12
ilmi nujum-astronimiya va h.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli
qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ularni qabul qilmadi.
Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili,
arab xati va islom
mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar
(Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga
chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy
til(XI-XIV)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini
kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi
mavjud lisoniy qonun-
qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga
nisbatan yanada taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva
materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga
chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli
o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning
ishlatilish sur’ati pasaydi,
aksincha, arabcha va forscha-tojikcha
o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq
eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda
davom edi.
Dostları ilə paylaş: