armata-armata, bastion-bastion, bataliya-bataliya, kadet-
kadet
singari tarixiy terminlarga ham joy berilgan.
Huquqshunoslik doirasida ham lug‘atlar tuzish borasida sezilarli
ishlar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Shu o‘rinda G‘.Ahmedov va
H.Bektemirov tomonidan tuzilgan “Ruscha –o‘zbekcha yuridik atamalar
lug‘ati”ning “Adolat” nashriyotida A.Saidov ma’sul muharrirligi ostida 2002
yili e’lon qilinganini e’tirof etish maqsadga molik. Binobarin, bu lug‘at
tuzilishi va unda materiallarning berilishi jihatidan avvalgi lug‘atlardan farq
qiladi. Lug‘atga qonunlar, huquqshunoslik, xalqaro huquq sohasi, huquqqa
oid darsliklar hamda ish yuritishda ishlatiladigan terminlar kiritilgan. Bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishda ham iqtisodiy, ham huquqiy terminlar
bir-biri bilan bog‘lanib ketganligi bois iqtisod va huquqqa oid chegaradosh
terminlar ham lug‘atdan o‘rin olgan. Lug‘atning afzalliklaridan biri – unda
terminlarning kirill yozuvidan tashqari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosida ham berilishidir. Ushbu lug‘atni yaratishda F.Bakirovning
“Yuridik terminlar lug‘ati” (Toshkent, 1959), “Yuridik atamalar va iboralar
lug‘ati” (Toshkent, 1993)dan foydalanilgan. Bu yo‘nalishda so‘nggi
paytlarda e’lon qilingan ishlardan biri sifatida Z.Muqimov hamda
O.Tursunovalar tomonidan tuzilgan va Samarqandda 2007 yilda chop etilgan
93
“O‘zbek davlatchiligida qo‘llangan tarixiy-huquqiy atamalar”ni keltirish
mumkin. Lug‘at o‘zbek davlatchiligi tarixining turli davrlarida, turli tillarda
qo‘llangan terminlar, ularning etimologiyasi (qaysi tilga xosligi), til va
huquqqa oid ma’nolari izohlarini qamrab olgan.
O‘zbek lug‘atshunosligida tilshunoslikka oid terminologik lug‘atlar
yaratish borasida ayrim ishlar qilindi. Chunonchi, A.Hojiyevning
“Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” hamda N.Mahkamov va
I.Ermatovlar hammuallifligidagi “Tilshunoslik terminlarining izohli
lug‘ati”(Toshkent: Fan, 2013)da bugungi kunda til sohasida faol
qo‘llanayotgan terminlarning izohi berilgan.
D.Xudayberganovaning “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha
izohli lug‘ati” (Toshkent, Turon zamin ziyo, 2015)da tilshunoslikning yangi
sohalaridan hisoblanmish lingvokulturologiyaga oid 100 ga yaqin terminlar
izohini topgan va h.k.
Respublikamizda tibbiyot sohasida qo‘llanayotgan terminlar
lug‘atlarini tuzish borasida ulkan tajriba va yutuqqa erishildi. 1999 yilda
O‘zbekiston FA akademigi Y.X.To‘raqulov bosh muharrirligi ostida
“Kamalak”-“Hamshira” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-lotincha-
o‘zbekcha tibbiy terminlar lug‘ati”da tibbiyot sohalariga oid terminlar alifbo
tartibida keltirilgan, ularning o‘zbekcha muqobillari va izohlari berilgan.
2010
yilda
A.Usmonxo‘jayev,
V.YE.Avakov,
E.I.Basitxanova
hammuallifligida “Noshir” nashriyotida e’lon qilingan “Katta tibbiy
etimologik
lug‘at
(ruscha-lotincha-o‘zbekcha)(Bolshoy
meditsinskiy
etimologicheskiy slovar (russko-latinsko-uzbekskiy) yurtimizda etimologik
lug‘atlar yaratish borsidagi harakatlarni yuqoriroq bosqichga olib chiqdi.
Shu yilda Usmonxo‘jayev A., Basitxanova E.I., Nazirov P.H., Turaxanova
M.S. hamkorligida “Sug‘diyona” nashriyotida bosilgan “Tibbiy terminlar
ensiklopedik lug‘ati (Ensiklopedicheskiy slovar meditsinskix terminov)”
ikki jildan iborat bo‘lib, hozirgi tibbiyotda qo‘llanilayotgan 20000 dan ortiq
terminlar va tushunchalarni izohlashga yo‘naltirilgan. Lug‘atdan o‘rin olgan
terminlar kirill hamda yangi o‘zbek yozuvida keltirilgan. Kezi kelganda,
tibbiy
terminlar
lug‘atlarini
tuzishda
jonbozlik
ko‘rsatayotgan
A.Usmonxo‘jayev ishlarining alohida e’tirofga molikligini ta’kidlash lozim
bo‘ladi. Olimning 2013 yilda “Navro‘z” nashriyotida lotin alifbosi asosidagi
yangi o‘zbek yozuvida dunyo yuzini ko‘rgan “Katta tibbiy o‘quv lug‘ati
(ruscha-lotincha-o‘zbekcha) (Bolshoy meditsinskiy uchebniy slovar (russko-
latinsko-uzbekskiy) asari 10000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy
tushunchalarni o‘z ichiga qamrab olgani bilan qimmatlidir.
Tibbiy
terminlarga
doir
lug‘atlar xususida so‘z ketganda,
A.Qosimovning to‘rt jilddan iborat “Tibbiy terminlar izohli lug‘ati”ni ham
e’tibordan qochirmaslik zarur.Ushbu lug‘atda yakka ishlatiladigan
o‘zbekcha va baynalmilal terminlar alohida-alohida, shuningdek, o‘zbekcha
va baynalmilal elementlardan yasalgan birikma terminlar ham alohida-
alohida berilgani bois uning hajmi kengayib ketgan (Qosimov 2003-2008).
Keyingi paytlarda o‘zbek terminografiyasida diniy, ma’rifiy-irfoniy
94
xarakterdagi lug‘atlarni tuzish masalasiga bir muncha diqqat qaratildi.
Xususan, 2014 yilda ota-o‘g‘il Omonturdiyevlar tomonidan 1500 dan ortiq
istilohlvr jamlangan “Ma’rifiy-irfoniy istilohlar izohli lug‘ati” e’lon qilindi.
Asardan ruhoniy, ma’rifiy va irfoniy yoki mavhum tushunchalarni
ifodalovchi terminlar qatori ko‘pgina ma’rifiy obyekt, manzil, makon,
nabotot va shaxs nomlarini anglatuvchi leksik birliklar, antropronimlar,
toponimlar ham joy olgan. Istilohlarning joriy (kirill) hamda arab
yozuvlarida berilishi lug‘atning ilmiy qimmatini ta’minlagan. Asarga lug‘at-
maqolalar ilova qilingan, u foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va
ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilgan.
Leksikografiya prinsiplarigaaaaaa rioya qilingan holda tuzilgan ushbu
lug‘atda boshqa lug‘atlardan farqli o‘laroq ma’rifiy yoxud tasavvufiy
ta’limot bilan bog‘liq tarzda shakllangan, ijtimoiy ma’no-maxmun kasb
etgan, izoh, ta’rif, tavsif talab etadigan, termin xarakteridagi so‘z va iboralar
izohlangan.
Ma’rifiy-irfoniy mazmundagi obidalarda qayd etilgan bir qancha
istilohlarning ma’nosini anglashda qo‘l keladigan muzkur lug‘atda sezilarli
yutuqlar bilan birga ayrim juz’iy kamchiliklar ham yo‘q emas. Chunonchi,
annotatsiyada asarda 2000 ga yaqin, Muqaddimada esa 1500 dan ortiq
istilohlar izohlangani ta’kidlangan. Lug‘at-maqolalarni joylashtirishda har
doim ham alifbo tartibiga rioya qilinmagan. M.,
Azon duosi
Azon
dan (9),
Al
hazar Alhamdulillah
dan (14),
Amin ul-vahiy Amin
dan (14),
Bayt ul-
ma’mur, Bayt ul-mag‘firat, Bayt ul-muqaddas, Bayt us-salot
izofalari
Baytulloh
dan (24),
Duoi bad qilmoq
iborasi
Duoi bad
dan oldin
joylashtirilgan.
Voqea
(35),
Buruj
(30),
Val-layl
( 31), kabi sura nomlari,
Gulsayri
(36), Jin (45) kabi leksemalar negadir qo‘shtirnoqqa olingan.
Voliy
istilohining izohida kamchilikka yo‘l qo‘yilgan, ya’ni bu termin “barcha
ishlarni tasarruf etuvchi, qudrat bilan boshqaruvchi hakim (34)” emas, balki
hokim tarzida izohlanishi zarur edi.
2016 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot- matbaa ijodiy uyi
tomonidan Muxtorxon Umarxo‘jayev tuzgan “Diniy atamalar va iboralar.
Ommabop qisqacha izohli lug‘at” e’lon qilindi. Shayx Abdulaziz
Mansurning mas’ul muharrirligida chop etilgan bu asarda diniy terminlar va
iboralarning ma’nosini sodda, to‘g‘ri, tushunarli va xolis izohlashga alohida
diqqat qaratilgan. Keng o‘quvchilar ommasiga zaruriy qo‘llanma sifatida
mo‘ljallangan ushbu lug‘atdan o‘rin olgan istilohlar joriy (kirill) yozuvda
alifbo tartibida berilgan. Undan nafaqat diniy termin va iboralar,
shuningdek, talaygina sura va shaxs nomlari ham izohini topgan. Ulkan
mehnat va izlanish evaziga yuzaga chiqqan asarda kelajakda to‘g‘rilanishi
lozim bo‘lgan ba’zi o‘rinlar ham ko‘zga chalinadi. M., “but sindiruvchi,
krestlarni chilparchin qiluvchi” ma’nosini ifodalovchi
Butshikan
istilohi
nima uchundir
Butshkan
(46) shaklida keltirilgan.
Va’z, Voiz
(50),
Jurm,
Jurmona
(65) istilohlarining bir lug‘at-maqolada izohlanishi o‘zini
oqlamaydi.
Doru ul-fano, Dorulomon, Dorulxilofat, Dorul-islom
kabi
terminlar imlosida har xillik mavjud.
95
Terminologiyada variantdorlikning salbiy hodisa ekanligi hisobga
olinib,
Zulfiqor, Zulfaqor
(70),
Inshaalloh, Inshoolloh
(80
), Iymon, Imon
(75
), Nabi, Nabiy
(117) singari shakllardan biri tanlansa maqsadga muvofiq
bo‘lar edi.
Lug‘at-maqolalarni joylashtirishda ayrim o‘rinlarda alifbo tartibining
buzilgani kuzatiladi (75-76; 83; 103; 115). Lug‘atni tuzishda muallif 230
nomdagi adabiyotdan istifoda etgan.
Dostları ilə paylaş: |