Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 5,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/66
tarix26.12.2023
ölçüsü5,57 Kb.
#197928
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
terminologiya majmua

Savol va topshiriqlar: 
1. Arxaizmlar sirasiga qanday leksik birliklar kiradi? 
2. Nima uchun hozirgi o‘zbek tilida ilmiy kommunizm, demokratik 
sentralizm singari terminlar qo‘llanmaydi? 
3. Mustaqillik davrida qanday arxaizmlar qayta qo‘llanishga kiritildi? 
4. Kalkalashning til lug‘at boyligining kengayishidagi o‘rniga baho 
bering. 
5. Qanday terminlarni kalkalashga hojat yo‘q? 
6. Ruscha motivlangan terminlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi 
xususida bahs yuriting. 
7. Ruscha murakkab qo‘shma terminlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi 
jarayonida yuz beruvchi hodisalarni belgilang. 
8. Internet sohasida qo‘llanayotgan termin-birikmalarga faktik 
misollar keltiring. 
9. O‘zbek tilida qo‘llanayotgan ruscha-baynalmilal prefiksoid-xalqaro 
terminelementli terminlar to‘g‘risida fikr yuriting. 
10. Xalqaro prepozitiv terminelementlar ishtirok etgan terminlarga 
manbalardan misollar keltiring. 
11.Quyidagi matnda qo‘llangan sinonim va antonim terminlarni 
aniqlang, ularni izohlang:Sotuvči va xaridor o‘rtasida alohida kelishuv yoki 
sotish shartnomasiga asosan sotuvchi tomonidan xaridorga beriladigan 
yengillik; odatdagi to‘lanadigan maoshga qo‘shimcha mukofot, narxning 


108
o‘sishi munosabati bilan asosiy ish haqiga qo‘shilgan qo‘shimcha haq bonus 
deb ataladi. 
Test: 
1.O‘zlashmalar qanday terminlar tarkibida mavjud bo‘ladi? 
A. motivlangan 
V. motivlanmagan 
S. sharxlangan 
D. izohlangan 
2. Kalkalash qanday turlar orqali reallashadi? 
A. struktur, semantik 
V. struktur, geneologik 
S. struktur, diaxronik 
D. struktur, sinxronik 
3. liftchi, bashnyachi, importchi terminlarida qo‘llangan –chi affiksi 
rus tilidagi qaysi suffiks o‘rnida kelgan? 
A. -ist 
V. -nik 
S. -yor 
D. –tor 
4. Rus tilida –fikatsiya suffiksi qaysi so‘z turkumidan ismlar yasaydi? 
A. ot 
V. sifat 
S. ravish 
D. fe’l 
5. Ruscha-baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi nechta 
usul bilan amalga oshadi? 
A.ikki
V. uch 
S. to‘rt 
D. besh 
6. Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning ikkinchi komponenti 
o‘zbekcha mutanosibi bilan aynan almashtirilgan qatorni aniqlang. 
A. elektrsim 
V. samolyotsoz 
S. elektrhisoblagich 
D. mashinashunos 
7. Ruscha-baynalmilal terminning har ikki komponenti o‘zbek tilida 
tarjima qilingan qatorni belgilang. 
A. DNS-serveri 
V. havotozalagich 
S. avtoyo‘l 
D. telemarkaz 
8. Ruscha-baynalmilal elementlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning 
nechta turini bilasiz? 


109
A. ikki 
V. uch 
S. to‘rt 
D. besh 
9. arxi- prepozitiv terminelement qanday ma’noni ifodalaydi? 
A. belgining meyordan kamligi 
V. belgining meyordaligi 
S. belgining me’rdan ortiqligi 
D. belgining meyorsizligi 

Yüklə 5,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin