A.A.Potebnya (1835–1891) – birinchi bo‘lib nazariy poe-
tika asoslarini ishlab chiqqan olim, tilshunos, faylasuf, tar
jimon. U o‘zining «Nazariy poetika» asarida fan tarixida bi-
rinchilardan bo‘lib poeziya va proza, badiiy tasvir vositalari,
poetik va mifologik tafakkur, stilistik figuralar haqida ilmiy
nazariy xulosalarini bayon qilgan. Uning adabiyotshunoslikka
doir ayrim izlanishlari keyinchaliik adabiyotshunos M.Baxtin
tomonidan davom ettirilgan.
G.M.Brandes (1842–1927) – daniyalik adabiyotshunos olim,
publitsist, ko‘pgina ilmiy asarlar muallifi. «XIX asr Yevropa ada-
biyotida asosiy yo‘nalishlar» nomli kitobida birinchi bo‘lib ayni
haqiqatni, ya’ni bir xalqning dahosi, ikkinchi bir xalq dahosiga
ehtiyoj sezadi va bu ehtiyoj unga katta kuch, g‘ayrat bag‘ishlay
di degan fikrni ilgari suradi. Uning ilmiy asarlari asosan jahon
adabiyotining buyuk daholari ijodi tahliliga bag‘ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: |