Qobusnoma. 70-72 bet).
«... Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat
molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo‘ladi, isrof
tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o‘ldiradi».
Isrof so‘zining lug‘aviy ma‘nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o‘zi va bola-
chaqasi uchun hyech narsa qoldirmay, bor-yo‘g‘ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab
yuborish ma‘nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishining bor-yo‘g‘ini
sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy.
131-bet).
«Yaxshi sayrat, chiroyli hay‘ot va har bir ishda iqtisodchilik yetishi hislatlardan bir
bo‘lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo
rozi va uchta ishingiz uchun g‘azabda bo‘ladi. Molni noo‘rin yerlarga sarf qilib zoye qilganingiz
shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Markaziy Osiyolik olim Rozouddin ibn
Faxriddin odob-axloq tushunchasiga oid «Kattalarga nasihat» asarining so‘nggi qismi «Butun
a‘zolaringizni gunohlardan saqlang, deyiladi unda, - insof, adolatni o‘zinizga rahbar qilib oling.
Pul, mol dunyongizni tejab sarf eting, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymang. Birovdan qarzdor
bo‘lsangiz, va‘da qilg‘an kuningizda topshiring», deb ta‘kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan
ham inson mol, mablag‘, boylik uchun o‘zini xavf-xatarga qo‘ymasligi shart. Albatta har bir
inson uchun mol, mablag‘, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me‘yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya
qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to‘siq bo‘lmasligi darkor. Bu sohada
tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga
oshirilsa samarali natijalar keltiradi.
O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O‘qituvchi qaysi
sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat‘iy nazar o‘rganilayotgan materialning mazmunidan,
uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga iqtisodiy
ta‘lim, tarbiya elementlarini
singdirib, kerakli ko‘nikma, odatlar haqida ma‘lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya
darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki
boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo‘layotganligini, ular mehnatini
qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o‘z mehnatini qadrlashligini badiiy
obrazlar vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini o‘qitish asosida tabiiy
boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har
bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon bo‘lishi mumkin emasligini
tushuntiradi. O‘quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida
birinchi navbatda o‘z mehnatini, so‘ng o‘zgalar mehnatini qadrlashga o‘rganadi. Shu asosda
o‘quvchilarda iqtisodiy ma‘lumot, ko‘nikma va odatlar tarkib topadi. O‘quvchilarni iqtisodiy
tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta‘sir ko‘rsatadi.
Masalan, «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishtirokchilari o‘qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar,
kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlarni tayyorlash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni o‘rganadilar, ya‘ni biror
bir mahsulot ishlab chiqarishni o‘rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar
ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo‘ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning
shu sohaga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya‘ni ta‘minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar
mablag‘, ya‘ni pul hosil bo‘lishiga asos soladi. Pul esa o‘z navbatida o‘quvchilarni iqtisodiy
fikrlashga va shu haqda to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi.
Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab chiqarish jarayoni
bilan o‘quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar bo‘yicha tasavvur, bilim,
ma‘lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo‘lmasin u davlatning, kishilarning kundalik
turmushi, hayoti bilan bog‘liqligini anglaydi. Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o‘z
navbatida odamlarning shu sohaga bo‘lgan ehtiyojini o‘quvchilar o‘rganish, ko‘rish, kuzatish
jarayonida o‘zlarining iqtisodiy ma‘lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi
o‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O‘quvchilarni iqtisodiy
tarbiyalash ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko‘rgazmalarni tashkil qilish
singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini va
ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul.
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul
muomalasiga mensimay qarash, ko‘pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo‘rlik
va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul
ochko‘zlik, pul jamg‘arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning
xo‘jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag‘ini bilishi, oila hayotining bir
oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog‘, sut,
go‘sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga yetib borgan sari
uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog‘i
lozim. Agar ota-ona qo‘shimcha ish olib ishlayotgan bo‘lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi
va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni
tushunmog‘i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o‘zining qo‘lidan kelgan hissasini
qo‘shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |