Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

Tayanch so’z va iboralar: qoida, qonun, o‘qish, o‘qitish faoliyati, tarbiya, ta‘lim maqsadi, 
vazifasi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, zo‘rlab o‘qitish va h.k. Ko‘rsatmali, tushunarli, puhta, 
mustahkam,  yosh.  individual,  xususiyat,  klassik,  didaktik  qoidalar,  quruq  yodlash,  kundalik, 
maxsus takrorlash va h.k. 
 
Ta‘lim  qoidalari  -  o‘qituvchining    darsdagi  faoliyatini  va  o‘quvchilar  tomonidan  ilmiy 
bilimlarning  o‘zlashtirishini,  tegishli  ko‘nikma  va  malakalar,  dunyoqarash,  mafkura  hosil 
qilishning  asosiy  qonun  va  yo‘l  -  yo‘riqlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Ta‘lim  qoidalari  o‘qitishning,  
o‘rgatishning  eng  muhim  masalalarini  nazariy  jihatdan  hal  qilishning  asosiy  qonuniyatlaridir. 
Dars  jarayonida  o‘quvchilarning  bilish  ehtiyoji  va  sharoitlar  o‘quv  jarayonining  xarakterini, 
maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini belgilab beradi. O‘qituvchi ta‘lim 
jarayonining qoidalari, qonuniyatlarini qancha ilmiy asosda bilsa, uning samarasi shuncha yuqori 
bo‘ladi.  Ta‘lim  qoidalarini  ham  nazariy  bilish,  hamda  amalda  qo‘llay  bilish  juda  muhim. 
Shuning  uchun  o‘qituvchi  ta‘lim  qoidalarini  bilishi  shart.  Chunki,  o‘qituvchi  ta‘lim  qoidalarini 
bilmasdan turib ta‘limning maqsad va vazifalarini amalga oshira olmaydi. 
Ta‘lim qoidalari deb barkamol inson ta‘lim - tarbiyasiinng maqsad va vazifalarini amalga 
oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining umumiy yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan 
ilmiy bilimlar, ko‘nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi. 
Sodda  etib  aytganda  ta‘limning  samarali  natijalarini  ta‘minlaydigan  qoidalar  majmuini 
tushunamiz.  Pedagogika  fanida  olimlar,  buyuk  pedagoglar  tomonidan  asoslangan  va  yaratilgan 
pedagogik  adabiyotlarda  didaktik  qoidalar  turlicha  guruhlanmoqda.  Ana  shularga  asoslanib 
ta‘lim qoidalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
1. Ta‘limning ilmiy, izchil va muntazam bo‘lishi. 
2. Ta‘limning ongli, faollik va mustaqillilik. 
3. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan birligi. 
4. Ta‘lim va tarbiyaning birligi. 
5. Ta‘limda ko‘rsatmalilik. 
6. Ta‘limni tushunarli, puxta va mustahkam o‘zlashtirish. 
7.  Ta‘limda  o‘quvchilarning  yosh  va  individual  xususiyatlarini  hisobga  olish  hamda 
ta‘limning mos bo‘lish va hokazo qoidalari mavjud. Ularning har biriga alohida to‘xtalamiz. 
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi. 
Maktab  ta‘limi  tizimida  onglilik,  faollik,  mustaqillilik  qoidalari  muhim  ahamiyatga  ega. 
Ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan sinf o‘quvchilarning faolligiga bog‘liq.  
―Tarbiyachi  shuni  unitmasligi  kerakki,  o‘quvchilarini  qiziqtirmasdan,  ularni  quriq 
majburiyat va zo‘rlash yo‘li bilangina o‘qitishdan hyech qanday natija chiqmaydi qoidasi ilgari 
suringan.  Biroq  bu  o‘rinda  o‘quvchilar  faoliyatini  o‘qituvchi  tomonidan  bayon  qilinayotgan 
tayyor  va  yaxlit  o‘quv  materialini  faolsiz  tinglovchi  harakterdagi  faoliyat  deb  tushunish 
yarmaydi.  Ta‘limda  o‘quvchilarning  tafakkurini  aktivlashtirish  ularning  mustaqilligini  taraqqiy 
ettirishga  yordam  beradi,  mustaqil  ishlarining  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilishi  esa  ularning  fikr  qilish 
faoliyatlarini  o‘stiradi  va  takomillashtiradi.  Ta‘lim  jarayonida  o‘quvchilar  faolligi,  dastavval 
ularning aktiv faoliyati - tafakkur qilish faoliyatidir. 


Materiallarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ularning fikr qilish faoliyatiga ta‘sir 
qilish jarayonida yuzaga keladi. Shunga asosan ta‘limni ongli o‘zlashtirish prinsipi bir tomondan 
o‘quvchilarning  mustaqil,  aktiv  fikr  qilishlarini  nazarda  tutsa,  ikkinchi  tomonidan  ularning 
mustaqillik  va  faolligini  takomillashtirib  borishni  o‘z  ichiga  oladi.  O‘quvchilar  faolligi  ta‘lim 
jarayonidagi  emas,  balki  o‘zlashtirilgan  ilmiy  bilim,  hosil  qilingan  ko‘nikma  va  malakalarni 
hayotga qo‘llay olish faoliyatini  ham  o‘z ichiga  oladi. Tafakkur qilish  fikrlash operasiyalarida, 
ya‘ni  taqqoslash,  analiz,  sintez  qilish,  abstraksiya  va  umumlashtirishda  ko‘rinadi.  Ongli 
o‘zlashtirish  prinsipi.  ta‘lim  jarayonida  o‘quvchilarning  mustaqil  olib  boradigan  ishlari  bilan 
bevosita  bog‘liqdir.  O‘qish  jarayonida  mustaqil  ishlar:  kitob,  gazeta,  jurnal  materiallari, 
spavochniklar, tablisalar, kartalar ustida ishlash, tabiiy fanlar ya‘ni matematika, fizika, biologiya 
bo‘yicha mustaqil amaliy ishlar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish muhum ahamiyat kasb 
etadi. 
Ta‘limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lish qoidasi.  
Maktabda  o‘quvchilarga  beriladigan  bilimlar,  hozirgi  zamon  bilimlar  darajasida  bo‘lishi, 
o‘quvchilarga ularni ma‘lum tizimda berishni talab qiladi. A.R.Beruniy Bilish cheksiz, uzluksiz 
davom etadigan jarayon, ta‘lim jarayonida o‘quvchidarga muayyan ilmiy bilimlar berish, ularni 
yangi - yangi bilimlar olishga undosh kerak deb xisoblagan. 
A.N.Farobiy  ―Inson  hayvonlardan  aqli  bilan  ajralib  turadi.  Inson  aqli  bilan  atrofni  o‘rab 
turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy baho beradi‖, - degan. 
―Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay‖- degan Imom Al Buxoriy 
Maktab ta‘lim - tarbiya jarayonining hamma zvenosida izchillik katta ahamiyatga egadir. 
Kundalik  ta‘lim  jarayoni  ham,  sinf  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  ham  izchillaik 
prinsipiga amal qilingan taqdirdagina, kutilgan natijani berishi mumkin. 
Maktab  o‘quv  fanlari  tizimi.  bir  qancha  didaktik  qoidalarga  asoslanadi.  Bu  didaktika 
qoidalarda,  birinchidan,  umumiy  ta‘lim  maktablarida  o‘qitilayotgan  fanlarni  ma‘lum  fan  tizimi 
bilan  o‘zaro  mustahkam,  ilmiy  bog‘liq.  Ikkinchidan  fanlar  asosida  o‘quvchilarning  bilish 
qobiliyatlari  hamda  ijodiy  qobiliyatlarini  taraqqiy  ettirish  nazarda  tutiladi.  Shunga  ko‘ra 
tizimlilik  qoidasi  o‘rganilgan  fan  asoslari  va  o‘rganilayotgan  fan  asoslari  bilan  egallagan 
ko‘nikma  va  malakalar  bir  -  birlarining  davomi  bo‘lmog‘i  kerak.  Bu  bog‘lanish  predmetlar 
o‘rtasida ham tizimlilikning bo‘lishini talab qiladi. 
Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi.   
Bu qoida ta‘limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir. 
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat, 
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat, - degan M.Ulug‘bek. 
O‘quvchilar bilim bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo‘lganini, ishlab 
chiqaruvchi  kuchlarining  qanday  taraqqiy  etganini,  texnika  va  iqtisod  sohasidagi  yangiliklar, 
ilmning  borgan  sari  rivojlantira  borishni,  ilm  esa  o‘z  navbatida  hayotni  yaxshilishga  yordam 
berishini  biladilar.  Ilmning  rivojlanishida  tajribaning  roli  kattadir.  Ilmiy  nazariyalarning 
haqqoniyligi  amaliyotda  sanaladi:  uni  tajriba  yo  tasdiqlaydi  yo  inkor  qiladi.  Mana  bu  nazariya 
bilan  tajriba  o‘rtasidagi  murakkab  munosabatlarni  o‘quvchilar  ilm  asoslarini  o‘rganish 
jarayonida  fahmlab  olishlari  lozim.  Ulug‘lik  gapda  emas  boshdan  -  oyoq,  yarti  ish  ham  yuzta 
gapdan yaxshiroq degan Abdulqosim Firdavsiy. 
O‘quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astromiya va boshqa tabiiy 
fanlardan  o‘zlashtirilgan  nazariy  bilim,  hosil  qilingan  ko‘nikma  va  malakalar  o‘quv  -  tajriba 
kabineti  va  laboratoriyalari,  tajriba    yer  uchastkalari  va  ishlab  chiqarish  mehnati  jarayonida 
qo‘llaniladi. 
Sa‘diy  Sheroziyning  fikricha:‖  Ikki  toifa  odam  behuda  ishlab,  behuda  harakat  qilgan 
bo‘ladi: biri mulk yig‘ib foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal qilmagan odam.  
Harchand o‘qibsan, bilimdonsan, 
Agar amal qilmasang, nodonsan. 
Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi. 


―Ta‘lim  bilan  tarbiya  bir  -  biri  bilan  bog‘liq  bir  butun  jarayon  ekanligini  ta‘kidlaydi, 
A.Avloniy.  U  yana  dars  va  tarbiya  orasida  bir  oz  farq  bo‘lsa  ham,  ikkisi  bir  -  biridan 
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga bog‘langan jon ila tan kabidir‖. 
Maktabda  o‘quvchi  yolg‘iz  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  egallabgina  qolmaydi,  balki 
har  jihatdan  mukammal  tarbiyalanadi.  Maktab  o‘quv  fanlarining  har  bir  mavzu  va  temachalar 
ham  shubhasiz  tarbiyalovchi  harakterga  ega.  Shunga  ko‘ra,  maktab  ta‘limi  umuman  har  qaysi 
dars jarayoni alohida ikki muhim vazifani: 
1. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni yangi - yangi ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. 
2. O‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarash va ma‘naviy - axloqiy 
tirbiya tarkib topishini o‘z ichiga oladi.  
Ta‘lim  va  tarbiyaning  birligi:  a)  o‘zlashtirilayotgan  ilmiy  bilimlar  orqali  o‘quvchilarda 
ilmiy materiallistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;  
b) ta‘limda o‘quvchilarga muayyan ma‘naviy - axloqiy sifat normallarini singdirish; 
c) o‘quvchilarning aqliy kamoloti hamda bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borishni 
nazarda tutadi. 
O‘quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash  tarkib  toptirish  murakkab  va  ko‘p  qirrali  jarayonidir. 
Maktab  ta‘limida  tabiiy  fanlarni  -  matematika,  fizika,  ximiya,  biologiya  va  astronomiya  kabi 
fanlarni o‘zlashtirish orqali dialektik materializm asosida dunyoqarashlar tarkib topadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin